Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


RESURS TEJAMKORLIKNING TURKUMLANISHINI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA MODDIY RESURSLAR SARFINI MEYORLASHTIRISH



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə17/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   182
to\'plam tayyor

RESURS TEJAMKORLIKNING TURKUMLANISHINI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA MODDIY RESURSLAR SARFINI MEYORLASHTIRISH
Mirzayev Ravshanjon Burxonovich
Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi
ravshanbekmirzyev1975@gmail.com
Kalit so‘zlar: Resurslar, tejamkorlik, sarf meyorlar, tasniflash, korxonalar.
Ключевые слова: ресурсы, сбережения, нормы потребления, классификация, предприятия.
Key words: Resources, savings, consumption standards, classification, enterprises.
Resurs tejamkorlikning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini amal qilinishi asoslagan xolda resurs tejamkorlik tizimining tarkibiy qismlarini aniqlashtirishga, ya’ni ularni tasniflashga zaruriyat kelib chiqadi.
Tasniflashning birinchi belgisi – darajasi bo‘yicha bo‘lib, unda resurs tejamkor siyosat o‘tkaziladi. Makro- va mikrodarajadagi resurs tejamkorlik ajratiladi. Makrodarajadagi resurs tejamkorlik deganda, butun davlat, ya’ni milliy iqtisodiyot darajasida resurslardan foydalanishni oqilonalashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Davlat darajasida resurs tejamkor siyosatni shakllantirish va amalga oshirishning asosiy vazifasi – strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yanada istiqbolliroq resurstejamkor muammolarni hal qilish uchun sharoit yaratishdan iborat. Bunga quyidagilarni kiritish kerak: resurs tejamkorlikning aniq yirik muammolarini aniqlash, ilmiy-texnik sohadagi ushbu muammolarni yechish imkonini beruvchi istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash, mavjud resurslarni ushbu yo‘nalishlarga jamlash, mamlakatni resurstejamkor iqtisodiy rivojlanish modeli yo‘liga o‘tishining texnologik va kadrlar bazasini yaratish. Fikrimizcha, ushbu qayd etilgan yo‘nalishlar asosida resurs tejamkorlik bo‘yicha davlat dasturi shakllanishi va u bozor iqtisodiyotining resurs tejamkor tabiatiga mos kelishi lozim.
Davlat darajasidagi resurs tejamkorlik haqida iqtisodchi olimlarning fikrlari diqqatga sazovordir.
Resurs tejamkor siyosatni shakllantirish va amalga oshirishda davlat dasturi doirasida resur stejamkor loyihalarni amalga oshirishni ta’minlashning ilmiy-texnik sohasini yaratishga maqsadli budjet assignatsiyalarini ajratishni ko‘rib chiqish zarur bo‘ladi.Fikrimizcha, bunday holatda iqtisodiyot tuzilmasini ilmsig‘imdor va yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni rivojlantirish hisobiga o‘zgartirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mikrodarajadagi resurs tejamkorlik – bu korxona miqyosida o‘tkaziladigan resurs tejamkor siyosat hisoblanadi.
Korxona darajasida resurs tejamkor siyosat ikki vazifani yechishga qaratilgan: birinchidan, korxona vakolatiga kiruvchi, davlat tomonidan shakllantirilgan resurstejamkor siyosat vazifalarini hal etish. Ikkinchidan, korxonaning rivojlanishini ta’minlovchi o‘zining resurs tejamkorlik vazifalarini hal etishi lozim.
Korxona darajasida resurs tejamkorlik siyosatining quyidagi yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Korxonada moddiy resurslardan foydalanishni baholash, hisobga olish va bashoratlashning zamonaviy tizimini kiritish.
2. Marketing ma’lumotlari asosida mahsulot assortimentini qayta ko‘rib chiqish. Sotilmayotgan yoki norentabellik mahsulotlar ishlab chiqarishni to‘xtatish va resurslarni tovarlarning yangi, istiqbolli turlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirish, mavjud resurslardan yanada oqilona foydalanish imkonini beruvchi bozorlarni izlab topish.
3. Marketing va sertifikatlash ma’lumotlari asosida korxonaning texnik darajasini, birlamchi va ikkilamchi xomashyoga ishlov berish darajasini hamda ularning tovar mahsulotiga muvofiq kelishini baholash.
4. Istiqbolsiz filiallar, sexlar va h.k.z.larni ajratish va sotish yoki yopish asosida korxona tashkiliy tuzilmasini yaxshilash va moddiy resurslardan oqilona foydalanishni hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish nuqtai-nazaridan, ishlab chiqarishni takomillashshtirishni ta’minlovchi yangi tuzilmalarni shakllantirish.
Tasniflashning ikkinchi belgisi – bu resurs tejamkor siyosat amalga oshirilayotgan tarmoqlar bo‘yicha, qazib olish, mashinasozlik, qishloq xo‘jalik, qurilish, transport, yoqilg‘i-energetika tarmoqlarida resurs tejamkorlikni ajratish.
Qazib olish soxasidagi resurs tejamkorlik hozirgi vaqtda davlat darajasida resurs tejamkorlik bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishdagi eng muhim masalalardan biri bo‘lib bormoqda. Uzoq vaqt davomida resurslar cheklanmagan deb hisoblangan. Eng oxirgi vatlargacha O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish ustuvor tarzda ekstensiv yo‘l bilan amalga oshirilgan. Buning natijasida resurs salohiyatini oshirish va mahsulot ishlab chiqarish o‘sishining barqaror sur’atlarini ta’minlash uchun yanada ko‘proq qo‘shimcha xom-ashyo resurslari jalb qilingan. Amalda sanoat aylanmasiga qancha talab qilinsa, shuncha yangitdan ishlab chiqarilgan xomashyo kiritilgan. Resurs tejamkorlik faqat ishlab chiqarilgan mahsulotning solishtirma material sig‘imini pasaytirish sifatida ko‘rib chiqilgan.
Hozirgi vaqtda, mineral-xomashyo bazasining tuganmas emasligi dunyo miqyosidagi muammo bo‘lib qolgani tufayli, resurs taqchilligi yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda hamda ko‘pchilik mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi barqarorligini buzib yubormoqda.
Bashorat qilingan baholash natijalariga ko‘ra qidirib topilgan resurslar muhim turlariga nisbatan quyidagi tugash muddatlarini ko‘zda tutadi: qazib olinadigan yoqilg‘i – 50-57 yil, mis – 45 yil, temir – 100 yil, ruh – 20, oltingugurt – 30 yil, uran – 50 yil
Tadqiqotlarimizga ko‘ra ko‘ra neft va gazning qidirib topilgan zahiralarining 72% i o‘zlashtirilib bo‘lingan. Ishlatilayotgan neft quduqlarining o‘rtacha ishlanganlik darajasi 50% ga yaqinlashmoqda va ularda qazib olish to‘xtovsiz tushib bormoqda
Barcha keltirib o‘tilgan ma’lumotlar qazib olish tarmog‘ida resurs tejamkorlikka alohida e’tibor berish zarurligini belgilab beradi.
Moddiy resurslarning asosiy iste’molchisi sifatida mashinasozlik resurs tejamkorlikning ulkan zahiralariga ega. Ayniqsa, bu yerda metall sarfini pasaytirish uslublari va vositalarini takomillashtirish imkoniyatlari yuqori bo‘lib, bu mashinasozlikda iste’mol qilinadigan barcha resurslar sarfining eng muhim tarkibiy qismi sifatida e’tirof etiladi.
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining rivojlanishi mamlakatimizda tobora qimmatroqqa tushmoqda. Bu tarmoqqa kapital qo‘yilmalar undagi ishlab chiqarish darajasi o‘sishidan 1,5 baravarga ko‘p. Boshqa muammolar ham yuzaga kelgan: energiya resurslarning tugashi, ekologik muvozanatning buzilishi va h.k.z. Bularning hammasi yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashni yanada muhim qilib qo‘yadi.
Yoqilg‘ini tejash bo‘yicha tadbirlar uni qazib olish va iste’molchilarga tashishning mutanosib o‘sishini ta’minlashga qaraganda 2-3 marta arzon bo‘ladi
Xulosa qilib aytish mumkinki bu soxa samaradorlikning oshirishda energiya tejamkor siyosatning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:
1. Tejamkor generatsiyalanuvchi yoqilg‘i va energiyadan foydalnuvchi jihozni, progressiv texnologik jarayonlarni, qurilma va mashinalarni joriy qilish.
2. Faoliyat yurituvchi energiyageneratsiyalovchi va energiyadan foydalanuvchi jihozni modernizatsiyalash.
3. Energiya iste’moli jarayonlarini hisobga olish, nazorat qilish va tartibga solish uchun asboblar va avtomatik tizimlarni ishlab chiqish va qo‘llashni kengaytirish.
4. Ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish darajasini oshirish.
5. Qazib olish va ishlab chiqarish, tashish va saqlashda issiqlik energiyasi, yoqilg‘i va neft mahsulotlari yo‘qotishlarini qisqartirish.
6. Yoqilg‘i va energiya sarfining iqtisodiy va texnik asoslangan meyorlarini qo‘llash bo‘yicha ishlarni rejalashtirish, meyorlashtirish va tashkil etishni takomillashtirish.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Равшанжон Бурхонович Мирзаев, Хамид Азимович Юлдашев. Автомобил ойналари ишлаб чиқаришда истеъмолчи талабларини ишлаб чиқариш таннархига таъсири. Scientific progress. -volume 3 ǀ issue 2 ǀ 2022 issn: 2181-1601, 2022-yil.www.scientificprogress.uz


2.Ravshanjon Burxonovich Mirzayev. "The importance of basic materials and technological losses in increasing economic efficiency in the formation of cost" (On the example of enterprises for the production of safety windows for surface transport).Web of scientist: international scientific research journal. -ISSN:2776-0979, 2022-yil. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/X3U6E

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə