Abdurahmon sayyoh toshkandiyning al-isloh jurnalida



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix11.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#148485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
abdurahmon-sayyoh-toshkandiyning-al-isloh-jurnalida-ilgari-surgan-axloqiy-fikrlari-me-yor-ul-axloq-axloq-me-yorlari-asari-tasnifida

ADABIYOTLAR TAHLILI
VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. 
Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning Al-Isloh jurnalida ilgari surgan axloqiy fikrlari 
obyektiv ochib berildi. Sirojiddin Ahmedov, Munavvarqori Abdurashidxonovlarning 
asarlari mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Mazkur tadqiqotning strukturasini 
tekshirish, bilimlarning tartibini aniqlash va “Al–Isloh” jurnalining tasnifini amalga 
oshirish alohida o‘rin egallaydi.
MUHOKAMA VA
NATIJALAR 


Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784
 
141 
w
ns.uz
www.orie
2021
 March 
 
Mazkur jurnalda diniy – islomiy hamda dunyoviy mavzularga oid maqolalar 
nashr etilgan. Jurnalda Hamza, Saidahmad Vasliy, Kamiy,
Sidqiy Xondayliqiy, 
Is’hoqxon Ibrat, Tavallo, Mahmud Alizoda Toshkandiy, Abdurahmon Sayyoh, 
Zafarxon Javhariy, Bahriddin Azmiy, Mubashshirxon, Mulla Xolmuhammad 
To‘raquli, Ibrohim Tohiriy, Said Ahror Maxzum, Ahmadxo‘ja Eshon, Zuhriddin 
Eshonxon, Mulla Hoshim Hayratiy, SHamsiddin Xoib va boshqa ijodiy faoliyati shu 
paytgacha deyarli o‘rganilmay kelgan ko‘plab mualliflarning asarlari chop etilgan. 
Jurnal o‘z nomi va maqsadidan kelib chiqqan holda diniy – dunyoviy islohotchilik 
yo‘lini tutdi. 
Xo‘sh, jurnal muharriri Abdurahmon Sayyoh kim edi? “Abdurahmon Sayyoh 
ibn Hoji Muhammad Sodiqov (1879, Toshkent -1918, Qo‘qon) – ma’rifatparvar, 
noshir. Arabiston, Turkiya, Hindiston, YAponiya mamlakatlariga sayohat qilgani 
uchun o‘ziga “Sayyoh” taxallusini olgan. O‘n yoshida ota–onasi, aka – singlisi bilan 
Makkaga ketadi, o‘sha erda oila a’zolarining barchasidan ayriladi. Keyinchalik 
Hindistonning Rajpur shahriga kelib, 
5
-6 yil madrasada tahsil oladi. 1906 yil 
zargarlik buyumlari bilan savdo qilib, Xitoyga boradi. Xitoydan Manjuriya orqali 
Buxoroga kelmoqchi bo‘ladi

Ammo Rossiya va YAponiya o‘rtasida urush 
borayotgani sababliYAponiya hukumati uni Mukden shahrida hibsga oladi. Va Port–
Artur shahrida saqlaydi. Urush tugagach, Gonkong orqali Hindistonning Kalkutta 
shahriga yuboriladi. U Bombey shahriga kelib, Rossiya bosh konsuliga murojaat 
qiladi. Hind, Xitoy, arab, fors, turk tillarini bilgani uchun 1907 yil konsulxonaga 
ishga olinadi. 1908 yil Toshkentga qaytib keladi va Turkiston harbiy okrugi shtabida 
ishlaydi”.[2;428] SHu orada Munavvar qori Abdurashidxonov bilan do‘stona 
munosabatda bo‘lib, hamkorlikda “Al-Isloh” jurnalini chiqara boshlaydi. 1912-13 
yillarda noshir va muallif sifatida islom odob-axloqi, muqaddas shaharlar tarixi, 
shuningdek, kezib chiqqan mamlakatlari haqida ko‘plab sayohatnomalar chop 
ettirgan. U “Tarixi islom”, “Tuhfat ul anom tarixi bayt ul-Harom”, “Tarixi izolat ul-
g‘ayn an-qissat il-Zulqarnayn”, “Tanvir ul-ahdoq fi makorim il-axloq”, “Me’yor ul-
axloq” kabi asarlar muallifidir. Hamda Hindistondan Faxriddin Roziyning “Tafsiri 
kabir” asarini keltirib nashr etgan.[3] 
Jurnalning nashr etilishi va faoliyatida Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning 
o‘rni muhimligini biz jurnalda nashr etilgan ba’zi maqolalarda ko‘rishimiz mumkin. 
Jurnalning 1915 yil 1-sonida Kamiyning “Al-Isloh” deb nomlangan she’ri chop 
etilgan bo‘lib, shoir bunday yozadi: 
Sayyoh afandi nashri ko‘rsatdi sa’yu g‘ayrat, 
Tokim zuhura keldi bu nav’ yaxshi xizmat. 
Necha adibi komil ham asru ham afozil, 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə