Bob. Ozod Sharafiddinovning o‘zbek adabiy tanqidchiligida tutgan o‘rni



Yüklə 144,15 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü144,15 Kb.
#181591
1   2   3
kjy

- Men darsni “tabiat”ga o’xshatdim, chunki tabiat juda go’zal. Tabiat go’zalligiga qanchalik intilish bo’lsa, darsda ham ana shu jihatlarni ko’rish mumkin.
Shu tarzda o’quvchilar o’z mustaqil fikr-mulohazalarini bildiradilar. Maqsad o’quvchilarni ijodiy izlanishga, fikrlashga o’rgatishdan iborat bo’ladi.
Faol ishtirok etgan guruhlarga rag‘bat kartochkalari beriladi.
O’qituvchi: Bugungi darsimizdan qatra bo’lsa-da ilm oldingiz, deb o’ylayman. Yiqqan rag’bat kartochkalaringiz ham shuni ko’rsatib turibdi. Bu bilimlaringiz bir kun yig’ilib-yig’ilib, albatta daryo bo’ladi. Shunday ekan, har kungi darsga tirishqoqlik bilan tayyorlaning. «Bilmaslik – ayb emas, o’qimaslik ayb».
Mavzu mustahkamlangach, o’quvchilarga adibning boshqa maqolalarini ham o‘qish vazifa qilib beriladi.

Mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi metodlarni ham qo‘llash mumkin.


Interfaol metod
O‘qtuvchi yoshlarga FSMU texnologiyasining to ‘rt bosqichi yozilgan qog ‘oz varaqlari tarqatadi va yakka tartibda ularni to‘ldirishni so‘raydi.
Vazifa. Munaqqid publitsistikasi qanday qanday g‘oyalarni aks ettirgan? Savoli bo‘yicha quyida fikrlarizni bayon eting.
F – fikringizni bayon eting;
S - fikringiz bayoniga biron sabab ko‘rsating;
M – ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring;
U – fikringizni umumlashtiring.

Yoshlarning o‘zlari yozgan fikrlarini o‘qib himoya qilishlari so‘raladi. Bu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikirlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan birga, bahislashish madaniyatiga o‘rgatadi. O‘qtuvchi esa ularning fikrlarini to‘g‘i yo‘naltirish orqalimavzuni to‘g‘ri anglashlariga harakat qiladi.


Natija: yoshlarda munaqqidning publitsist,noshir sifatidagi faoliyati haqida tushuncha va tasavvurlar shakillanadi. Munaqqidning milliy matbuatimiz rivojiga qo‘shgan ulushi, maqola va xabarlarning qanday maqsadlarga xizmat qilganligi, tashqi davriy nashrlardagi ishtiroki masalalarini tahlil etadilar. “Jahon adabiyoti” jurnali faoliyati misolida Ozod Sharafiddinovning muharlilik iqtidoriga baho berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Munaqqid adabiyot, madaniyat, matbuat, taraqqiyot haqidagi fiklarining bugungi kunda ham naqadar dolzarbligini anglab yetadilar.

Interfaol metod


Dars zamonaviy pedagogic texnologiyaning “Munozarali darsa” metodi asosida o‘tkaziladi. Mavzu tushuntirilib bo‘lgandan so‘ng “Munozarali darsa”ning talablari tushuntiriladi. Bu quydagilardan iborat:

  1. Sinf o ‘quvchilari sonidan kelib chiqqan holda 3 yoki 4 jamoaga ajratiladi.

  2. Jamoa o‘ziga nom tanlaydi.

  3. Har bir jamoa o‘zining yetakchi-liderini saylaydi. Jamoaning fikrini lider ayta olishi mumkin, qo‘shimchalar liderning fikridan keyin bildiriladi.

  4. Baholashda jamoa a’zolarining javobidagi mustaql fikrlash, ilmiy asoslash, hayotiy isbotlash masalalari ham hisobga olinishi ta’kidlanadi.

Bir jamoa ikkinchi jamoa fikrini tanqid qilishi, sharxlashi, qo‘shimcha fikr bildirishi va ilmiy savollar bilan murojat qilishi mumkin. Munozarali darsda jamoalarga quyidagi savollar beriladi:
1-jamoaga. O.Sharafiddinovning tanqidchilikda tutgan o‘rni xususida fikr bildiring?
2-jamoaga. “Jahon adabiyoti” jurnali faoliyati va unda e’lon qilinadigan adabiy materallar badiyati haqida munosabatingiz.
3-jamoaga. “O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan maqolasi xususida fikr bildiring.
Natija: vaqtli matbuat, “Jahon adabiyoti” jurnalining tashkil topishi, jurnal sahifalaridagi muhim ilmiy-ma’rifiymaqolalarning qiymati, “Jahon adabiyoti” munaqidining ma’rifatchilik g‘oyalarini keng yoyishda asosiy nminbar vazifasini o‘taganligi to‘g‘risida yangi bilimlarga ega bo‘lishadi.

XULOSA


Umumta'lim maktablarining 5-9 sinflari uchun “Ona tili va adabiyot” fani bo'yicha “Uzviylashtirilgan Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi”da o'quvchilarning adabiy ta'limda egallashi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalari keltiriladi. Unga ko'ra o'quvchilarning har bir sinfda egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalari ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda belgilab berilgan. O.Sharafiddinov hayoti va ijodi , ”O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” maqolasi 8-sinf adabiyot darslidida berilgan.
Adabiyot faqat pedagogik maqsadlarga xizmat qiluvchi fan bo‘libgina qolmay, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan boshqa fanlar singari, o‘quvchilarga birinchi navbatda bilim berishi, ya’ni ko‘p asrli o‘zbek adabiyoti tarixi va hozirgi adabiy jarayonning asosiy yo‘nalishi – yetakchi yozuvchilar va ular ijodi bilan, shu yozuvchilar ijodida o‘z ifodasini topgan xalq va mamlakat tarixi bilan tanishtirishi, adabiyotning fan sifatidagi o‘ziga xos tomonlari va nazariy masalalari haqida tasavvur berishi lozim. Aniqroq aytganda, umum ta’lim maktabini bitirib chiqqan o‘quvchi o‘zbek adabiyotining eng qadimgi davridan hozirgi davriga qadar bosib o‘tgan yo‘li haqida, atoqli yozuvchilarning hayoti va ijodi haqida muayyan bilimga ega bo‘lishi lozim. Ana shunday adiblardan biri O.Sharafiddinovdir. Adibning ijodda va hayotda halollik, prinsiplilik, adolatlilik singari qadriyatlarni yuksak tutgani. Adibning «O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan» maqolasida ilgari surilgan g‘oyalar, Vatan tuyg‘usi, Vatan oldidagi farzandlik burchini anglash masalalari etiborlidir. Bu muallifning o‘zi va zamondoshlari oldiga qo‘ygan talablari. Maqolaning bugungi yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati juda kata.
Ozod Sharafiddinovning ijodida so’zlarning uyg’unligi, ulardan to’g’ri foydalanish , oddiy so‘zlarda chuqur ma’no yaratish singari mahoratlarni guvohi bo’lish shubhasiz. Adabiyotshunos, kuchli so’z ustasi bo’lgan va u deyarli hamma yo’nalishlarda ijod qilgan. Ozod Sharafiddinov butun umri davomida vatanga sadoqat tuyg’usi bilan yashagan. Ijodkor o’zining to’g’ri so’zi , irodasi va vatanga bo’lgan cheksiz muhabbati orqali yurtimiz ravnaqi yo’lida ko’plab samarali ishlarni amalga oshirgan. Ayniqsa, o’zbek adabiyotida yorqin iz qoldirgan. Adabiyotimizda juda ko’plab yozuvchilarimiz o’z ijod xazinalarini turli xil ijod
namunalari bilan, ayniqsa yurt haqidagi asarlar bilan boyitishgan. Ozod Sharafiddinov ham mazmundor, ijod namunalarini yarata olgan. Ya’ni olim o’zbek adabiyotida alohida o’z mavqeiga va o’rniga ega bo’la olgan shaxsdir. Adabiyotshunos vatan, yurt ravnaqi, yoshlar kelajagi uchun bir qancha qiyinchiliklar va mashaqqatli vaziyatlarga qaramay doim oldinga intilgan adibdir. O’zidan ulkan ijodiy va adabiy meros qoldirdi. Uning adabiy me’rosi butun o’zbek adabiyotining o’lmas boyligi bo’lib qoldi. Uning asarlarida nafaqat o’tmishning balki, hozir va kelajakning hayot tarzi aks etgan. Ozod Sharafiddinovning ijod namunalari o’zbek adabiyotida o’zining o’rniga, uslubiga va xarakteriga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



  1. Mirziyoev.Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O ‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. -T.:Xalq so‘zi,2016-yil 16-dekabr.

  2. Sultonmurod Olim, S.Ahmedov, R.Qo‘chqorov. 8-sinf Adabiyot darslik . T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019.

  3. B.Nazarov, A.Rasulov, Q.Qahramonov, Sh.Axmedov. “O‘zbek adabiy tanqidchilik tarixi”. -T.:Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2012.

  4. O.Sharafiddinov. ”Ijodni anglash baxti”. -T.:2004.

  5. O.Sharafiddinov.”Talant-xalq mulki”. -T.:1979.

  6. O.Sharafiddinov. “Iste’dod jilolari”. -T.:1976.

  7. O.Sharafiddinov. “Zamon. Qalb.Poeziya”. -T.:O‘zbekiston Davlat badiy adabiyot nashriyoti,1962.

  8. O.Sharafiddinov. “Cho‘lponi anglash”.-T:Yozuvchi,1994.

  9. O.Sharafiddinov.”Yalovbardorlar”.Tanqidiy-beogirafik ocherklar. –T.:Yosh gvardeya,1974.

  10. U.Normatov. “Ijod va shijoat”. -T.:2006.

  11. A.Rasulov.”Ozod Sharafiddinov”.-T.:1980.

  12. A.rasulov.”Iste’dod va e’tiqod.-T.: 2000.

  13. To‘plam.” Matonat va muhabbat”. –T.:Unversitet,1999.

Elektron resurslar





  1. www.ziyonet.uz

  2. www.e-tarix.uz

  3. www.ziyouz.com

  4. www.qr.natlib.uz

  5. www.media.natlib.uz

  6. www.diss.natlib.uz

1 Mirziyoev Sh.M. “Erkin va farovon,demokiratek O‘zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” -T.: Xalq so‘zi, 2016-yil 16-dekabr.

2 www.ziyonet.uz

3 www.ziyouz.com

4 B.Nazarov, A.Rasulov, Q.Qahramov ,Sh,Axmedov. “O ‘zbek adabiy tanqidchilik tarixi” –T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyor-matbaa ijodiy uyi, 2012.

5 O.Sharafiddinov. “Ijodni anglash baxti”.–T.:2004.

6 O.Sharafiddinov. “Cho‘lpon anglash” . –T.: Yozuvchi ,1994.

7 B.Nazarov, A.Rasulov, Q.Qahramonov,Sh.Axmedov. “O‘zbek adabiy tanqidchilik tarixi”. –T.:Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2012.

8 B.Nazarov, A.Rasulov, Q.Qahramonov, SH.Axmedov .”O‘zbek adabiy tanqidchilik tarixi”. –T.:Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2012.

9 S.Olim, S.Axmedov, R. Qo‘chqorov. 8-sinf Adabiyot darslik.-T.: G‘ .G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2019.


Yüklə 144,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə