Bob. Ozod Sharafiddinovning o‘zbek adabiy tanqidchiligida tutgan o‘rni



Yüklə 144,15 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü144,15 Kb.
#181591
1   2   3
kjy

Kuch – bilim va tafakkurda.

  • Boshi bilan sho’ng’ib kirmasa har dam suv ostida durni toparmi odam (Jomiy).

  • Qayerda ahillik bo’lsa, o’sha yerda mehr-oqibat bo’ladi.

  • O’qigan – o’qigan emas, uqqan – o’qigan.

    “BBB” mashqini o’tkazish. O’quvchilar jadvalning 1 va 2-qismini to’ldirishadi (taxminan quyidagicha to’ldiriladi):


    Bilaman

    Bilishni xohlayman

    Bilib oldim

    O.Sharafiddinov qachon va qayerda tug‘ilgan

    “Sardaftar sahifalari” va “Dovondagi o‘ylar” kitoblari




    O’qituvchi: Aziz o’quvchilar! Bugungi darsimiz Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi. Siz shiorlardan birini tanlab, guruhlarga bo’linishingiz kerak. Vazifangiz dars davomida beriladigan topshiriqlarga tayyor turishingiz, olgan bilimlaringizni namoyon qila olishingiz, qo’shimcha adabiyotlardan tezkorlik bilan foydalana olishingiz kerak bo’ladi. O’quv faoliyatimizning birinchi bosqichida sizlar bilan xotirani sinash mashqi o’tkazamiz. Sizlar 8-sinf davomida o’tilgan mavzular nomini birma-bir aytasiz, ikkinchi o’quvchi birinchi o’quvchi aytgan mavzuni takrorlamaydi. Shartni tushuntirganimdan so’ng, o’yin boshlanadi. Qaysi o’quvchi takrorga yo’l qoysa, o’yindan chetlatiladi. Faol ishtirok etgan o’quvchilarga rag’bat kartochkalari beriladi.
    Darning bayoni:
    Ozod Sharafddinov 1929-yilning 1-martida Qo‘qon shahri
    yaqinidagi Oxunqaynar qishlog‘ida tavallud topgan. Uning bolalik, o‘smirlik kezlarigina emas, keyingi butun hayoti ham Toshkent shahri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ldi. Ozod Sharafddinov Toshkent shahrida o‘rta maktabni tugallab, O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ga o‘qishga kiradi va 1951-yilda uni muvaffaqiyatli yakunlaydi. Oradan uch yil o‘tar-o‘tmas, Moskvada nomzodlik dissertatsiyasini ham himoya qiladi. O.Sharafddinov mehnat faoliyatining asosiy qismi o‘zi o‘qigan universitetda kechdi. U 1955–1995-yillar oralig‘ida, qariyb qirq yil mana shu ilm dargohida yoshlarga bilim va tarbiya berdi, minglab shogirdlarga beminnat ustozlik qildi. Uning 1996–1997-yillarda “Tafakkur” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, 1997-yildan to umrining oxiriga qadar “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri vazifalarida ishlagan kezlari ham nihoyatda barakali, sermahsul ijodiy yillar bo‘ldi. Ozod Sharafddinov haqida gap ketganda, hayotda ham, ilmda ham, kundalik turmushda ham halollikni, adolatni, e’tiqodni mahkam tutgan, har qanday sharoitda haqiqatni himoya qilgan zabardast inson siymosi ko‘z oldimizda gavdalanadi. Bu chinakam 100 ma’nodagi olim, bukilmas shaxs boshidan ne-ne savdolar kechmadi. Yuqorida aytilganidek, iqtisodiy qiyinchiliklar va urush yillariga to‘g‘ri kelgan og‘ir bolalik va o‘smirlik davrida ham, adabiyot va san’atga bir yoqlama, hukmron mafkura manfaatlaridan kelib chiqib baho berish talab etilgan o‘tgan asrning 50–80-yillarida
    ham, o‘ziga qarshi turli ig‘volar uyushtirilgan paytlarda ham Ozod Sharafddinov hayotiy prinsiplaridan tonmadi, barcha ko‘rgiliklarga bardosh berdi. Albatta, bu kurashlar olimning jism-u jonini zangday kemirdi, “qand kasali”day bedavo dardga yo‘liqtirdi, biroq uning ruhi doimo tetik, vijdoni uyg‘oq qoldi.
    Yosh olimning 1962-yilda chop etilgan “Zamon. Qalb. Poeziya” nomli dastlabki kitobiyoq o‘zbek adabiyotshunosligiga juda o‘ktam bir ovoz kirib kelayotganidan darak bergandi. Shundan so‘ng e’lon qilingan “Adabiy etudlar” (1968-y.), “Yalovbardorlar” (1974-y.), “Iste’dod jilolari” (1976-y.), “Birinchi mo‘jiza”, “Talant – xalq mulki” (1979-y.), “Adabiyot – hayot darsligi” (1980-y.), “Hayot bilan hamnafas” (1983-y.), “Go‘zallik izlab” (1985-y.) singari o‘nlab kitoblarida O.Sharafddinov o‘zbek adabiyoti durdonalarini mohir zargar singari sinchiklab tahlil etdi, hali el nazariga tushmagan o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. U muayyan ijodkor izlanishlariga yoxud konkret adabiy asarga yondashar ekan, bunda haqiqatni, ilmiy xolislik va halollikni asosiy me’zon qilib qo‘ydi. Uning bu xarakter jihatlarining toblanishida Abdulla Qahhor bilan ko‘p hamsuhbat bo‘lgani, uning ijodiy maktabida saboq olgani ham muhim rol o‘ynagandi. Ozod Sharafddinovning ko‘plab maqolalari adabiy jamoatchilik orasida birdan og‘izga tushar, turli katta-kichik davralarning munozara mavzusiga aylanardi (masalan, “Zaharxanda qahqaha”,1962; “Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi”, “Yurtin madhi bo‘ldi so‘nggi satri ham”, 1979; “She’r ko‘p, ammo shoirchi?”, 1983; “Bir tilda gaplashaylik”, 1987 va boshqa maqolalari). Ayniqsa, boshqalar nomini tilga olishga ham cho‘chib yuradigan Cho‘lpon, Fitrat singari ijodkorlar to‘g‘risida yozga maqolalari, e’lon qilgan kitoblari adabiyot ixlosmandlaridagina emas, umum omma orasida ham katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. (1968-yili O. Sharafiddinov muharrirlik qilgan “Tirik satrlar” nomli to‘plam hamma yerdan yig‘ishtirib olingandi!) Albattaki, “to‘g‘ri gap tuqqaniga yoqmaydigan” zamonda uning mulohazalariga ko‘plab arboblar qarshi bo‘lar, olimning “tilini
    tiyib qo‘yish”ga zo‘r berib harakat qilinardi. 1991-yilda yurtimizning mustaqillikka erishgani Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodiga yangi nafas baxsh etdi. Olim
    “Yo‘lboshchi”, “Mustaqillik me’mori”, “Istiqlol jilolalari” singari maqolalarida, “Istiqlol fidoyilari” (1993), “Sardaftar sahifalari” (1999), “Ma’naviy kamolot yo‘llarida” (2001), “Dovondagi o‘ylar”, “Ijodni anglash baxti” (2004) singari kitoblarida milliy mustaqillik yo‘lida kurashgan yirik tarixiy shaxslar – Fitrat, Cho‘lpon, Usmon Nosir, Abdulla Qahhor, Oybek, G‘afur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda singari zabardast adiblar to‘g‘risida eng so‘nggi haqiqatlarni bitdi. Mazkur kitoblardan, shuningdek, Ozod Sharafiddinovning hayot va tiriklikning mazmun-mohiyati, inson umrini qanday o‘tkazishi lozimligi to‘g‘risidagi chuqur
    mushohadalarga boy falsafiy maqolalari, hozirgi globallashayotgan dunyoning og‘riqli muammolari borasidagi teran mulohazalari ham o‘rin olgan.
    1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi
    bilan yurtimiz tarixida birinchi marta “Jahon adabiyoti” jurnali
    tashkil etildi. Ozod Sharafddinov bu jurnalga bosh muharrir etib tayinlandi. Har oyda chop etiladigan, hajman yirik bu jurnalga original materiallar tayyorlash, dunyo adabiyotining eng sara namunalarini peshma-pesh tarjima va tahrir qilish bosh muharrirdan ozmuncha matonat talab etmas edi. (Ozod Sharafiddinov bu jurnalning roppa-rosa 100 ta sonini tayyorlashga ulgurdi!) Qolaversa, adibning sog‘lig‘i ham yaxshi emas edi. Mana shu sharoitda Ozod Sharafiddinov chinakamiga qahramonlik ko‘rsatib mehnat qildi, umrining har daqiqasini eli uchun, shu elning ma’naviy va ma’rify kamoli uchun sarf etdi.
    Ozod Sharafiddinov dunyo adabiyotining o‘nlab durdona asarlarini, yuzlab donishmandlarning ilmiy-falsafiy maqolalarini ona tilimizga mohirona tarjima qildi. Uning shaxsiy kutubxonasi eng boy kitob xazinalaridan biri ediki, bu xazinadan yurtimizning ko‘plab ziyolilari bahramand bo‘ldi.
    Ellik yil sho‘ro hukumatiga, uning aldamchi partiyasiga sidqidildan xizmat qilib, evaziga ozgina insoniy mehr va e’tibor 102 ko‘rmay, “alam va iztiroblar ichida hayotdan ko‘z yumgan” mushtipar onasidan farqli o‘laroq, Ozod Sharafddinov o‘z xalqining e’tibori va e’zozini qozondi. Unga mamlakatimiz Prezidenti Farmoni bilan “Mehnat shuhrati” (1997), “Buyuk xizmatlari uchun” (1999) ordenlari va “O‘zbekiston Qahramoni” (2002) degan eng oliy unvon berildi.
    Afsuski, shafqatsiz o‘lim Ozod Sharafiddinovni 2005-yil
    4-oktabr kuni hayotdan olib ketdi. Chin ma’nodagi ziyoli, milliy ma’naviyatimizning yirik darg‘alaridan bo‘lgan Ozod domlaning farzandlariga aytgan so‘nggi so‘zlari ham avlodlarga bir vasiyatdek yangrab qoldi:
    “Kitoblarimni asranglar, mening eng katta boyligim mana
    shu kitoblar edi...” Shukrki, ona xalq uchun, uning baxti va saodati uchun tinimsiz mehnat va ijod qilgan fidoyi insonlar o‘limidan keyin ham o‘sha xalqning qalbida, kundalik o‘ylarida yashashda davom etadilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarining “Eng buyuk jasorat” deb nomlangan faslida Ozod Sharafddinov hayoti va ijodiga yuksak baho berar ekan, jumladan, quyidagilarni ta’kidlaydi: “O‘ylaymanki, o‘zini o‘zbek xalqining farzandi degan har qaysi inson ana shunday fidoyi yurtdoshlarimiz bilancheksiz faxrlanadi, unib-o‘sib kelayotgan bolalari, shogirdlariga ma’naviy jasorat timsoli sifatida aynan mana shunday odamlarni namuna qilib ko‘rsatadi.

    Va hech shubhasiz,


    umr bo‘yi el-yurt manfaati, Vatan istiqboli uchun kurashib
    yashaydigan shunday qahramon farzandlari bor xalq hech
    qachon kam bo‘lmaydi”9

    Klaster metodi- pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo'lib, u ta'lim olovchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar yuzasidan erkin, ochiq o'ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Klaster metodi aniq obektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta'lim olovchilar tomonidan chuqur hamda puxta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga hizmat qiladi. Bu metod yordamida mavzuni mustahkamlab ola




    1929-yilning 1-martida Qo‘qonda tug‘ilgan



    “Tafakkur” jurnali bosh muharriri


    “Mehnat shuhrati” O‘zbekiston Qahram







    “Jahon adabiyoti” jo‘nalini 100ta soni

    “Jahon” adabiyoti jurnali bosh muharriri

    Adib hayoti va ijodi






    “She’r ko‘p,ammo shoirchi” “Zaharxa…

    1962-yilda dastlabki kitobi“Zamon.Qalb.Poeziya”



    “Adabiy etudlar” “Yalovbardorlar”

    O’quvchilarni rag’batlantirishda guruh ishtirokchilariga “Sizningcha, kim faol ishtirok etdi?” savoli bilan murojaat qilib, g’oliblarni aniqlanadi. Bunda o’quvchilarga koptok yoki gul uzatib, o’z guruhlaridagi faol ishtirokchini aytishlari so’raladi. So’ng bugungi darsdagi eng faol o’quvchini ham o’quvchilarga koptok yoki gul taqdim etish asosida aniqlab, ularni alohida rag’batlantiriladi.


    “Zinama Zina” metodi- O‘quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo`lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o`z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo`llay olishga o`rgatish.
    “ O‘lsam ayrilmasan quchoqlaringdan” maqolasini o‘qib tahlil qilib bo‘lgach. O‘quvchilarga Vatan nimadan boshlanadi ? Savolini beramiz va o‘quvchilar bu savolga zinama zina metodi orqali o‘z fikrlarini ifodalaydillar.


    Beshik



    Oila


    Mahalla



    O‘zbekiston

    Dars oxirida o‘quvchilar “BBB” jadvalining 3-qismi to’ldiradi.

    Darsni yakunlashdan avval «Men bugungi darsni ... ga o’xshatdim» o’yinini o’tkazaman. Har bir guruhga darsni shartli ravishda nimaga o’xshatishlarini izohlash topshiriladi. Guruhlar belgilangan muddat ichida topshiriqni bajaradilar. Masalan:


    Yüklə 144,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə