Test savollari



Yüklə 22,1 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü22,1 Kb.
#133585

TEST SAVOLLARI



  1. Statistika deganda –

  1. ommaviy hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlarning hisobini yurituvchi statistik tashkilotlar faoliyati tushuniladi

  2. Davlat, jahon miqyosida statistik to’plamlar, oynomalarda chop etiladigan statistik raqamlar tushunidladi

  3. ilmiy fanlar qatoriga kiruvchi fan tushuniladi

  4. barcha javoblar to’g’ri




  1. Statistikaning predmeti –

  1. ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy ravishda bog’langan holda o’rganadi

  2. alohida hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy ravishda bog’langan holda o’rganadi

  3. muhim hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy ravishda bog’langan holda o’rganadi

  4. to’g’ri javob yo’q




  1. Statistikaning o’rganish ob’ekti –

  1. tabiiy hodisalar

  2. alohida hodisalar

  3. ommaviy hodisalar

  4. yakka hodisalar




  1. Ulkan sonlar qonunining mohiyati

  1. Statistik to’plamning hajmi qanchalik katta bo’lsa, to’plam birliklari o’rganilayotgan qonuniyatni shunchalik tarqoq namoyon etadi

  2. Statistik to’plamning hajmi qanchalik katta bo’lsa, to’plam birliklari o’rganilayotgan qonuniyatni shunchalik yaqqol namoyon etadi

  3. Statistik to’plamning hajmi qanchalik kichik bo’lsa, to’plam birliklari o’rganilayotgan qonuniyatni shunchalik tarqoq namoyon etadi

  4. Statistik to’plamning hajmi qanchalik kichik bo’lsa, to’plam birliklari o’rganilayotgan qonuniyatni shunchalik yaqqol namoyon etadi




  1. Statistik to’plam – bu

  1. ma’lum bog’lanishda har xil sifatga ega bo’lgan birliklar to’plami tushuniladi

  2. ma’lum bog’lanishga ega bo’lmagan birliklar to’plami tushuniladi

  3. ma’lum bog’lanishda bir xil sifatga ega bo’lgan, ichki o’zgaruvchanlik majud bo’lmagan birliklar to’plami tushuniladi

  4. ma’lum bog’lanishda bir turdagi sifatga ega bo’lgan birliklar to’plami tushuniladi




  1. Davlat statistikasining asosiy printsiplari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan

  1. ishinchlilik, xolislik, beg’arazlik

  2. dolzarblik, qiyosiylik, barqarorlik

  3. qulaylik, ochiq-oydinlik, oshkoralik

  4. noto’g’ri javob yo’q




  1. Statistik kuzatishning qanday shakllari mavjud?

  1. yoppasiga, qisman

  2. hujjatli, og’zaki

  3. statistik hisobot, maxsus uyushtirilgan kuzatish

  4. tanlab kuzatish, qisman kuzatish




  1. Statistik kuzatuv ta’rifini toping —

  1. hodisalar to’g’risida raqamli ma’lumotlar to’plash

  2. hodisalarni miqdoriy tomonini sifati bilan birga o’rganish

  3. hodisalar to’g’risida ma’lumotlarni rejali ilmiy uyushtirilgan holda to’plash

  4. hodisalar to’g’risida ma’lumotlarni to’plash




  1. Statistik kuzatish deganda nimani tushunasiz?

  1. ijtimoiy hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularni sifat tomonlari bilan bog`langan holda o’rganishni

  2. statistik hisobotlar yig`ishni

  3. ijtimoiy hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy uyushtirilgan asosda to`plash jarayonini

  4. ijtimoiy –iqtisodiy xarajatlarni statistik, iqtisodiy moliyaviy kuzatishni




  1. Statistik kuzatishning qaysi shakllari mavjud?

  1. statistik tekshirish

  2. statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik tekshirishlar

  3. savol-javob, o’z-o’zini qayd etish, maxsus uyushtirilgan statistik tekshirish,

  4. statistik hisobot, savol-javob

Yüklə 22,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə