11-Mavzu: Pedagogik akmeologiya



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140082
1   2   3   4
13slayt

Akmeologik model
– bu asl ob’ektning muhim xususiyatlarini - professionalning ideal
qiyofasini yoki shaxsiy va kasbiy rivojlanish modelini aks ettiradigan ob’ektlar va belgilar
tizimidir.
Pedagogik akmeologiya
– bu amaliy fan bo‘lib, uning predmetlari va o‘qituvchilarning kasbiy
darajasi, o‘qituvchining kasbiy еtukligi va shaxsiyatining cho‘qqilarga chiqish shartlari va
shakllari (N.V. Kuzmina). Ta’limning akmeologiyasi, o‘z navbatida, yuqori sifatli ta’lim
tizimiga erishish va o‘quv jarayoni sub’ektlari: o‘qituvchi va talabaning rivojlanishi uchun
sharoitlarni o‘rganadi.
Akmeologik makon
– bu o‘qituvchilar va talabalar faoliyatida muvaffaqiyat, yuqori natijalar,
ijodiy izlanishlar uchun o‘rnatiladigan muhit.
Akmeologik texnologiy
a – shaxsning ichki imkoniyatlarini ochishga, shaxsiy va kasbiy
rivojlanish hamda kasbiy mahoratning yuqori darajasiga erishishga yordam beradigan
xususiyatlar, fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan vositalar to‘plami.
Akmeologik maktab
– bu barcha o‘quv fanlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun barcha
zarur shart-sharoitlar yaratilgan, shaxs va jamiyatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yuqori
g‘oyalar mavjud bo‘lgan ta’lim muassasasi.
Model
– bu asl ob’ektning ba’zi muhim xususiyatlarini takrorlaydigan ob’ektlar yoki belgilar
tizimidir.
Modellashtirish

bilim
ob’ektlarini ularning modellari bo‘yicha o‘rganish; ushbu
hodisalarning izohlarini olish, shuningdek, tadqiqotchini qiziqtirgan hodisalarni bashorat qilish
uchun real hayot ob’ektlari, jarayonlar yoki hodisalarning modellarini qurish va o‘rganish.
Akmeologik modellashtirishning maqsadi
: o‘quv jarayoni sub’ektlarining eng yuqori
natijalarga erishishdagi ehtiyojlarini shakllantirish va amalga oshirish, o‘zini takomillashtirish,
o‘zini o‘zi tuzatish, o‘zini o‘zi tashkil etish


Nazorat sabollari.
1.Texnologiyalarni ishlab chiqishni 
tushuntiring?. 
2.Akmeologik texnologiyalarning 
o‘ziga xosliklarini o‘rganishni 
tushuntiring?.
3.Fan va amaliyot tizimidagi 
akmeologik texnologiyalardan 
foydalanishni tushuntiring?.


E’TIBORINGIZ 
UCHUN RAXMAT!

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə