Bob. Ozod Sharafiddinovning o‘zbek adabiy tanqidchiligida tutgan o‘rni



Yüklə 144,15 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü144,15 Kb.
#181591
  1   2   3
kjy


MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………….2-4



  1. BOB. Ozod Sharafiddinovning o‘zbek adabiy tanqidchiligida tutgan o‘rni. ……………………………………………………………………….5-11

  2. BOB. Ozod Sharafiddinov ijodining o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish uslubiyati……………………………………………………………………12-22

  3. XULOSA……………………………………………………….23-24

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………25



KIRISH
Mustaqilligimiz tobora mustahkamlanib, o’zining ijobiy samaralarini bera boshlagan bugungi kunda xalqimiz oldida hayotning moddiy va ma’naviy asoslaridan kelib chiqadigan yangidan-yangi vazifalar turibdiki, ularni amalga oshirishda adabiyot va san’at, umuman, ma’naviyatning ahamiyati kattadir. O’zbekiston mustaqil bo‘lgach, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy, madaniy adabiy sohalarda keskin o’zgarishlar yuz berdi. Adabiyotga e’tibor kuchaydi. Istiqlol yillarida hayotimizning barcha sohalari qatori milliy adabiyotimiz ham tom ma’noda yangilanish va yuksalish jarayonlarini boshdan kechirmoqda. Mamlakatimizda ta'lim tarbiya bo'yicha qabul qilingan umummilliy dasturning
hayotga tadbiq etilishi samarasi o'laroq, yoshlarimiz Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo'lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchiga aylanib bormoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev: "Biz yoshlarga oid davlat siyosatini hech og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida buguni zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz"1degan edilar. Shubhasiz, yosh avlodning zamon talablariga munosib, mustaqil fikr-qarashiga ega, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyat sohibi va dunyoning har bir burjidagi tengdoshi bilan erkin muloqotga kirisha oladigan shaxs bo'lib kamol topishida adabiyot va san'atning roli beqiyosdir.
Mustaqillik yillarida Ozod Sharafiddinov ham adabiy tanqidchi, ham tarjimon, ham jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirdi. „Choʻlpon“ (1991), „Choʻlponni anglash“ (1994) kitoblari, „E'tiqodimni nega oʻzgartirdim“ (1997) asarlarida munaqqidning estetik prinsiplari aks etgan. Keyingi yillarda Ozod Sharafiddinov oʻzbek adiblari, madaniyat-sanʼat arboblari, olimlar haqida oʻnlab maqolalar yozdi. U jahon adabiyotining koʻplab namoyandalari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi. „Koʻlmak suvda quyosh parchasi“ (fransuaza Sagan), „Qadimgi xitoy nasri namunalari“, „Monumental targʻibot“ (Vl. Boynovich), „Al-ximik“ (Paulo Koel’o) singarilar. Tanqidchi ijodi 60-70-yillarda sermahsul bo‘ldi. U davr adabiyoti va tanqididagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qilib, umumlashtirib, ilmiy-biografik monografiyalari, adabiy portretlari muammoli maqolalari bilan adabiy tanqid ko‘lamini kengaytirdi. Tarixiylik va zamonaviylik muammolari ustida jiddiy va rang-barang izlanishlar olib bordi. Davr zug‘umiga qaramay, A.Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat ijodi haqida o‘qtin-o‘qtin ijobiy fikrlar aytishga o‘rindi. A.Qahhorga nohaq munosabatlar yana bosh ko‘targanda jasorat bilan uni himoya qilishga kirishdi, merosga biryoqlama qarashlarga qarshi kurash olib bordi.2
O.Sharafiddinov 1929-yili Qo‘qon yaqinidagi Oxunqaynarda
xizmatchi oilasida tug‘ildi. Bolaligidan Toshkentda yashadi. Ziyrak
va qobiliyatli Ozod 14-o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatdi.
O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida o‘qidi (1946
1951). M.Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti instituti aspiranturasida
tahsil oldi (1954). O‘zbek poemalari ustida qunt bilan ijodiy ish olib
horib, «Hozirgi o'zbek sovet poemalari» degan mavzuda nomzodlik
dissertatsiyasini (1955) himoya qildi. XX asming 90-yillarigacha o‘zi
tahsil olgan-Toshkent davlat universitcti (hozirgi O‘zMU) filologiya
fakultetining o‘zbek adabiyoti kafedrasida ishladi. So‘ng «Sharq»
matbaa konserni hamda «Tafakkur» jurnalining tashkilotchi va
yetakchilaridan biri sifatida faoliyat ko'rsatdi. So‘ngra 1997-yilda
tashkil etiigan «Jahon adabiyoti» jurnalining bosh muharriri lavozimiga
tayinlandi. 3
Mustaqillik yillarida olimning serqirra va qizg‘in faoliyati munosib
taqdirlandi. Hukumatimizning qator orden va medallariga loyiq topildi.
2002-yilda esa O‘zbekiston Qahramoni yuksak unvoniga sazovor bo'ldi.
Keyingi 50 yilda faoliyat ko‘rsatgan adabiyotshunoslar, publisistlar silsilasida Ozod Sharafiddinovning nomi alohida bir cho‘qqi yanglig‘ ko‘zga tashlanb turаdi. Ozod Sharafiddinov o‘zidan o‘lmas ijodiy meros qoldirdi. Bu ijod nainki bir insonning, balki butun bir millatning faxru g‘ururi bo‘la oladigan ijoddir” O‘zbekiston Qahramoni Abdula Oripovning bu samimiy e’tirofi butun adabiy jamoatchilikning va ziyoli xalqimizning ham yakdil bir bahosi deyish mumkin.

I BOB. OZOD SHARAFIDDINOVNING O‘ZBEK ADABIY TANQIDCHILIGIDA TUTGAN O‘RNI.


XX asr o‘zbek adabiyoti va tanqidchiligi tarixini, kengroq qilib aytsak, xalqimiz ma’naviyati va tafakkuri rivojini Ozod Sharafiddinov ijodiy faoliyatisiz to‘liq tasavvur etib bo‘lmaydi. Haqiqatan ham, Ozod Sharafiddinov tanqidchi o‘z iste`dodi va yorqin shaxsi bilan adabiy jarayonda va badiiy ijod olamini rivojlantirishda qanchalar ulkan rol o‘ynashi va qudratli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini yaqqol isbotlab bera oldi. Ozod Sharafiddinovning nodir iste`dodi, badiiy ijod va estetik tafakkur rivojidagi va ayniqsa adabiy tanqidchilik sohasidagi beqiyos xizmatlari bu olimning g‘oyat serqirra va betakror bir siymo bo‘lganini ko‘rsatadi. O.Sharafiddinov fenomenining hayratli bir jihati ham shundaki, uning ilk chiqishlaridayoq yorqin namoyon bo‘lgan tug‘ma tanqidchilik talanti hech qachon xira tortmadi, shoirona qalb ehtirosi va jo‘shqin ilhomi umrining so‘ngiga qadar susaymadi. Bu haqda O‘zbekiston Qahramoni, mashur shoirimiz Erkin Vohidov aytgan samimiy fikrlar millionlab kitobxonlarning ko‘nglidagi yakdil fiklarni ham ifodalagan: “Ozod Sharafiddinov XX asr adabiy muhitida o‘z ibratli shaxsiyati, mustahkam e’tiqodu dunyoqarashi bilan ziyolilarimizning butun bir avlodi uchun namuna bo‘lib tanilgan alloma. Bunaqa odamlarni xudoyim bizning baxtimizga, jamiyat baxti uchun beradi”.


Ozod Sharafiddinov adabiy jamoatchilikka tanitgan jiddiy va salmoqli ishi “Lirika haqida mulohazalar” maqolasidir. Maqola lirika haqida 50-yillarning ikkinchi yarmidagi munozarada yalt etib ko‘zga tashlandi. 50-yillarning boshlarida avj olgan “konfliktsizlik nazariyasi” keltirgan oqibatlarni lirik she’rlar misolida ishonarli, ta’sirli tahlil etgan Ozod Sharafiddinov timsolida yangi tipdagi o‘zbek tanqidchisi shakllanib kelayotganligi ko‘rindi.
Tanqidchi ijodi 60-70-yillarda sermahsul bo‘ldi. U davr adabiyoti va tanqididagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qilib, umumlashtirib, ilmiy-biografik monografiyalari, adabiy portretlari, muammoli maqolalari bilan adabiy tanqid ko‘lamini kengaytirdi. Tarixiylik va zamonaviylik muammolari ustida jiddiy va rang-barang izlanishlar olib bordi. Davr zug‘umiga qaramay, A.Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat ijodi haqida o‘qtin-o‘qtin ijobiy fikrlar aytishga o‘rindi. A.Qahhorga nohaq munosabatlar yana bosh ko‘targanda jasorat bilan uni himoya qilishga kirishdi, merosga biryoqlama qarashlarga qarshi kurash olib bordi.
XX asr o‘rtalaridan o‘zbek tanqidchiligiga M.Qo‘shjonov, S.Mamajonov, L.Qayumov, N.Shukurov, N.Karimov, U.Normatovlar avlodi kirib keldi. Ozod Sharafiddinov dastlabki taqriz, maqolalari bilanoq ular safining peshqadamlaridan biri ekanini ko‘rsatdi. Bu yangi avlod vakillari I.Sulton, H.Yoqubov kabi tajribali avlod namoyandalari bilan yelkama-yelka turib, davr adabiy-tankidiy muammolarini yechish jarayonida ulg‘ayib bordi. O.Sharafiddinov timsolida yangi tipdagi o‘zbek tanqidchisi shakllanib kelayotgani ko‘rindi.Tanqidchilikdagi ayrim biryoqlamaliklar tufayli M.Shayxzoda va Mirtemirdek ulkan shoirlar ijodi chuqur, haqqoniy bahosini olmay kelayotgan edi. Munaqqid navbatdagi ishlarini shu ikki ulkan shoir ijodiga bag‘ishladi. M.Shayxzoda va Mirtemirning O.Sharafiddinov tomonidan yaratilgan adabiy portretlari bu janrning o‘zbek tanqidchiligidagi go‘zal namunalari qatorida turadi.4
O.Sharafiddinov tanqidchilikka poeziya “yo‘lakcha” sidan kirib keldi, adabiy jarayonda yetuk munaqqid, mohir portretnavis, adabiy tanqid muammolarini izchil yoritib beruvchi olim hamda mohir tarjimon sifatida tanildi. Ozod Sharafiddinovning adabiy tanqid rivojiga qo‘shgan eng muhim hissasi-poeziyadagi badiiylik va zamonaviylik masalalarini dadil ko‘tarib chiqishida, bu muammolarni yangicha ilmiy-nazariy fikrlar va qarashlar bilan boyitishda namoyon bo‘ldi. U san’atkor har qancha ijodiy muammolarni ko‘tarmasin va yoritmasin, asar chinakam badiiylikdan mahrum bo‘lsa, u ta’sir kuchiga ega bo‘lolmaydi degan qarashda muqim turdi.
Shaxsga sig‘inish iskanjasidan ozod bo‘la boshlagan o‘zbek she’riyati, nasri va dramaturgiyasida 50- yillar oxiri va 60- yillar avvalida jiddiy siljishlar, o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tanqid ham ana shu jarayonni tahlil qilishga o‘tdi. Ijodkorlar oldiga yangi-yangi talablar qo‘ydi. Ayniqsa, she’riyatda hayotga qizg‘in munosabat bildirilib, zamonaviy ruh chuqurlasha bordi. O‘zbek nazmida yuz berayotgan bunday ijodiy o‘zgarishlar Ozod Sharafiddinovning “Zamon. Qalb. Poeziya" (1962) deb nomlangan ilmiy kashfiyotlarga boy, o‘zbek she’riyatining kechagi kuni va bugunidagi yutuq, kamchiliklar umumlashtirilgan salmoqli kitobida o‘z ifodasini topdi. Ushbu asarni varaqlar ekanmiz, dastavval undagi esse – portretlarning nomlari diqqatimizni o‘ziga jalb etadi: “Cho‘qqi”, “Daryodil shoir”, “So‘z san’atiga fidoyi sadoqat”, “Ulkan hayotning ilk sahifalari”. Darhaqiqat, mashhur shoir, buyuk qalb egasi bo‘lgan G‘afur G‘ulomga nisbatan “Daryodil shoir” degan iboradan ko‘ra ham munosibroq ta’rif bormi? G‘afur G‘ulom ijodi adabiyotimizning eng yuksak va porloq “cho‘qqisi”ga qiyos qilingani-chi? Yoki zabardast adibimiz Oybekning so‘z san’atiga bo‘lgan sevgi-sadoqatini “fidoyi” deb atamaslik mumkinmi? To‘plamdagi maqolalar hajman katta emas, lekin tanqidchi ana shu ixcham maqolalarda adabiyotimizning eng yirik vakillarining hayot yo‘lini yoritishga va ular ijodi va shaxsiy0atining asosiy qirralarini mufassal ochib berishga muvaffaq bo‘lgan. Нaqiqiy tanqidchilarga xos mahorat bilan u yoki bu so‘z san’atkorining ijodiy yo‘li qanday shakllanganligini, uning o‘ziga xos va mushtarak tomonlarini,adabi yotimizga qo‘shgan hissasini va shu tariqa o‘sha yozuvchining adabiyot tarixida tutgan o‘rnini aniqlashni asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Masalan, A.Qahhorning “Sarob” romani tahliliga qarasak. “Sarob” romani tanqidchilikda ko‘pgina munozaralarga sabab bo‘ldi. Ayrim adabiyotshunoslar asarni to‘la va to‘g‘ri baholay olmadilar. Ular romanning o‘ziga xosligini, uning g‘oyaviy-badiiy jihatlarini qandaydir “quyma qolip”lar bilan o‘lchab ko‘rishdi va oqibatda yozuvchi oldiga noto‘g‘ri talablar ham qo‘yishdi. Munaqqid A.Qahhorning satirik iste’dodi va uning evolyutsiyasini tadqiq etar ekan, adib asarlarini baholashda ham jahon adabiy-estetik tafakkur me`zonlarini asosiy dasturulamal qilib oladi. “Yozuvchi ijodiga baho berganda faqat nimani aks ettirayotganini asos qilib olsagu, boshqa tomonlarini hisobga olmasak, noobyektiv, birtomonlama yo‘lga kirib ketish oson. Yozuvchi ijodining qiymatini belgilaydigan eng muhim narsa uning aks ettirayotgan hodisalarga munosabatidir”, – deydi olim. “Iste`dod jilolari”ning “Sarob” romaniga nisbatan yana bir jihati bor. “Sarob”- ko‘p qirrali roman. U ayni paytda egoistik talant va uning fojiali taqdiri haqidagi asar ham bo‘lib, A.Qahhorning muhim adabiy-estetik qarashlarini ham o‘zida mujassamlashtirgandir. Afsuski, romanning bu jihati adabiyotshunoslar e`tiboridan chetda qolib ketar edi. A.Qahhor Saidiydagi durustgina talantining qurboni bo‘lishini realistik lavhalarda aks ettirar ekan, u orqali go‘yo “Gap faqat talantda emas balki talantning maqsad yo‘nalishidadir. Talant xalqqa bag‘ishlanishi, eng yuksak va oliyjanob g‘oyalarning tantanasi uchun xizmat qilishi kerak”5, degan ezgu bir haqiqatdan bizni ogoh qilganday bo‘ladi. Bunday hayotiy g‘oyalar bugun ham dolzarbligini yo‘qotmaydi. Aslida, adib asarlariga baho berish va ularni tadqiq etishda tarixiy sharoitni e’tiborga olishimiz va sobiq sho‘ro davrida yashab, ijod qilgan boshqa san’atkorlar kabi Qodiriy, Cho‘lpon va Qahhorlar ham butunlay erkin bo‘lmaganini unutib bo‘lmaydi. Bu jihatdan Ozod Sharafiddinovning Cho‘lpon ijodini o‘rganish borasidagi fikrlari asosli: “Muayyan zamon, muayyan jamiyatda yashagan shoir, tabiiyki, bu jamiyatdan tashqariga chiqib keta olgan emas. Cho‘lponga ob’yektiv yondoshish, uning shaxsiyatini, ijodini xolisona baholash uni mutlaqo kamsitmaydi, balki bizning yuraklarga yaqinroq qiladi. Cho‘lponning badiiy ijodidagi yoxud adabiy-tanqidiy maqolalaridagi hukmron mafkura g‘oyalariga yon berilgan o‘rinlarni ko‘rganda, uning nomiga malomat toshlarini otishga shoshilmaslik kerak. Bil’aks, uni tushunmoqqa harakat qilaylik” 6Bu mulohazalar faqat Cho‘lponga emas, balki Oybek, G‘.G‘ulom, H.Olimjon, A.Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir kabi ko‘p yillar mobaynida adabiyotimizning chinorlari hisoblanib kelgan, keyingi yillarda esa o‘rinli-o‘rinsiz ta’na-dashnomlarga ro‘para kelayotgan ijodkorlarga ham taalluqli. Shu ma’noda bu tadqiqot faqat muallif ijodidagina emas, shu davr o‘zbek tanqidchiligining ham prinsipial yutuqlaridan biri bo‘lib qoldi.
Tanqidchi o‘zbek she’riyatining xarakterli tamoyillarini teran ko‘rsatdi, ularni aniq asarlar tahlili misolida isbot qildi. Zamonaviylik faqat mavzu yoki muammogina emas, ana shularni yorituvchi badiiylikdir, shu ma’noda zamonaviylik asosi badiiylikda yotadi, degan qarash O.Sharafiddinovninggina emas, umuman, o‘zbek tanqidchiligining jiddiy yutuqlaridan biri edi. Kitobdagi maqolalarda, shuningdek, poeziyamizdagi lirik qaxramon ma’naviy olami teranlashib borayotgani davrning muhim muammolarini kuchli emotsional shaklda aks ettirish chuqurlashayotganligi, bayonchilikka nisbatan lirizmning chuqurlashib borayotgani ko‘rsatildi.
Olimning navbatdagi “Adabiy etyudlar” (1968) nomli kitobidan joy olgan makolalarda A.Qahhor, Zulfiya, M.Boboyev, P.Qodirov asarlari tahlil kilindi. “Qalbimizga yakin shoira” maqolasida Zulfiyaning go‘zal va nafis ijodiy portreti yaratildi. “Shoirning yo‘li” maqolasida M.Boboyev ijodi haqida bahs yuritilgai. Bu kamtar va zahmatkash kalam sohibi haqida, umuman, o‘zbek tanqidchiligida shu vaqtgacha yaratilgan e’tiborli ishlardan biri bo‘lib kelmoqda.
O.Sharafiddinov ijodida nafaqat she’riyat, balki nasr va adabiy tanqid muammolariga ham e’tibor qaratadiki, buni uning "Go‘zallik izlab" kitobida ko‘rish mumkin. Munaqqid maqolalari zavq-shavq bilan o‘qiladi, doim tanqidchining “men”i va uslubi ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Nasr va adabiy tanqid muammolari birdek o‘rganilishi ham mazkur kitobda yorqin namoyon bo‘lgan. Unda, ayniqsa, 70-yillarda adabiyotga kirib kelgan Usmon Azim, Shavkat Rahmon, Muhammad Rahmon, Xurshid Davron kabi kator shoirlar ijodining atroflicha tahlil etilishi jihatidan ham qimmatlidir. Usmon Azim avlodlariga mansub kator ijodkorlar xususidagi qarashlar adabiy hayotda o‘z isbotini topdi. 7
O.Sharafidsinov adabiy tanqid va uning muammolari haqida astoydil qayg‘urgan olimlardan biridir. Xususan, uning "Talant xalq mulki” (1979) deb nomlangan kitobida munaqqidning yoshlar ijodi haqidagi bir qator adabiy-tanqidiy maqolalari, she’riyat rivojiga bag‘ishlangan tadqiqotlari o‘rin olgan. "Tanqidchilik kasbi haqida" maqolasida munaqqid uchun zarur bo‘lgan uch xislatga alohida e’tibor beradi. Bularning birinchisi-adabiyotdagi go‘zallikni, g‘oyaviy va badiiy boylikni his qila bilishdir. Boshqacha qilib aytganda, tanqidchi bo‘lishni istagan odamda, birinchi navbatda, estetik tuyg‘u benihoya o‘tkir bo‘lishi lozim, u san’at go‘zalligini nozik his qila bilishi badiiy adabiyotdan chinakamiga zavqlana olishi shart.
Ikkinchi fazilat sifatida olim fikrlash qobiliyati va undagn uzviylikni ko‘rsatadi. Tanqidchi o‘qigan narsalarini chuqur idrok etishi va tahlil qila bilishi, asardagi voqea va hodisalarni, xarakterlarni hayot hodisalari, hayotdagi jonli odamlar bilan taqqoslay bilishi, bu taqqoslardan ham adabiyot, ham jamiyat uchun zarur,foydali xulosalar,umumlashmalar chiqara olishi kerak.
Tanqidchilik talantining uchinchi zarur fazilati so‘z san’atiga ehtirosli, otashin muhabbatdir, deydi u. Uning fikricha, adabiyotni butun vujudi bilan sevgan, unga sidqidildan fidoiy kishigina haqiqiy tanqidchi hisoblanadi. O.Sharafiddinov o‘zi qo‘ygan ana shu talablarga butun umri davomida amal.
qilishga intildi.
Ozod Sharafiddinov maqola va taqrizlari, o‘zining, ayniqsa, talabchanligi, prinsipialligi bilan ajralib turadi. Uning I.Rahim qalamiga mansub Sobir Rahimov haqidagi roman, O‘.Umarbekovning “Damir Usmonovning ikki bahori” qissasi to‘g‘risidagi, shuningdek ning “O‘zbeknoma” asariga bag‘ishlangan “Mag‘zi puch so‘zlardan bir tosh nari qoch” nomli taqrizlari badiiylik masalasida mualliflar yo‘l qo‘ygan kamchiliklar, ayamay, keskin fosh etildi. Bu taqrizlar adabiy jarayonB.Boyqobilovga, yozuvchilar va tanqidchilarga faol ta’sir ko‘rsatish kuchi bilan XX asr so‘nggi choragidagi o‘zbek tanqidida prinsipial ahamiyatga ega bo‘ldi.8
O.Sharafiddinov tanqidchilikning tarixiy-biografik yo'nalishi rivojiga ham munosib ulush qo'shdi. Bu xislat, uning ayniqsa, «Yalovbardorlar» kitobiga kirgan maqolalarida bo‘nib ko'rinadi. Kitobdagi mashhur yozuvchilar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maqolalarda ba’zan davrining siyosiy va mafkuraviy ruhi sezilib tursa-da, adiblaming umumjahon madaniy-adabiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini yoritilishi jihatidan qimmatlidir.Munaqqid kitobda turli millatga mansub yozuvchilar ijodini tadqiq etar ekan, ulaming, eng avvalo, milliy qiyofasini hamda milliy xarakter yaratish mahoratiga alohida e’tibor beradi. “Yalovbardorlar” kitobidagi sotsialistik realizm bilan aloqadorlikda aytilgan ayrim mulohazalar
eskirgan bolishiga qaramay, badiiy asarning go'zallik va ma’naviyat
bilan aloqador fazilatlarini chuqur his qilishi jihatidan o ‘zbek tanqidchisining yuksak iqtidori va boy ma’naviy olamini ko'rsata bilishi,
shuningdck, o‘quvchilarga mahorat sirlarini tushuntirib bera olishi
bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda.
Munaqqidning adabiy-tanqidiy qarashlari, o‘zbek tanqidchiligida tutgan o‘rni atroflicha yoritilgan dastlabki ishlardan biri A.Rasulovning "Ozod Sharafiddinov” nomli (1980) adabiy portreti bo‘ldi. 2000 yilda "Iste’dod va e’tiqod" nomli yangi adabiy portretini e’lon kildi. Unda jonkuyar tanqidchi, xassos she’rshunos ijodiy qiyofasi umumlashtirib berilgan. Bundan tashqari O.Sharafiddinov haqida P.Qodirov, U.Normatov, O.Tog‘ayev, B.Nazarov, I.G‘afurov, M.Sharafiddinova,T.Yo‘ldoshev kabi tanqidchilarning mazmundor maqolalarini eslatib o‘tish o‘rinli.
O.Sharafiddinov haqidagi zamondoshlarining dil so‘zlaridan iborat to‘plam “Matonat va muhabbat“ deb nomlangan (1999) chop etildi. Mana shu ikki so‘zda O.Sharafiddinovning asosiy xislatlari mujassam deyish mumkin. Darhaqiqat,Olloh bergan benazir iste’dod sohibi bo‘lmish bu odam Qodiriyni iborasi bilan aytganda, “shaxsi butun” zot, matonat, shijoat egasi edi. Bu fikr ushbu kitobning deyarli har bir maqolasida o‘z ifodasini topdi.


  1. BOB. OZOD SHARAFIDDINOV IJODINING O‘RTA MAKTABLARDA O‘QITISH USLUBIYATI.

Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi mavzusi bo’yicha dars ishlanma.


(Mustahkamlash darsi)
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadi:O‘tilgan mavzuni takrorlash,O.Sharafiddinov hayoti va ijodini o‘rganish, “O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” maqolasini tahlil qilish.
b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga axloqiy tarbiya berish, ular qalbiga vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg’ularini singdirish;
d) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va ishlashga o’rgatish;
Darsning uslubi: o’yin, musobaqa.
Darsning turi: mustahkamlovchi
Darsning jihozi:

  1. 8-sinf adabiyot darsligi.

  2. Tarqatma materiallar.

  3. Rag’a bat kartochkalari.

Darsning shiori: Agar fanni ulkan bir daraxt deb tasavvur qilsak, tadqiqotlar uning ildizini tashkil etadi. Ildiz qanchalik chuqur ketgan bo’lsa, u shunchalik barq urib yashnaydi va ko’p hosil beradi.
Darsga qanday kayfiyatda keldingiz? (belgilang)




O‘quvchilarni raqamlash asosida guruhlarga bo‘linadi.


GURUHLARNING SHIORI:


  1. Yüklə 144,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə