Reja” Qiyosiy dinshunoslikning metodlari Yahudiylik ta’limoti, an’ana va marosimlari Konfutsiylik ta’limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari “Dinshunoslik” dinni tarixiylik


yil din sohasida amalga oshirilgan islohotlar



Yüklə 139,89 Kb.
səhifə13/14
tarix22.03.2024
ölçüsü139,89 Kb.
#182322
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
11- mavzu din madaniyat fenomeni reja (1)

2018 yil din sohasida amalga oshirilgan islohotlar: 2018 yil 16 aprel - “Diniy ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni qabul qilingan. 2018 yil 4 may - Oliy majlis qonunchilik palatasi kengashi va Senat kengashi”Din va e’tiqod erkinligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda din va e’tiqod erkinligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosini monitoring qilish ishchi guruhi tasdiqlandi.2018 yil 30 iyun – “Ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2018 yil 31 may - Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish,qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida nizom qabul qilindi.2018 yil 12 dekabr – BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyusiyasi qabul qilindi.
2019 yil diniy sohada amalga oshirilgan islohotlar: 2019 yil 4 sentabr Diniy – ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida. PQ-4436-sonli qarori qabul qilindi.
2020 yil diniy sohada amalga oshirilgan islohotlar xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilishi: Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSh komissiyasi ham O‘zbekistonni «alohida xavotirga molik davlatlar» ro‘yxatidan chiqardi.Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSh komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonni «alohida xavotirga molik davlatlar» ro‘yxatidan chiqardi. Komissiya 28 aprel kuni e’lon qilgan hisobotida AQSh Davlat departamentiga O‘zbekistonni «maxsus kuzatuvdagi davlatlar» ro‘yxatiga o‘tkazishni tavsiya etgan.Komissiya hisobotida O‘zbekiston 2019 yil davomida diniy sohada amalga oshirgan o‘zgarishlar e’tirof etilib, ayniqsa «Jasliq» qamoqxonasining yopilgani alohida ta’kidlab o‘tilgan. «O‘zbekiston hukumati diniy sohaga oid muammoli qonunlarni qayta ko‘rib chiqishi (hukumat shunday qilishni va’da qilgan) va hibsda ushlab turilganlar masalasini hal etishi zarurligicha qolayotganiga qaramay, USCIRF so‘nggi bir yilda kuzatilgan umidbaxsh o‘zgarishlarga asoslangan holda Davlat departamentiga O‘zbekistonni «maxsus kuzatuvdagi davlatlar» ro‘yxatiga o‘tkazishni tavsiya qilmoqda», – deyiladi Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSh komissiyasi hisobotida. Qayd etish kerak, AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni «alohida xavotirga molik davlatlar» ro‘yxatidan 2018 yil dekabrda chiqarib bo‘lgan. Biroq USCIRF 2019 yil aprelida Davlat departamentining bu qarorini ma’qullamagan, O‘zbekistonni «qora ro‘yxat»ga qaytarishni maslahat bergandi. Shunga qaramay, Komissiya tavsiyasi Davlat departamenti tomonidan inobatga olinmagan, AQSh tashqi siyosat idorasi 2019 yil dekabrida O‘zbekistonni «alohida kuzatuvdagi davlatlar» toifasida qoldirgan edi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSh komissiyasining yillik hisobotlarida 2005 yildan buyon «alohida xavotirga molik davlat» sifatida qayd etib kelingan.2020 yilgi hisobotda 15ta davlat "maxsus kuzatuv ostida" bo‘lishi kerakligi, 14ta davlatdagi diniy vaziyat esa "alohida xavotirga molik" ekani aytilgan.
2020 yilgi hisobotda O‘zbekiston bilan birga Qozog‘iston, Afg‘oniston va Ozarboyjon doxil jami 15ta mamlakat «maxsus kuzatuvdagi davlatlar» (suratda sariq rangda), deb tasniflanishi lozim, deya ko‘rsatilgan. Turkiya, Misr, Indoneziya, Malayziya, Iroq, Bahrayn hamda bir nechta Afrika davlatlari shular jumlasidan.USCIRF 14ta mamlakatni «Alohida xavotirga molik davlatlar» Xususan: Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Xitoy va Eron diniy erkinliklar ayniqsa cheklangan mamlakatlar deb malakalangan.Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSh komissiyasi – Qo‘shma Shtatlar federal hukumatining mustaqil organi bo‘lib, hay’at a’zolaridan iborat. Komissiya vakillari dunyo bo‘yicha diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilib, AQSh prezidenti, Davlat departamenti va Kongressga siyosiy qarorlar qabul qilishda inobatga olishni ko‘zlab tavsiyalar kiritadi.
2020 yil 19 avgustda O‘zbekistonda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Izoh:-1991 yil 14-iyun qonun kuchga kirdi, 1998 yil 1-may yangi tahriri qabul qilindi va 2020 yil 19-avgustda (yangi tahrir loyihasi) muhokama uchun ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yildi. Hozir qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Yüklə 139,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə