Reja” Qiyosiy dinshunoslikning metodlari Yahudiylik ta’limoti, an’ana va marosimlari Konfutsiylik ta’limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari “Dinshunoslik” dinni tarixiylik


Din yo‘nalishida yozilgan ilk asar bu



Yüklə 139,89 Kb.
səhifə2/14
tarix22.03.2024
ölçüsü139,89 Kb.
#182322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
11- mavzu din madaniyat fenomeni reja (1)

Din yo‘nalishida yozilgan ilk asar bu “al-Aro’ vad-diyonot” (E’tiqodlar va dinlar) kitobi hisoblanadi. Muallifi Xasan ibn Muso an-Navbaxtiy (vaf. 910 y.) Keyinchalik Mas’udiy (vaf. 957 y.) o‘zining “ad-Diyonot” (Dinlar), Masbihiy (vaf. 1029 y.) “Darkul bug‘yati fiy vasfid diyonoti val ibodoti” (Dinlar va e’tikodlar vasfida maqsad me’yori) kitoblarini yozganlar. Shuningdek Beruniyning (vaf. 1048 y.) “Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil-aqli av marzulatin” (Aqlga maqbul yoki noma’qul bo‘lgan Hindistonga oid izlanishlardan) nomli kitobi ham shular sirasiga kiradi.
-“Al-Firaq” (Firqalar) yo‘nalishida yozilgan kitoblarga Abu Mansur Abdulqodir Bag‘dodiyning (vaf. 1038 y.) “al-Farq bayn al- firaq” (Firqalar orasidagi farq) asari hamda Abul Maoliy Muxammad ibn Ubaydullohning (vaf. 1092 y.) “Bayn al-adyon” (Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin.
-“Al-Milal” yo‘nalishida Qozi Abu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012 y.) “al-Milal van-nihal” (Dinlar va xalqlar), Abu Muxammad Ali Ibn Hazmning (vaf. 1064 y.) “Kitob al-fasl fi-l- milal va-l-axvoi va-n-nihal” (Dinlar, havo va xalqlar hakida ajraluvchi kitob), Abul-Fatx Muxammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning (vaf. 1183 y.) “al-Milal va-n-nihal” asarlarini sanash mumkin.
-“Ar-Radd” (Raddiya) yunalishida ham ko‘plab asarlar dunyo yuzini ko‘rgan. Ularga Imom Fazzoliyning (vaf. 1111 y.) “ar-Radd al-jamil” (Go‘zal raddiya), Ibn Kalbiyning (vaf. 819-821 y.) “Kitob al-asnam” (Butlar kitobi) nomli asarlarini alohida qayd etish lozim.
Abu Rayxon Beruniyning «al-Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar»), «Hindiston», Muxammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning «al- Milal va-n-nihal» («Dinlar va oqimlar»), Ibn Hazm Andalusiyning «al-Fasl fi-l-milal va-l-axvo va-n-nihal» («Dinlar, adashgan firqalar va mazxabni ajratish») kabi asarlari, shuningdek, Ibn Nadim (987-988) va Abul Xasan Omiriy kabilarning tadqiqot ishlari ko‘plab Yevropa tillariga tarjima kilingan edi. Bu asarlar «Dinshunoslik» fanining taraqqiyoti uchun fundamental manba bo‘lib xizmat kilgan. Ibn Nadim «Dinshunoslik fani hijriy IV-V asrlarga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi», deb yozadi. Bu milodiy X-XI asrlarga to‘g‘ri kelib, aynan shu davrda Beruniy o‘zining «Hindiston» asarini yozgan.
G‘arb mamlakatlarida dinshunoslik fani ko‘pincha nemis tilidagi «RELIGIONS WISSENSCHAFT» yoki ingliz tilidagi «HISTORY OF RELIGIONS» kabi atamalar bilan yuritiladi. Bu esa «Ixvon as-safo» risolalari, Beruniy va Shahristoniy asarlarida qo‘llanilgan (Dinlar ilmi) yoki (Dinlar tarixi) atamalarining harfiy tarjimasidir.
Zamonaviy dinshunoslik esa bir yarim asrga yaqin davrga borib taqaladi. G‘arbda, zamonaviy ma’nodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823-1900) tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda « Qiyosiy mifologiya» va 1870 yilda nashrdan chiqqan «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars baholari» nomli asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga yo‘l ochgan va kattagina e’tibor qozongan. U Angliyadagi mashxur Oksford universitetida dinlar tarixidan ma’ruzalar o‘qigan. O‘zining «Sharqning mukaddas kitoblari tarjima silsilasi» asarida u ilk bora «religious studies» (dinshunoslik) so‘zini qo‘llagan. Myuller va uning zamondoshlari dinlarni ilmiy tadqiq qilishda filologiyani muhim deb bilishgan va dinning asl mohiyatiga faqatgina til orqali qilingan izlanishlar bilangina yetishish mumkin, degan fikrni olg‘a surgan. Din tushunchasiga olimlar tomonidan yuzlab ta’riflar berilgan. Bunda, turli soha va dunyoqarash egalari, o‘z sohalari va qarashlaridan kelib chiqib dinga ta’rif berishgan. Shu tufayli turfa xil ta’riflar yuzaga kelgan.
Umuman olganda, olimlar muayyan e’tikod din deb atalishi uchun uch asosiy xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan birinchisi, g‘ayritabiiy iloh (yoki ilohlar) xakidagi tasavvurning mavjudligi. Xar bir dinda topinish ob’ekti - Xudo bo‘lishi shart hisoblanadi. Mavjud dinlardagi Xudo hakidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga - transsendent va immanent ilohlarga bo‘lish mumkin. Transsendent ilohlarga insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, qusur va nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma’noda islom dinidagi Alloh taolo va qisman xristianlikdagi Ota Xudo, yaxudiylikdagi Yaxvelarni keltirish mumkin. Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur qilingan, insonlarga o‘xshab ketadigan, biroq g‘ayrioddiy yaratuvchilik, buzg‘unchilik, rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bulgan Xudolar kiradi. Bunday turdagi ilohlar ko‘pincha yo antropomorf (inson qiyofasida) yo zooantropomorf (yarim odam yarim hayvon) yoki zoomorf (hayvon) shaklda tasavvur kilinadi. Bunga misol sifatida Kadimgi Misr, Yunon, Rim sivilizatsiyalari, zamonaviy Hindiston, Xitoy, Yaponiya dinlarini sanash mumkin.

Yüklə 139,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə