Reja” Qiyosiy dinshunoslikning metodlari Yahudiylik ta’limoti, an’ana va marosimlari Konfutsiylik ta’limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari “Dinshunoslik” dinni tarixiylik


Ayrim mamlakatlarning konstitutsiyalarida diniy tashkilotning davlatdan ajratilganligi (separatsion model)



Yüklə 139,89 Kb.
səhifə8/14
tarix22.03.2024
ölçüsü139,89 Kb.
#182322
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
11- mavzu din madaniyat fenomeni reja (1)

2. Ayrim mamlakatlarning konstitutsiyalarida diniy tashkilotning davlatdan ajratilganligi (separatsion model) mustahkamlangan bo‘lib, bunda davlat dinni o‘z fuqarolarining shaxsiy ishi sifatida ko‘radi.
Separatsion model vakillaridan bo‘lgan AQShda davlat va dinning bir-biri ishlariga ikki tomonlama aralashmaslik, diniy jamoalarning erkinligi, diniy konfessiyalar o‘rtasida ishlarning betaraf ekanini nazarda tutuvchi diniy tashkilotning davlatdan qat’iy ajratilishi tamoyili keng yoyilgan. Diniy tashkilotning davlatdan ajratilishi prinsipi boshqa shaklda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Yevropada bunday tizim diniy tashkilotga qarshi kurash jarayonlari natijasi sifatida shakllandi. XIX asr davomida Fransiyada davlat-din munosabatlari hamkorlikdan butunlay uzilishga qadar uzgarib, 1905 yildan cherkov davlatdan rasmiy ravishda ajratiladi. Shunga bog‘liq ravishda 1905 yili Fransiyada qabul qilingan qonun qo‘yidagi larni tan oladi: 1. Vijdon va e’tiqod erkinligi; 2. Davlat tomonidan diniy tashkilotlar va ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishining taqiqlanishi; 3. Barcha dinlarga, hech bir istisnosiz teng munosabatda bo‘lish. Fransiyada qabul qilingan dinning davlatdan ajratilishi to‘g‘risidagi qonun diniy marosim va urf-odatlarni bajo ksltirish davlat hokimiyati ruxsati va nazorati bilan amalga oshirilishini belgilab qo‘ydi. 3.Kooperatsion, ya’ni neytralitet modeliga Germaniya federativ respublikasini misol tariqasida keltirish mumkin. GFR da davlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi munosabatlarda davlat hokimiyatining ustuvorligi e’tirof etilgan. Veymar Konstitutsiyasi davridan boshlab Germaniyada davlat- cherkov munosabatlari sekulyarlik tamoyiliga asoslanadi. Shuningdek, davlat hokimiyati bilan diniy tashkilot munosabatlarida muayyan masofa saqlanadi. Hozirgi kunda bunday masofani «neytralitet» termini bilan atash odat bo‘lgan. Hozirgi kunda davlat-cherkov munosabatlari GFR Asosiy konunining 140-moddasi asosida tartibga solinadi. O‘z navbatida konstitutsiyaning mazkur moddasi 1919 yilgi Veymar Konstitutsiyasining 136-139, 141- moddalaridan tashkil topgan. Mazkur qoidalarga binoan GFR da davlat biror dinga rasmiy davlat dini maqomini bermaydi.
GFRda diniy mashg‘ulotlar davlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning o‘ziga xos ifodasi bo‘lib, diniy mashg‘ulotlar davlat bilan diniy tashkilotning umumiy ishi sifatida e’tirof etiladi. GFR Konstitutsiyasining 7-moddasiga binoan, ommaviy maktablarda diniy ta’lim majburiy predmet sifatida o‘qitiladi. Ko‘rib chiqilayotgan model doirasida 1920 yilgi Avstriya konstitutsiyasida ham o‘ziga xosliklar bor. Unda ham vijdon va e’tikod erkinligi to‘liq e’tirof etiladi. Avstriyada xam, GFRda bo‘lgani kabi, cherkov davlatdan ajratilmagan. Katolik cherkovi davlat maqomiga ega bo‘lmasa-da, diniy sohada hukmronlik qiladi va mafkuraviy hayotning turli jabhalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. E’tiqod qiluvchilarning taxminan 90% ni katoliklar tashkil etadi. Yuqoridagi davlatlar misolidan ko‘rinib turibdiki, xorijiy mamlakatlarda diniy tashkilotlarning huquqiy maqomini, davlatning dinga, vijdon va e’tiqod erkinligiga bo‘lgan munosabatini tartibga soluvchi konstitutsiyaviy va qonunchilik normalari nihoyatda turli-tumandir. Konstitutsiyalar odatda, diniy tashkilot bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat asoslari, jamiyatda dinning tutgan o‘rni bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi maxsus moddalarni, ayrim hollarda esa bir-butun bo‘lim va boblarni ham o‘zida aks ettiradi. Umuman olganda esa, konstitutsiyalar konfessiyalar va e’tiqod qiluvchilar huquqlarining kafili bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekistonda tarkib topgan davlat va din o‘rtasidagi munosabat o‘z mohiyati, mazmuni va hukukiy asoslariga ko‘ra separatsion modelga, ya’ni davlatdan din, umumta’lim maktablaridan diniy ta’limning ajratilganligi va vijdon erkinligi, konfessional bag‘rikenglik ta’minlanganligiga asoslanadi. O‘zbekiston dunyoviy davlat bo‘lib, mamlaktimizda din davlatdan alohida bo‘lib, bu haqda mamlakatimiz Konstitutsiyasining 61-moddasida shunday deyiladi: «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi». Bu g‘oya «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida ham mustahkamlangan bo‘lib,unda ham dinning davlatdan ajratilganligi, hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan. Bu esa mamlakatimizda davlatning diniy ishlarga, dinning esa davlat ishlariga (qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno, albatta) aralashmasligini anglatadi. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi demokratik prpnsiplarga sodiqligini ifodasi sifatda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatda qo‘yidagi pritsiplarga amal qilishini e’lon kildi:
- dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;
- diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
- diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
- ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati;
- dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish.
Bu tamoiyllar davlatimizda sekulyarizatsiya va resekulyarizatsiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yüklə 139,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə