Mavzu: Milliy urf-odat va an’analar. Keysning maqsadi



Yüklə 9,68 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü9,68 Kb.
#165574
o\'zim keys



Mavzu: Milliy urf-odat va an’analar.
Keysning maqsadi: milliy urf-dat va an’analarning taraqqiyoti uning o‘ziga xos xususiyatlari muammosini o‘rganish bo‘yicha muammoli vaziyatni tahlil qila olish va yechimini topish, nazariy bilimlar bilan bog‘lash malakalarini rivojlantirish.
Vaziyat:
20 yoshli Dilnoza bilan gaplashganimizda quyidagilarni aytdi. «Ota-onam meni 4 yil o‘qitdi, oliy ma’lumotli qilishdi. Endi esa meni uzatishmoqda. Xo‘sh buni nimasi yomon deyishingiz mumkin. Men uzatilayotgan oila badavlat oila ekan, biz esa o‘rtahol oilamiz. Muammo shundaki, kelin tomon kuyov tomonga kiyim-kechak hamda mebel yuborishi emish. Negaligini so‘rasangiz bular bizning “Milliy urf-odat va an’analarimiz” emish. Xattoki, bizning qanaqa mebel olishimizgacha u oila belgilab bergan. Ular tanlagan mebellar juda ham chiroyli ekan, ammo narxini eshitsangiz, bu narxga ikkita to‘y o‘tkazsa bo‘ladi. Yaqinda kattalar telefon orqali suhbatlashishdi, unda xarajatlarni biroz kamaytirishni hozircha biroz arzonroq mebel jo‘natib turishimizni biznikilar so‘radi. Lekin kuyov tomonga bu gap yoqmay, bizni milliy urf-odatlarimizni hrmat qilmaslikda ayblashgacha borishdi. Undan tashqari ularga olgan sarpolarimiz ham oddiy bozorniki ekan, ularga butiklardan eng qimmat kiyimlar olishimiz kerak ekan. Shundog‘am to‘y xarajatlari, uni ustiga meni 4 yil kontraktimni to‘lab o‘qitgan ota-onam uchun bu juda og‘ir edi. Natijada to‘yni bekor qilishmoqchi. To‘g‘risini aytsam, kuyov bolani menda, meni esa unda ko‘nglim bor… Biroq… ba’zi bir urf-odatlarimizni deb bizni birga bo‘lishimiz qiyinlashmoqda. Xo‘sh, shu urf-odatlarimiz ikki insonni baxtli qila oladimi? Shu bilan baxtli bo‘lib keta olamizmi?..» Shu bilan u yaqinda ularning ota-onalari to‘yni bekor qilishmoqchi ekanligini aytib rosa yig‘ladi.

  1. Kuyovning ota-onasining nosog‘lom fikrashining sababi nimada?

  2. Nilufar va kuyov bu holatda qanday yo‘l tutishi kerak?

  3. Milliy urf-odat va an’analarimizni hammasini ham saqlab qolish kerakmi?

Tahlil: Avvalo insonlar dunyoqarashini o‘zgartirishi lozim. Rivojlangan Yevropa davlatlarining eng boy insonlarining ham to‘yi kerak bo‘lsa, bizning o‘rta hol oilalarimiz o‘tkazayotgan to‘ylarni ham oldida “ip esholmaydi”. Qimmat chet elning mebellari bilan yashab baxtli bo‘lib ketish qiyinligini ota-onalarga oilaning kattalari tushuntira olishi kerak. Shu pullarni o‘rniga ixchamroq to‘y o‘tkazib qolgan pulga ular uchun uy yoki mashina xarid qilish mumkinku. Yosh oila qurayotgan kelin-kuyovlarimiz ham ota-onalariga bu haqida tushuntirish bera olishi kerak. Hozirgi uylanayotgan yigitlar ham kelinni uyidan olib kelingan buyumlarni ishlatish yoki foydalanish erkak kishi uchun “uyat” ekanligini anglay olishi kerak. Menimcha, urf-odatlarimizni hammasi ham hozirgi hayotimizga mos kelavermaydi. Sababi kundan kunga zamon rivojlanmoqda, odamlarning ongi o‘zgarmoqda. Milliy urf-odatlarimizni ham shunga qarab moslashtira olishimiz zarur.



Yüklə 9,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə