Reja” Qiyosiy dinshunoslikning metodlari Yahudiylik ta’limoti, an’ana va marosimlari Konfutsiylik ta’limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari “Dinshunoslik” dinni tarixiylik



Yüklə 139,89 Kb.
səhifə11/14
tarix22.03.2024
ölçüsü139,89 Kb.
#182322
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
11- mavzu din madaniyat fenomeni reja (1)

3-savol bayoni: Dunyo mamlakatlari va O‘zbekistonda vijdon erkinligi haqidagi qonun qabul qilinishining ijtimoiy madaniy ahamiyati. O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlanishi. Vijdon erkinligi tabiiy huquq va erkinliklar sirasiga kiruvchi, har bir shaxsning ajralmas huquqlaridan biridir. Shaxsning tabiiy huquqlari davlatning insonga bergan «tuhfasi» emas, balki insonning munosib turmush va hayot tarzini tanlash bilan bog‘lik real imkoniyati hisoblanadi. Shu bilan birga, tabiiy huquqdar jumlasiga kiruvchi erkinliklarni qonun chiqaruvchi o‘zi xohlaganda qisqartirishi yoki cheklashga ham haqli emas. Chunki bu huquqlar insonlarga tabiatan (Xudo tomonidan) berilgan in’om sanaladi. Vijdon erkinligi ham xuddi shunday. Huquqiy mezonda vijdon tushunchasi «vijdon erkinligi» shaklida keladi. O‘zbekistonning asosiy qomusi - Konstitutsiyada «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi» (31-modda), degan qoida mustahkamlangan. Ba’zi hukukiy adabiyotlarda «vijdon erkinligi» o‘znida «e’tiqod erkinligi» tushunchasini ham uchratish mumkin. Aslida e’tiqod» (arabcha «i’taqada» fe’lidan) so‘zi ham ko‘p ma’noli so‘zlar jumlasiga kirib, ishonch, imonli bo‘lish, ko‘ngilda tasdiqlash ma’nolarini beradi. E’tiqod erkinligi ham vijdon erkinligi singari shaxsning biror dinni ixtiyor etib, unga e’tiqod qilishi huquqinii anglatadi.. Lekin bu huquq vijdon erkinligi koidalari ruxsat beradigan dahriy bo‘lish huquqini kafolatlamaydi. Shu kabi farqlar sababli ayrim davlatlar qonunchiligida (musulmon arab mamlakatlarida) vijdon erkinligi emas, e’tiqod erkinligi kafolatlangan. Shunga asosan agar inson amal qilib turgan dinidan chiqadigan bo‘lsa, ayrim hollarda qonuniy jazo sanksiyalarining qo‘llanilishi ham e’tiqod erknnligining o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatadi.Tinglovchilarga “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi (18-moddasi)ni va Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqapo Pakt (19-moddasi)ni tahlil qilib bering.
Konfessiya so‘zi (lotincha – “confessio”) o‘zbek tiliga aynan tarjima qilinganda “e’tiqod qilish”, degan ma’noni anglatadi.
Mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydilar.
Sekta so‘zi,muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy qarashlarga ergashuvchilar guruhini anglatadi. Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi.
Missionerlik - bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish.
Prozelitizm - bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilish. lotincha”tolerare”-”sabr-qilmoq”degan ma’no beradi.
1995 yil 16 noyabrda BMTning fan, ta’lim va madaniyat bo‘yicha ixtisoslashgan tashkiloti YuNESKO “Bag‘rikenglik prinsiplari Deklaratsiyasi”ni qabul qilgan.
2018 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik”deb nomlangan maxsus rezolyusiya qabul qilindi. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbusni ilgari surgan edi.)
Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi deb xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida chin dildan ochiq ko‘ngillik bilan hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini tarannum etuvchi fikrlar va amaliy xatti-harakatlar tizimiga aytiladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 16 ta konfessiyaga mansub 2277 ta diniy tashkilot faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 2094 tasini islomiy diniy tashkilotlar, shu jumladan, 2067 tasini masjidlar tashkil etadi. Shuningdek, 166 ta xristian diniy tashkiloti, 8 ta yahudiy va 6 ta bahoiy jamoalari, bittadan krishnachilar jamiyati va buddaviylar ibodatxonasi hamda konfessiyalararo O‘zbekiston Bibliya jamiyati faoliyat yuritmoqda. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Konfessiyalar ishlari kengashi o‘zining yig‘ilishlarini yiliga ikki marta o‘tkazib kelmoqda.(2020 yil ma’lumoti).
Diniy ta’limda tub o‘zgarishlar yuz berdi, ilmiy-tadqiqot faoliyati izchillik bilan olib borilmoqda. “Yo‘l xaritasi”da belgilangan xalqaro uchrashuv va tadbirlar muntazam ravishda tashkil qilinmoqda. Misol tariqasida 2019 yil noyabr oyida Toshkent va Samarqandda AQShning Global jalb qilish instituti hamkorligida o‘tkazilgan “Din va qonun ustuvorligi” mavzusida O‘zbekiston — Amerika ilmiy-amaliy seminarini keltirish o‘rinlidir. Mamlakatda islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilgan. Viloyatlarda kalom, hadis, fikh, aqida va tasavvuf ilmi maktablari ochilgan. Shuningdek, O‘zbekiston to‘liq Injil xristianlari markazi, O‘zbekiston Injil xristian-baptistlar cherkovlari ittifoqi faoliyat yuritmoqda.O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishi “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar” da din va diniy tashkilotlar bilan bo‘ladigan munosabatlar ham takomillashtirib borilmoqda.

Yüklə 139,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə