Reja” Qiyosiy dinshunoslikning metodlari Yahudiylik ta’limoti, an’ana va marosimlari Konfutsiylik ta’limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari “Dinshunoslik” dinni tarixiylik



Yüklə 139,89 Kb.
səhifə1/14
tarix22.03.2024
ölçüsü139,89 Kb.
#182322
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
11- mavzu din madaniyat fenomeni reja (1)


REJA”

  1. Qiyosiy dinshunoslikning metodlari

  2. Yahudiylik ta’limoti, an’ana va marosimlari

  3. Konfutsiylik ta’limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar

  4. Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari

“Dinshunoslik” dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
Dinshunoslik” moduli vazifasi esa - talabalarga hozirgi davrdagi dinlar haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, davlat va din munosabatlari, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi va madaniyati to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitish, shu bilan birga dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy ta’siri haqida bilimlar berishdan iboratdir.
Dinlar tarixi, ular bilan bog‘lik jarayonlar, dinning inson hayotining turli jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan “Dinshunoslik” deb ataladi.
Dinshunoslik sohalari- din fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi, din falsafasi, din antropologiyasi.
1.Din fenomenologiyasi bu fenomen, namoyon bo‘luvchi, ko‘zga ko‘rinuvchi narsa bo‘lib, fenomenologiya ko‘zga ko‘rinuvchi narsani sistematik shaklda o‘rganishdir. Demak, dinning ko‘zga ko‘rinuvchi, tashqarida aks etuvchi jihatlarini o‘rganuvchi ilm sohasi “Din fenomenologiyasi” deyiladi.
2.Din sotsiologiyasi bu dinning ijtimoiy hayotdagi ko‘rinishlarini o‘rganadi. Din jamoalarining jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlarini asosiy mavzu sifatida tadqiq qiladi.
3.Din psixologiyasi bu inson faoliyatiga oid bo‘lgan diniy hayotning turli jihatlarini psixologik jihatdan o‘rganadi. Dinning inson ruhidagi hatti-harakatlariga atroflicha to‘xtaladi. Shaxsda din tuyg‘usi va hissining qanday kelib chiqqanligi va shakllanishini tadqiq qiladi.
4.Din falsafasi bu diniy hukmlarning mantig‘i va mohiyatini ochib berishdir. Xudoning mavjudligi bilan bog‘liq dalillarning tahlilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli yoki asossiz ekanligi masalasini ko‘rib chiqadi. Din falsafasi - dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bo‘lgan bog‘liqligini o‘rganadi.
5. Din antropologiyasi bu dinlarning inson bilan aloqasining turli jabhalarini o‘rganuvchi soha. Uning asosi qadimgi miflarga borib taqaladi. Din antropologiyasi barcha dinlardagi inson haqidagi g‘oyalarni o‘rganib, tizimlashtiradi. Jumladan, barcha dinlar va diniy tasavvurlarda birinchi odamning paydo bulishi xudo yoki xudolar tomonidan yaratilish g‘oyasi bilan bog‘lanadi. Masalan, kadimgi Bobilda yaratilgan “Enum Elish” dostonida dastlabki inson xudolar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan urushdan so‘ng loy va qondan paydo bo‘lgani, qadimgi Misrdagi afsonalardan birida esa Xnum nomli iloh odamni kulolchilik charxi yordamida loydan yasagani aytiladi. Shu bilan birga, islom, xristianlik va yaxudiylik dinlarida ham insoniyat yagona Xudo tomonidan tuproqdan yaratilgani aytilib, ilk inson Odam yoki Adam deb nomlanadi. “Tarix otasi” nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) o‘zi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari haqida ma’lumotlar keltirgan. Islom olamida ham dinlarni o‘rganish buyicha tadqiqotlar uzoq tarixga borib taqaladi. Milodiy VII-VIII asrlardayoq diniy tortishuv (munozara)larni ichiga olgan “maqola”lar (keyinchalik “maqolot”), VIII -IX asrlardan e’tiboran esa boshqa dinlarga “raddiya”lar yozila boshlangan. Keyingi asrlardan esa “al-Firaq” (Firqalar), “ar-Radd” (Raddiya), “ad-Diyonot” (Dinlar) va “al-Milal” (Xalqlar) yo‘nalishidagi adabiyotlar vujudga kelgan.

Yüklə 139,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə