Reja” Qiyosiy dinshunoslikning metodlari Yahudiylik ta’limoti, an’ana va marosimlari Konfutsiylik ta’limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari “Dinshunoslik” dinni tarixiylik


-savol bayoni: Milliy dinlar va ularning zamonaviy ko‘rinishlari



Yüklə 139,89 Kb.
səhifə9/14
tarix22.03.2024
ölçüsü139,89 Kb.
#182322
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
11- mavzu din madaniyat fenomeni reja (1)

2-savol bayoni: Milliy dinlar va ularning zamonaviy ko‘rinishlari: Dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri bo‘lgan Yahudiylik taxminan mil.avv. 2 – ming yillikda Misrda paydo bo‘lgan. Ushbu din ta’limotiga ko‘ra, Xudo 400 yil davomida Misrda qullikda saqlanib kelgan Ibrohim avlodlarini ozod qilib, Misr yerlaridan olib chiqib ketgan Muso (Moshe)ga Sinay tog‘ida vahiy yubordi va yahudiylik dini yuzaga keldi, deb hisoblanadi. Hozirda dunyo bo‘yicha taxminan 15–20 million kishi yahudiylikka e’tiqod qiladi. Ulardan 4,4 millioni Isroilda, 6 millioni AQShda, qolganlari esa Yevropa va dunyoning boshqa mamlakatlarida istiqomat qiladi. Yahudiylikning muqaddas kitoblarida Bani Isroil bilan Tangri orasidagi “ahd”ga keng o‘rin berilgani uning engmuhim xususiyatlaridan biridir. Shuning uchun ham, bu din “Ahd” dini sifatida ham e’tirof etiladi. Yahudiylik yagona Xudoga, muqaddas kitobga va payg‘ambarlarga imon keltirilishi bilan milliy dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa, ilohiy dinlardan ajralib turadi. Yahudiylikda diniylik va milliylik o‘zaro birlashib ketgan bo‘lib, ularni bir–biridan alohida tushunish mumkin emas. Yahudiylik dini vakillari tarixiy va adabiy – badiiy manbalarda “yahudiy”, “ibroniy” va “isroil o‘g‘illari” kabi nomlar bilan tilga olinadi. Bani Isroilning 12 qabilasiga asos solgan, deb hisoblanadigan Is’hoq payg‘ambarning o‘g‘li Ya’qubning 12 o‘g‘lidan birining ismi “Yuda” yoki “Yahuda” bo‘lgan degan taxmindan kelib chiqqan holda uning ismiga monand ravishda “yahudiy” atamasi shakllangan. Muso payg‘ambarning “Biz senga qaytib, yolvordik” so‘zlariga tayanib bayon etilgan boshqa bir taxminga ko‘ra, yahudiy so‘zi arabcha “ av ”shityaq“ ,bilo‘b naqqich bilek nadigazo‘ )adoh(”داه “tavba qilish” ma’nolariga ega. Tarixiy manbalarda “ibroniy” atamasi (ibr. “Ibri” – “narigi tomonning odami, kelgindi”) Frot va Iordan daryolarining narigi tarafidan kelgan ko‘chmanchilarga nisbatan ishlatilgan. Bu nom Falastinning Kan’on o‘lkasida yashovchi mahalliy xalq tomonidan Yahudiylarga nisbatan ham ishlatilgan va davrlar o‘tib, ushbu ikki so‘z sinonimlarga aylangan. Yahudiylarning o‘zlari orasida keng tarqalgan qarashlarga ko‘ra, “Isroil” atamasi “Xudo bilan kurashib uni yenggan” degan ma’noni anglatadi. “Ibtido” kitobining 32 – bobi 28 – matnida keltirilishicha, bugungi kunda barcha yahudiylarga nisbatan ishlatiladigan “Isroil o‘g‘illari” nomi Ya’qub payg‘ambarga Xudo tomonidan berilgan. Yuqoridagi kabi yondashuvlarni umumlashtirgan holda mutaxassislar orasida bu xalq Kan’on (Falastin)ga joylashishdan oldin yahudiy, Kan’onda ibroniy, keyinroq esa Bani Isroil deb nomlangan va ushbu uch atama bir–birining o‘rniga ishlatilgan, degan qarashlarda muayyan yakdillik mavjudligini alohida qayd etish lozim. Umuman olganda, yahudiylikda nasl–nasab otaga emas, balki onaga qarab belgilanishidan kelib chiqqan holda yahudiy onadan tug‘ilganlar boshqa din tanlamaydilar. Agar boshqa millat vakillari yahudiylikka o‘tishni istasa, unda u ruhoniylar tomonidan belgilab qo‘yilgan diniy qonun– qoidalarga itoat etishi shart hisoblangan. Har bir din asoslarini qamrab oladigan manba lar mavjud. “Tanah” va “Talmud” Yahudiylikning ana shunday manbalaridan hisoblanadi. “Tanah” (xristianlarda “Qadimgi ahd”) “Tora” (“Tavrot”), “Naviim” (“Payg‘ambarlar”) va “Ketuvim” (“Kitoblar”) kabi uch bo‘limdan tashkil topgan. “Tanah” nomi esa, ana shu uch bo‘limning ibroniycha bosh harflarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Mazkur manba “Kitve kodesh” (“Muqaddas kitoblar”), deb ham yuritiladi. “Tanah” (“Qadimgi ahd”) xristianlikning ham muqaddas kitobidir. Shunday bo‘lsa–da, ularning bo‘limlari borasida juz’iy farqlar uchraydi. Jumladan, “Bibliya”da “Qadimgi Ahd” 39 ta kitobni o‘z ichiga olsa, yahudiylikda ba’zi qismlar birlashtirilgani uchun 24 ta kitobdan tashkil topgan. “Tanax”ning birinchi bo‘limi “Tora” (ibr. – qonun, amr, dars, rahbar)ning o‘zi besh kitobdan iborat. U Xudo tomonidan Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida tahminan mil. avv. 1571 yilda nozil qilingan, deb e’tiqod qilinadi. Yahudiylikda mil. avv. 586 yilda ravvinlar va yahudiy dini arboblari tomonidan jamlangan “Bobil Tavroti”ga tayanilsa, xristianlikda uning yunon tiliga tarjima qilinishi natijasida “Yunon Tavroti”, shuningdek, tarjima qilishda 72 ta yahudiy ruhoniy ishtirok etganidan kelib chiqib “septuaginta” deb nomlangan “Tavrot”ga asoslaniladi. Besh kitobdan iborat “Tavrot”ni ifodalash uchun ibroniycha “Humash”, yunoncha “Pentateukhos” (penta: besh, teukhos: kitob), G‘arb tillarida pentakok (Pentateuch– Pentateuque) kabi so‘zlar ishlatiladi. 50 bobdan iborat “Ibtido” (ibr. – “Bereshit”) kitobi “Tavrot” tarkibidagi birinchi kitob hisoblanadi. Unda ilk inson va koinotning yaratilishidan to isroil xalqining Misrga kelib joylashishigacha bo‘lgan voqealar tadrijiy ravishda bayon qilingan. 40 bobdan iborat “Chiqish” (ibr. – “Shemot”) kitobida esa, isroil xalqining Muso boshchiligida Misrdan chiqishi va shu voqea bilan bog‘liq tafsilotlar hikoya qilingan. 27 bobdan iborat “Loviylar” (ibr. – “Vayikra”) kitobida esa, yahudiylik dinining asosiy axloqiy asoslari va diniy ko‘rsatmalar, gunohlarning kafforati, iste’moli harom qilingan narsalar, taqiqlangan nikohlar, diniy marosimlar, bayramlar va qurbonliklar bilan bog‘liq masalalar yoritilgan. Bani isroilning cho‘lda o‘tkazgan hayoti va boshdan kechirgan hodisalari, qoya toshdan suv chiqarilishi, o‘lim va ilon vositasida shifo topish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar esa 36 bobdan iborat “Sonlar” (ibr. – “Bamidbar”) kitobida keltirilgan. Musoning o‘limi, dafn etilishi, tutilgan aza va shu kabi masalalarni o‘z ichiga olgan 34 bobdan iborat “Ikkinchi qonun” (ibr. – “Dvarim”) kitobi esa “Tavrot”ning so‘nggi qismini tashkil etadi. “Tanax”ning 2–bo‘limi bo‘lgan “Naviim” kitobi 8 bobdan iborat. Unda Hokimlar (ibr – Shoftim), I va II–Samuel, I va II Qirollar (ibr. – Malaxim), Yoshu’a, Yirmiyax, Ixzqiyol, Hashu’, Yo‘el, Amos, Ovadya, Yonah, Miha, Nahum, Xavakuk, Tzefaniya, Xagai, Zakariyyo, Malaxi kabi payg‘ambarlar faoliyati, jumladan, ularning yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilish borasidagi harakatlari, hayot yo‘llari va amallari haqida so‘z boradi. “Ketuvim” kitobi esa, Tehilim (Zabur), Mishle (Sulaymoninng Masallari), Iyov (Ayyub), Shir ashirim (Nashidalar nashidasi), Kohelet (Voiz), Rut, Ester, Yeremyaning marsiyalari, Doniyol, Uzayr va Nehemya, Divre Ayamim (I va II Tarixlar) kabi qismlardan iborat bo‘libularda ibodat vaqtida o‘qiladigan duolar, shuningdek, tarixiy voqealar bayon qilingan. “Tavrot”ning sharihi sifatida e’tirof etiladigan “Talmud” (ibr. – “o‘rganish”) og‘zaki tarzda avloddan avlodga o‘tib kelgan. Keyinchalik ularni unutish xavfi paydo bo‘lishi yahudiylikning kelajagiga tahdid sola boshladi. Bundan tashvishga tushgan yahudiy ruhoniylari og‘zaki bo‘lgan “Talmud”ni yozma shaklga keltirganlar. “Talmud” yahudiylar uchun “Tavrot” kabi ahamiyatga ega bo‘lib, uning vahiy va ilhom mahsuli ekaniga ishonilib, uni inkor qilgan kishi yahudiy, deb e’tirof etilmaydi. Qadimdan “Talmud”ning hajmiga alohida e’tibor berishgan. Shuning uchun ham, mavjud “Talmudlar”ning barchasi 2947 varaq va 5894 betdan iborat. “Talmud” “Mishna” (ibr. – “o‘rganish”, “ta’limot”) va “Gemara” (ibr. – “xotima”) kabi ikki bo‘limga bo‘linadi. 190–200 yillar oralig‘ida patriarx Yahuda ha–Nasi (135– 220) tomonidan jamlangan “Mishna”da Xudo tomonidan Sino tog‘ida Musoga vahiy qilingan yahudiylikning diniy, axloqiy asoslari bayon etilgan, deb e’tiqld qilinadi. “Gemara” esa, “Mishna”ning bayoni va sharhidir. Umuman olganda, ovqatlanish, kiyinish, ozodalik, kun tartibi, ibodatlar, marosimlar va bayramlarga taalluqli masalalarni o‘z ichiga olgan “Talmud”da yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan, deyish mumkin. Shuningdek, unda yahudiylar butun umri davomida qat’iy amal qilishi va bajarishi lozim bo‘lgan 248 ta buyruq va 365 ta taqiq ham mavjud. Tug‘ilgan o‘g‘il farzand sakkiz kunligida xatna qilinishi, faqat maxsus qassob – shoyixet tomonidan diniy qoidalarga muvofiq so‘yilgan go‘shtnigina iste’mol qilish, erkaklarning bir rangdagi (sidirg‘a) matodan uzun qilib tikilgan, cho‘ntaklari beldan pastda joylashgan kiyim kiyishi, boshni hatto uyquda ham yopib yotishi zarurligi haqidagi talablar shular jumlasidandir. Ibodat paytida “Talmud”da keltirilgan 248 ta buyruq va 365 ta taqiqqa amal qilishlarini o‘z zimmalarigaolganlarning ifodasi sifatida qirg‘oqlarida 613 ta tugun tugilgan maxsus ibodat choyshabi – “tales”ni yelkalariga tashlab olishlari ham, ushbu talablarning yahudiylar hayotida nechog‘lik ulkan ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Yüklə 139,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə