sharoitni taqozo etadigan muammolarni bartaraf etish jarayonida amalga oshadi.
Axloqiy
ong vijdon, burch, mas’uliyat, hayo, g‘urur kabi insonning ichki ruhiy
hissiyotiga asoslanadi. Axloqiy madaniyatning mag‘zini tashkil etuvchi –
insonparvarlik,
halol mehnat, o‘zaro yordam, do‘stlik, hamkorlik, o‘zaro hurmat,
baynalmilallik, sahovat,
vatanparvarlik, burch, kamtarlik kabi yuksak insoniy
qadriyatlar axloqiy odat asosida shaxs ongi va faoliyatida tarkib topadi.
Axloqiy qadriyatda axloqiy odat, axloqiy bilim, axloqiy ishonch muhim o‘rin
tutadi. Demak:
-
axloqiy ong, axloqiy odat, axloqiy faoliyat shaxs ma’naviy
madaniyatini
shakllantirishning muhim belgilarini tashkil etadi;
- axloqiy madaniyat shaxsning butun hayoti va faoliyati jarayonida rivojlanadi
va mazmunan boyib, shakllanib boradi;
- axloqiy madaniyat ma’naviy madaniyatning boshqa tarkibiy qismlari bilan
o‘zaro aloqada va hamkorlikda shaxs faoliyatiga doimiy izchil, sekin-asta singdirib
borilgandagina ijobiy natija beradi.
Dostları ilə paylaş: