Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#138946
  1   2   3   4   5   6   7
manaviyatshunoslik mustaqil talim1



 
 
 
Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar
Jizzax-2023 
 
 


 
 
 Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar 
 
Reja: 
 
1.
Ma’naviyatning tarkibiy qismlari va turlari.
2.
Ma’naviyat va madaniyat, ularning o‘zaro munosabatlari. 
Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar.
3.
Ma’naviyat uning mezonlari va milliy-ma’naviy tiklanish haqidagi 
konsepsiyalari. 


1. Ma’naviyatning tarkibiy qismlari va turlari 
Ma’naviyat inson ko‘rki bo‘lib, uning ichki va tashqi dunyosida namoyon 
bo‘ladi. Bu ruh va aql bilan uzviy bog‘liqdir. Jahon falsafasining tarkibiy qismi 
bo‘lgan Sharq falsafasida inson vujudida ikki qarama-qarshi asos – modda va ruh 
dialektik bog‘liqlikda ekanligi va u inson mohiyatini belgilashda bosh ahamiyat kasb 
etishi alohida ta’kidlanadi. Inson o‘z aql-zakovati bilan bu ikki asosni boshqarib 
hamda nazorat qilib turadi.
Birinchi asos – inson tanasi, jismining ehtiyojidir. Tana moddiy bo‘lganligi 
tufayli uning ehtiyojlari ham moddiydir. Inson moddiy dunyoda yashar ekan, 
tabiatning boshqa jonli mavjudotlaridan farqi mehnat qilish jarayonida u o‘z aql-
idrokini maqsadini amalga oshirish uchun harakat qiladi. Yaqin yillargacha 
moddiylik falsafasi aql-zakovatimizni, iste’dodu salohiyatimizni tanamiz 
ehtiyojlari, nafsimiz yo‘liga xizmat qildirdi.
Inson vujudidagi ikkinchi asos – ruh ham o‘z ehtiyojiga egadir. Bu insonning 
o‘z mohiyatini anglash ehtiyojidir. Sharq falsafasida bu ma’naviy ehtiyoj yoki imon 
deb ataladi. Imon (ma’naviy ehtiyoj) – insonni inson qiladigan, uning hayotini 
go‘zallashtiradigan fazilatdir. Bu ehtiyojni qondirish uchun ham inson mehnat 
qiladi, izlanadi va o‘z ma’naviy qiyofasini yaratadi. Insonning shu bugunga qadar 
yaratgan jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarining negizi aynan shu ikki asosga: 
modda va ruhga tayangan ehtiyojlardir.
Inson vujudidagi bu ikki asos tarbiyaga va parvarishga muhtoj. Tarbiya va 
parvarish orqali bu ikki asosning inson vujudida muvozanati saqlanadi, 
mutanosibligi ta’minlanadi. Imonning yetilishi insonning ma’naviy-ruhiy jihatdan 
yuksalishi, o‘z-o‘zini anglab yetishi, komil shaxs darajasiga ko‘tarilishidir.
Mustaqilligimiz tufayli erishgan eng katta va eng muhim imkoniyatlardan yana 
biri fan bilan dinni, ilmiy dunyoqarash bilan bir-biriga dushman deb qaraydigan 
tushunchalardan xalos bo‘lganimizdir. Umumjahon, jumladan, Sharq falsafasining 
tub mohiyati ilm-fan erishgan yutuqlar bilan diniy tushunchalarni uyg‘unlashtirish, 
ularning bog‘liqligini ochib berishdir.
Islom falsafasi insonni jismoniy va ruhiy borliq deb qarab, uning o‘tkinchi va 
mangu hayoti mavjud ekanligini uqtiradi. Insonni inson etgan uning tanasi emas, 
balki ruhidir. O‘lim tanani yashashdan to‘xtatadi, uni jasadga aylantiradi, 
shaxsiyatidan ajratadi. Inson tanasi foniy, o‘tkinchi, o‘zgaruvchi, mavh bo‘luvchi 
shaklda yaratilgan. Islom falsafasida ruh boqiydir, o‘lmasdir, buni tushunmagan va 
inkor etganlar bilimsizdir, deb ta’kidlanadi.
Ma’naviyati qashshoq yoki ma’naviyatdan mahrum bo‘lgan odamdan biror 
narsa kutish aslo mumkin emas. Chunki u yaxshilik va ezgulik haqida umuman 
o‘ylamaydi. Atrofiga va hatto ota-onasi, qarindosh-urug‘lari taqdiriga ham befarq, 
loqayd holda shunchaki yashaydi. Yuksak ma’naviyatli inson bugungi kun va 
kelajak haqida fikr yuritadi, qayg‘uradi. Zotan mustaqil yosh mamlakatimizning 
kelajagi uchun ma’naviyati yuksak barkamol insonlar zarur. Shuning uchun ham 


Birinchi Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat – kelajak poydevori” degan hikmatli 
shiorni yanada balandroq ko‘tardiki, yuksak ma’naviyat mustaqillikni 
mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun muhim va zurur 
tamoyillardan biridir. 
Ruhning poklanishi qurilayotgan huquqiy demokratik davlatimizning ajralmas 
ma’naviy-axloqiy tamoyili hisoblanadi. huddi shu g‘oya islom dini va tasavvuf 
ilmida ilgari surilgan.
Ma’naviyat milliy xususiyatga ega ekanini hech qachon unutmaslik kerak. 
Ma’naviyat milliy urf-odatlar, tarbiya an’analari, axloq-odob aqidalari, qadriyatlari, 
din, e’tiqod, madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-didaktik, falsafiy-pedagogik qarashlar
ruhiy-psixologik jarayonlar va shu kabilar majmuasidir.
Mustaqillik yillarida bu borada olib borilgan tadqiqotlar natijasi o‘laroq, 
ma’naviyatning quyidagi tarkibiy qismlari aniqlandi:

madaniy-ma’rifiy yuksaklik; 

ijtimoiy-didaktik taraqqiyot;

falsafiy-pedagogik o‘sish; 

imon-e’tiqodning butunligi;

milliy axloq-odob me’yorlariga to‘la rioya qilish;

ilm-ma’rifatli bo‘lish; 

insonparvarlik, vatanparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik;

milliy qadriyatlarga muhabbat;

fidoyilik, mardlik, jasurlik, tashabbuskorlik;

poklanish; 

islom diniga e’tiqod; 

Vatan va xalq mustaqilligini doimiy himoya qilish va unga xizmat qilish; 

ajdodlar va ularning merosiga chuqur hurmat va shu kabilar.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə