Abdurahmon sayyoh toshkandiyning al-isloh jurnalida


Oriental Renaissance: innovative



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix11.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#148485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
abdurahmon-sayyoh-toshkandiyning-al-isloh-jurnalida-ilgari-surgan-axloqiy-fikrlari-me-yor-ul-axloq-axloq-me-yorlari-asari-tasnifida

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784
 
143 
w
ns.uz
www.orie
2021
 March 
 
qo‘llanma hisoblangan. “Tarixi izolat ul-g‘ayn an-qissat il-Zulqarnayn” Iskandar 
Zulqarnaynning hayoti haqida, uning YA’juj –ma’jujlarga qarshi kurashi, ulardan 
himoyalanishi uchun qurdirgan devori tarixiga bag‘ishlangan asar. Bulardan tashqari, 
jurnalda Abdurahmon Sayyoh Faxriddin Roziyning “Tafsiri kabir” asarini turkchaga 
tarjima qilib, nashr ettirgan. Unda o‘rganilishi muhim bo‘lgan oltmishta ilmni sanab 
o‘tadi.[6] 
Abdurahmon Sayyohning ta’kidlashicha jurnalning har bir sonida birinchi yoki 
oxirgi sahifalarda “Isloh” kutubxonasi haqida ma’lumot berilgan. Unda jadid adiblari 
va shoirlarining asarlari, Qur’oni karim, “ma’ruf hadis kitoblar va islom ulamolari 
asarlari” mohiyati haqidagi fikrlarni o‘qish mumkin. Kutubxonada maktab va 
madrasalarga zarur bo‘lgan qog‘oz-qalamgacha bo‘lgan. Kutubxona o‘z davrida katta 
shuhrat qozongan. 
Jurnal mushtariylarining kutubxonadan mamnun ekanlari izhoriga bag‘ishlangan 
maktublari shundan dalolat beradi. Jurnal faoliyati mustamlaka ma’muriyati 
xizmatining muntazam nazoratida bo‘lgan.[7;5] Buning natijasida jurnal va uning 
tahrir hay’ati qoralangan. Binobarin

Al-Isloh” jurnaliga sho‘ro mafkurasi nuqtai 
nazaridan baho berilishi ilmiy xolislikka muvofiq emas. Hukmron mafkura ta’sirida 
hatto Abdulla Avloniy va CHo‘lpon ham jurnal va noshiri Abdurahmon Sayyoh 
haqida haqiqatga zid fikrlarni aytishga majbur bo‘lgan edi: 
“Bu jurnal eski hukumat ayg‘oqchisi hamda Turkistonda bobiy mazhabining 
boniysi bo‘lgan Abdurahmon Sayyoh tomonidan chiqarilib, bir qancha davom etib 
to‘xtadi...”[8;16] 
Aslida – chi? Aslida ham bu jurnal “qora guruh” faoliyatining mahsuli edimi? 
Masalaga xolis yondashuv boshqacha xulosa chiqarish imkonini beradi. “Al-Isloh”ni 
yangicha ko‘z qarash asosida o‘rganish natijalari Avloniy va CHo‘lpon fikrlarining 
hukmron mafkura talabini ifoda etganini ko‘rsatadi. Binobarin, jurnal muharriri 
Abdurahmon Sayyoh va barcha mualliflar bobiy mazhabining Turkistonga kirib 
kelishiga qarshi chiqib, jurnalning bir necha sonlarida tanqidiy maqolalar chop 
ettirganlar. Jumladan, “Turkistonda bobiylar”, “Umum ulamolarning tavajjuhlarina 
jalb etadurg‘on xabarlar” shunday maqolalardan edi. Fikrimiz dalili uchun quyidagi 
jumlani keltiramiz: 
“Bobiy mazhabi Turkistonga kirub keluvidin choralar izlanmasa g‘arib, 
avomlarimizning tezlik ila bobiy mazhabina kirub ketuvlari shubhasizdir... bunlar din 
buzg‘uvchilar emishlar...”[9] deya kuyinib yozadi tahririyat a’zolari. 
Abdurahmon Sayyoh o‘z asarlaridan parchalarni jurnal nashrlarida nashr etar 
ekan xalqqa tushunarli bo‘lishi uchun soddalashtirb tushuntirishga harakat qiladi. 
Abdurahmon Sayyoh qalamiga mansub asarlardan “Me’yor ul-axloq” asari o‘rta 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə