Buddizm dini va ta’limoti Milliy dinlar Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 38,27 Kb.
səhifə1/5
tarix09.06.2023
ölçüsü38,27 Kb.
#116354
  1   2   3   4   5
Buddizim ta’limoptida to’rt oliy haqiqat nirvana haqidagi qarashlar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Buddizm

Mavzu:Buddizim ta’limoptida to’rt oliy haqiqat nirvana haqidagi qarashlar
Reja:

  1. Buddizm dini va ta’limoti

  2. Milliy dinlar

  3. Foydalanilgan adabiyotlar


Buddizm dini va ta’limoti

Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda(bundan salkam2500- 2600 yil avval shimoli-sharqiy ) Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Janubiy
Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq. Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kamboja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yapo kabi davlatlarning asosiy dinidir. Buddizm muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Rivoyatlarga koʻra, Buddizmga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. Buddizimda 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.
Boshqa dinlardan farqli ravishda Buddizmda hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. Buddizim taʼlimotiga koʻra, inson doimo azob uqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob uqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxiroqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. Buddizm zaminida 3 narsa — Budda, Dharma va Sangxaga eʼtiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dharma — Gautama qoldirgan taʼlimot. Bu taʼlimotning eng qisqa bayoni "toʻrt oliy haqiqat"dan iborat:
1) azob uqubat mavjud;
2) azob uqubatning sababi (istak) mavjud;
3) azob uqubatning tugashi (nirvana) mavjud;
4) azobuqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yoʻl mavjud.

Yüklə 38,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə