Reja” Qiyosiy dinshunoslikning metodlari Yahudiylik ta’limoti, an’ana va marosimlari Konfutsiylik ta’limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari “Dinshunoslik” dinni tarixiylik



Yüklə 139,89 Kb.
səhifə5/14
tarix22.03.2024
ölçüsü139,89 Kb.
#182322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
11- mavzu din madaniyat fenomeni reja (1)

Dinlarni tasniflash
1. Sakramental (diniy marosim va rasm-rusumlarga tayanuvchi)din;
2. Profetik (Payg‘ambarlarga tayanuvchi) din;
3. Mistik (ruhiy olamga yo‘naltirilgan) din.
Ioakim Vax (Joachim Wach), dinlarni «asoschisi bor dinlar», «an’anaviy (rasm-rusumli) dinlar»ga, Gustav Menshing esa «milliy dinlar», «jahon dinlari» ko‘rinishida ikkiga bo‘ladi. Annemari Shimmel esa dinlarni - ilk-qabilaviy, milliy, jahon dinlari, deb uchga bo‘ladi.
Islom ulamolari dinlarni, «hak» va «botil» yoki vahiyga tayanuvchi ilohiy dinlar, vahiyga tayanmaydigan tabiiy dinlar kabi ikkiga bo‘lishgan. Ibn Xazm (vaf. 456/1064) va Shahristoniy (vaf. 548/1183) kabi musulmon tadqiqotchilari, haq dinlar uchun «milal», botil dinlar uchun esa « «nihal» so‘zlarini ishlatishni ma’qul deb topishgan.
Dinlarni mintaqaviy tasniflash
1. Qitalarda tarqalishiga ko‘ra Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya dinlari tarzida tasniflash.
2. Jug‘rofiy mintaqasiga ko‘ra Sharq dinlari va G‘arb dinlari tarzida tasniflash.
Shark dinlariga hinduiylik, buddaviylik, konfutsiylik, sintoiylik, daolik va boshka uzok sharq dinlari kiritiladi. Farb dinlariga yahudiylik, xristianlik va islom dinlari kiritiladi. Aslida islom dinini Farb yoki Sharq dini deb bo‘lmaydi. U jug‘rofiy jihatdan Sharqda yuzaga kelib, G‘arb mamlakatlarida ham keng tarqalgan. Yahudiylik va xristianlik ham aslida Sharq dinlari bo‘lib, Yakin Sharqda vujudga kelgan va Farb mamlakatlarida keng yoyilgan.
3. Qadimgi dinlar siyosiy mintaqalarga ko‘ra Mesopotamiya dinlari, Suriya mintaqasi dinlari, Kichik Osiyo yoki Onado‘li dinlari, Fors dinlari tarzida tasniflanadi.
4. Dinlarning mamlakatlar hududlariga ko‘ra Falastin dinlari, Arabiston yarim oroli dinlari, Meksika dinlari, hind dinlari, Xitoy dinlari, Yapon dinlari tarzida tasniflanadi.
Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning kuyidagi tasniflari mavjud:
- tarixiy-geografik jixatga kura;
-etnik jixatga ko‘ra;
- e’tikod kiluvchilarining soniga ko‘ra;
- hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o‘lik diniy tizimlar) va xokazo.
Bugungi kunda, dinshunoslikka bag‘ishlangan adabiyotlarda asosan qo‘yidagi tasnif keltiriladi:
1.Primitiv diniy tasavvurlar (urug‘-qabila dinlari) - totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;
2.Millat dinlari - ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduiylik (hindlarga xos), konfutsiychilik (xitoy millatiga xos), sintoiylik (yaponlarga xos) kiradi;
3.Jahon dinlari - dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo‘lgan dinlar. Ular safiga odatda buddaviylik, xristianlik va islom dinlarini kiritadilar.
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik - yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik - ko‘pxudolik (hinduiylik, konfutsiychilik) dinlari va xokazolarga bo‘linadi. Dinshunoslikka oid zamonaviy tadqiqotlarda yahudiylik, xristianlik va islom dinlarini Ibrohimiy dinlar (Avraamicheskie religii) yoki samoviy dinlar deb atash ham kuzatilmoqda.
E’tiqod lug‘aviy mazmuniga ko‘ra, qat’iy ishonch degan ma’no beradi. Biroq e’tiqodning lug‘aviy emas, atamaviy (istilohiy) mazmunini olsak, u juda ko‘p mazmunli tushuncha ekaniga amin bo‘lamiz. E’tiqod faqat diniy mazmunga emas, dunyo­viy, ya’ni nodiniy mazmunga ham ega.Diniy mazmunda u asosan imonni, imon talablariga, din farzlari va ahkomlariga og‘ishmay amal qilishni anglatadi. Dunyoviy mazmunda esa muayyan axloqiy, siyosiy, huquqiy, falsafiy, ilmiy g‘oyalarga, me’yorlarga qat’iy ishonchni, ularga sodiqlikni, butun kuch-g‘ayrati, aql-zakovati, irodasini halol yashashga safarbar eta olish, qiyin­chiliklardan cho‘chimaslik, yutuqlardan esankiramaslikni bildiradi. E’tiqod har qanday bilim emas, balki qat’iy ishonchga aylangan, inson dunyoqarashining tamal toshini hosil qiluvchi bilimlardir. Bu ilm diniy yoki dunyoviy yoxud ularning ma’lum darajadagi qorishuvi bo‘ladimi, qat’iy nazar, e’tiqodning mazmunini belgilaydi. Ilmsiz e’tiqod yo‘q, bo‘lishi mumkin ham emas. Ilmni biz, tafakkur xususiyatlaridan kelib chiqib, ratsional (aqlga mantiqqa xos) va irratsional (aqlga, mantiqqa unchalik mos kelmaydigan) ilmlarga ajratamiz. Ratsional ilmning yuksakroq darajasi kundalik hayotiy tajriba yordamida emas, balki o‘qish, turli fanlar asos­larini o‘rganish, o‘z sohasiga oid fan yutuqlaridan xabardor bo‘lish orqali shakllanadi. Irratsional ilm aniq dalillarni noaniq, taxminiy dalillar bilan aralashtirib yuborish, ba’zan g‘ayritabiiy, xurofot va bid’at, mis­tika, botil qarashlar va biryoqlama murosasiz hissiyotga berilish tufayli paydo bo‘ladi. E’tiqodning ilg‘orligi yoki qoloqligi, insonparvarligi yoki xudbinligi, liberalligi yoki totalitarligi va boshqa ko‘plab xususiyatlari uning mazmunini tashkil etuvchi ilmga bog‘liq. Ikkilanish va shubha bilan qaralgan ilm e’tiqod emas. Ilgari inson qattiq ishongan tushunchalarga, g‘oyalarga nisbatan hayotiy tajribasi, bilimi ortishi, ilm-fan taraqqiyoti natijasida shubha tug‘ilsa, ular e’tiqod maqomini yo‘qotadi. Islom dinida e’tiqodni «Aqiyda» so‘zi arabcha «aqada» fe’lidan olingan bo‘lib, bir narsani ikkinchisiga mahkam bog‘lash ma’nosini anglatadi. Bu so‘zning jami (ko‘plik shakli) «aqoid» bo‘ladi. Islom aqiydasi musulmon insonni ma’lum bir narsalar bilan mahkam bog‘lab turadigan e’tiqodlar majmuasidir. Bu ilmning maqsadi – dinga bo‘lgan ishonchni, diniy aqiydalarni qat’iy dalillar ila isbotlash va ular to‘g‘risidagi shubhalarni rad qilishdir. Yangi milodiy asrga kelib jahon sahnasida qarashlar, o‘lchovlar, munosabatlar o‘zgarib ketdi. Hatto «globalchilik, terror, tamaddunlar ixtilofi» degan yangi atamalar paydo bo‘ldi. Yangi asr kishisining, ayniqsa yoshlarning ongi va qalbini zabt etish uchun jiddiy kurash boshlandi. Bu yo‘lda butun dunyoni qandaydir «fobiya»lar bilan qo‘rqitish har qachongidan kuchaydi. Ana shu ixtiloflar to‘fonida Islom va musulmonlarga «loy sochish» ham avjga mingani kuzatilmoqda. Mana shunday tahlikali, bezovta zamonda yoshlar o‘zlarini qanday tutishlari, kimga va nimaga suyanishlari, kimga ergashishlari kerak? Eng avvalo, ulardan aqidada mustahkam bo‘lish talab etiladi. Mashhur shoirimiz So‘fi Ollohyor «Aqida bilmagan shaytona eldur, Agar ming yil amal deb qilsa, yeldur», deb bejizga yozmagan. Odamlar musulmonlik da’vo qilishsayu, mo‘minmiz, deb ko‘krakka urishsayu, ammo aqidalari, imonlari zaif bo‘lsa oson aldanishadi. Aqida poydevori bo‘sh zaminga, qiyshiq qilib qurilsa, g‘animlar qalblarini osongina zabt etadi. Uncha jon koyitmay hidoyat yo‘lidan, haq yo‘ldan adashtirib yuboradi. Islomni kitob o‘qish bilangina tanimoqchi bo‘lganlar adashishga mahkumdir. Bundaylar silsilaga mansub bir ustoz ko‘rmay, o‘zlaricha bir necha oyat yo hadisni yodlab olishadi-da, «ulug‘ olim darajasiga ko‘tarildik», deb o‘ylashadi. Bularning ham haq yo‘ldan adashib, zalolatga kirib ketishlari oson bo‘lib qoladi. Allakimlar nayrangiga uchib, ular aqidasini qabul qilgan, haq nima, botil nima – ajratib olganidan keyin iztirob va nadomatlarda qiynalgan yoshlar borligi ayon. Dunyo hayotidagi tansiq yillarini xatolar girdobida g‘arq qilib yubormasliklari uchun yoshlarga qarata Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam): «Diningizni kimdan o‘rganayotganingizga qarang», degan ko‘rsatmalarini eslatib qo‘yish joiz. Rasulullohdan (alayhissalom) buyon davom etib kelayotgan olimlar silsilasini ustoz qilib olganlar aslo adashishmaydi. Bu Ahli sunnat val jamoa tuzib chiqqan va asrab-avaylab kelayotgan aqida, e’tiqod va shariat yo‘lidir. Hazrati Abu Hanifadan: «Kimlar Ahli sunnatga mansub?» deb so‘rashganida, «Ikki shayxni tan olgan, ikki kuyovni tan olgan va mahsisiga mas’h tortgan Ahli sunnatdandir», degan ekanlar. Bilishsa, ikki shayx hazrati Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattob, ikki kuyov esa Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib ekanlar. Bundan kelib chiqadiki, kim dinida mo‘tadil o‘rta yo‘lni olib boraman desa, Islomning to‘g‘ri yo‘ldagi to‘rt xalifasini tan olib, ular ishini va yo‘lini davom ettirishi hamda shariat hukmlarini og‘ishmay bajarishi lozim ekan. Turli tafriqalarga bo‘linish, haq yo‘lda adashishlarning yana bir yo‘li sunnatni tark etish, mazhabsizlik hamda mutaassiblik balosidir. Islom qonunlarini buzib qo‘yishdan taqvo qilgan o‘tmishdagi buyuk allomalarning to‘qson to‘qqiz foizi mazhabga sodiq bo‘lgan. Hatto ixtilof avj olgan o‘n to‘rtinchi asrda yetishib chiqqan Ibn Taymiyya, Ibn Qayyum kabi o‘zgacha fikrlilar ham chalasavod musulmonlarga faqihlar yordamisiz ijtihodga qo‘l urishni tavsiya etishmagan. Alloh taolo mo‘min-musulmonlarga shunday xitob qiladi: «Dinlarini bo‘lib, firqa-firqa qilib olgan kimsalardan (bo‘lmang)! Har bir hizb-firqa faqat o‘z oldilaridagi narsa bilan xursanddirlar» (Rum, 32). Payg‘ambarimiz Muhammaddan (alayhissalom) rivoyat qilingan hadisi sharifda bunday deyilgan: «Mana bu ummat yaqinda yetmish uch firqaga ajraladi. Yetmish ikkitasi do‘zaxda va bittasi jannatdadir». «Ey Rasululloh, shu bittasi kim?» deb so‘rashdi. «Ahli sunnat val jamoa», dedilar» (Imom Termiziy rivoyati). Hazrati Payg‘ambarimizning ummatlari yetmish uch firqaga bo‘lindi. Yetmish ikki firqa zalolatda qolib halok bo‘ldi. Faqat to‘rt fiqhiy mazhabni (hanafiy, shofi’iy, molikiy, hanbaliy) birlashtirgan «Ahli sunnat val jamoa» mazhabi salomatda qolib, najot topdi. Hozir yer yuzidagi jami musulmonlarning salkam to‘qson uch foizi ana shu haq yo‘ldagi mazhabda turibdi. Ahli sunnat jamoatidan zarracha ayrilgan kishi islomiyatdan uzoqlashgan bo‘ladi. Aqoid ilmi o‘z tarixining turli bosqichlarida sharoit va tushunchalardan kelib chiqib bir necha nomlar bilan atalgan. Dastlabki vaqtda Islomiy ilmlarning barchasi bitta «Islom» nomi ostida edi. Keyinroq undan har xil ilmlar o‘ziga xos nom bilan ajrab chiqa boshladi. Aqoid ilmi ham o‘zining oxirgi nomida barqaror bo‘lguncha bir necha ismlarni almashtirdi. «al-Fiqh-ul-Akbar». Aqoid ilmiga «al-Fiqhul Akbar» nomini bergan kishi Imomi A’zam Abu Hanifa rahmatullohi alayhdirlar. U kishi aqoid bo‘yicha bir kitob imlo qilib, uni «al-Fiqhul Akbar» deb nomlaganlar. Bu kitob chop qilingan. Hanafiylar va boshqalar tomonidan o‘rganiladi. Aslida fiqh so‘zi bir narsani nozik-nozik joylarigacha aniq va to‘liq fahmlashni anglatadi. Namoz, ro‘za, oldi-sotdi, boshqa muomalalar kabi amaliy shar’iy hukmlarni aniq va to‘liq o‘rganuvchi ilmga fiqh deb aytiladi. Shar’iy aqiydaviy ahkomlarni aniq va to‘liq o‘rganuvchi ilmga esa «al-Fiqh ul Akbar» – katta fiqh, deb aytiladi. Chunki shu ilm bo‘lmasa, uni tushunib yetilmasa, qilgan amallar ham muroddagidek bo‘lmaydi. Shuning uchun ham amaliy fiqh – kichik fiqh, aqiydaviy fiqh – katta fiqh hisoblanadi.

Yüklə 139,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə