11-Mavzu: Pedagogik akmeologiya



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140082
  1   2   3   4
13slayt



11-Mavzu: Pedagogik 
akmeologiya



1. Pedagogik modellashtirish haqida
Insoniyatni farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan
aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat
tashqi dunyoning turli hodisalarini o‘rganishi tabiiy holdir.
Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan
hossalarinigina o‘rganadi. Masalan, geologlar Yerning rivojlanish tarixini, ya’ni
qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o‘simliklar o‘sganligi, iqlim
qanday o‘zgarganligini o‘rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida
yordam beradi. Lekin ular Yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini
o‘rganishmaydi – bu bilan tarixchilar shug‘ullanadi.
Atrofimizdagi dunyoni o‘rganish natijasida noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar
olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash,
jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga halaqit bermaydi. Ular
asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning
xususiyatlarini mumkin qadar to‘laroq akslantirishi zarur.
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin.
Masalan, tajriba o‘tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi
olinayotgan natijaning aniqligiga ta’sir etadi. Modellashtirish – bilish ob’ektlari
(fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tatbiq qilish, mavjud
predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir. Modellash uslubidan
hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda.


Modellashtirish bosqichi o‘qituvchidan auditoriyaning o‘ziga hos xususiyatlarini,
ya’ni o‘quvchining o‘quv-biluv faoliyati hususiyatlarini, yuz berishi mumkin
bo‘lgan qiyinchiliklar, ish sur’ati kabilarni bilishni talab etadi. Darsga
tayyorlayotgan material bo‘lg‘usi o‘zaro hatti-harakatlar vaziyatida hayolan
tasavvur etilishi va faqat o‘qituvchi emas, balki o‘quvchi nuqtai nazaridan ham
o‘ylangan bo‘lishi kerak.
“Kommunikativ hujum” bosqichi nomidan ko‘rinib turibdiki, sinfni tezgina o‘quv
ishiga jalb etish texnikasi, o‘zini namoyish etish va dinamik ta’sir ko‘rsata olish
usullarini bilish demakdir.
Muomalani
boshqarish
bosqichida
o‘quvchilarning
tashabbusini
qo‘llab–
quvvatlash, dialogik muloqotni tashkil etish, aniq yuzaga kelgan sharoitga ko‘ra o‘z
fikrlarini to‘g‘rilab borish malakalari juda muhimdir.
Va nihoyat, muomalani tahlil qilish maqsad, vosita va nitajaning o‘zaro
hamohangligiga yo‘nalgan bo‘ladi.
Tabiiyki, o‘qituvchi muomalani va yaxlit o‘quv-ta’lim jarayonini boshqarishda
tashabbuskor
va
еtakchi bo‘lishi kerak. Buning uchun o‘qituvchi o‘z
muomalasining boshlang‘ich operativligiga e’tibor berishi kerak.
Bularning hammasi muomalaning samaradorligiga halaqit beradigan to‘siqlarni
еngishga yordam beradi. Bunday to‘siqlar, ayniqsa, pedagogik faoliyatning
boshlanishida tez-tez uchraydi.


Birinchidan, sinfdan qo‘rqish. Bu to‘siqni psixologik jihatdan o‘zini tayyorlash,
diqqatni qurilajak muloqotning qiziqarliligiga qaratish, muomalaning «hissiy o‘zagi»ni
topish orqali bartaraf etish mumkin. Shunga o‘xshash to‘siqlarga yana jismoniy to‘siq
ham kiradi. Ya’ni bunda o‘qituvchi o‘zini o‘quvchilardan ajratadi, stol, stul orqasida
yoki burchakda turib, o‘zini yashirishga harakat qiladi. Bundan qutilish yo‘li bitta –
o‘ziga ishonch namoyon qilib ochiq pozitsiyada turib ishlash.
Ijtimoiy to‘siq o‘z pozitsiyasini “yuqoridan” turib, doimiy ravishda ta’kidlab turish
(“Sizning oldingizda o‘qituvchi turibdi”) natijasida paydo bo‘ladi. Ya’ni o‘qituvchi o‘z
nutqini o‘quvchilarning tushunish darajalariga moslashtira olmaydi. Har qanday
to‘siqlarni еngishdan avval, o‘qituvchi o‘zida muomalaning to‘g‘ri ko‘rinishlarini
shakllantirishi kerak bo‘ladi. Turli ko‘rinishdagi individual muomala shakllari ichida
ba’zi umumiy hususiyatga ega bo‘lganlari ham ajratiladi. Shunday muomala shakllari
majmuasidan bir necha muomala usullari ajratiladi.
O‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muomalasi jarayonida muomalaning ikki hissiy
qutbi shakllanishi mumkin. O‘qituvchining ijodiy his-tuyg‘ularga asoslangan o‘zaro
munosabatini tashkil eta olish qobiliyati haqiqiy ta’limiy samara berishi mumkin. Salbiy
hissiy holat ham paydo bo‘lishi mumkin, lekin o‘zaro ta’sirning ohirgi maqsadi sifatida
emas, balki ijodiy hissiy natijaga erishish uchun mumkin bo‘lgan vaziyatli vosita
sifatida paydo bo‘ladi.


.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə