Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə25/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   182
to\'plam tayyor

Maxsudov Sherzod
Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi
Eminchayev Baxodirjon
Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi


Kalit so‘zlar: Soliqlar, aksiz solig‘i, investitsiyalar, individual xarakter, soliq bazasi, tendensiya,
Ключевые слова: налоги, акциз, инвестиции, индивидуальный характер, налоговая база, тенденция,
Key words: taxes, excise, investments, individual character, tax base, trend,
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish va ichki milliy bozorni rivojlantirishda hamda himoyalashda asosan aksiz solig‘iga tayanadi. Davlat soliq tizimi vujudga kelishida to‘g‘ri ya’ni, bevosita soliqlar shakllanib, keyinchalik davlatning vazifalari kengayib borgandan so‘ng bilvosita soliqlar, xususan aksiz solig‘i paydo bo‘ldi va amaliyotga kiritildi. Aksiz solig‘ining asosiy vazifasi mablag’ yig‘ishdan iborat. Soliqlar xusasan, aksiz solig‘i davlat budjeti daromadlari shakllantirishda asosiy soliqlardan hisoblanadi. Davlat budjeti daromadlari tarkibida eng yuqori soliq tushumlari ushbu soliqlardan tashkil topadi. Davlat aksiz solig‘i orqali mamlakat hududiga ayrim tovarlarni ko’proq olib kirish yoki olib chiqish va buning aksini ifodalovchi vazifalarni bajarishi mumkin. Aksizni keng va tor ma’noda talqin qilish mumkin. Tor ma’noda bu tushuncha ostida , alohida tovarlarga aksizlar tushuniladi. Keng ma’noda esa aksiz tushunchasi individual aksizlarni ham ,universal aksizlarni ham qamrab oladi. Ular o‘rtasidagi farqi uni undirish usuli hisoblanishi va amal qilish sohasiga bog‘liq.
Aksiz (fransuzcha: accise — qirqib olmoq) — keng iste’mol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qo‘shimcha soliq turi. Muayyan tovar (muhim iste’mol tovarlari: qand, gugurt, tuz, tamaki, spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatkichlar, mo‘yna mahsulotlari billur va hokazo)lar narxiga, ko‘rsatilgan xizmat (kommunal, transport va boshqalar) haqiga qo‘shimcha ustama soliq sifatida qo‘shiladi va uni to‘lovchilar bevosita haridorlar hisoblanadi. Aksiz narx tarkibida muayyan qiymatda yoki narx miqdoridan ma’lum foiz hisobida ko‘rinishlarida bo‘ladi. Aksiz davlat budjetida daromadlarning muhim qismini tashkil etadi. Aksiz qadimda Rimda kelib chiqqan. Hozirgi dunyo mamlakatlarida keng rivojlangan. O‘zbekistonda 1996-yil 1-oktabrdan respublikaning o‘zida ishlab chikarilgan va uning hududiga chetdan keltirilgan tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni sotishda maxsus Aksiz markalari joriy etilgan so‘ng aksiz solig‘i 1992-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birgalikda oborot solig‘i va sotuvga solinadigan soliq o‘rniga joriy qilingan. Uning qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Aksiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib, faqat aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi. Aksiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq sifatida budjetga undirish shakli hisoblanadi.
Aksizlar tovar narxiga qo‘shiladi va davlatga uning qiymatidan bir qismini olishga yoki kesib olishga imkon beradi. Ustiga qo‘yilgan qo‘shimcha narx mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning alohida sharoitlaridan kelib belgilanadi.

1-rasm. O‘zbekiston respublikasi 2023 yil yanvar oyida davlat budjetiga tushgan tushumlari.


Mamlakatimiz budjetiga yanvar oyidagi tushumni 100% deb olinsa shundan 28 foizi QQS, Foyda solig‘i 20.2 foizni, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 15.8 foizni, yer qaridan foydalanganlik uchun soliq 9.8 foizni, soliqsiz tushumlar 9.8, aksiz solig‘i 9.1foizni, yer solig‘i 3.1 foizni, mol-mulk solig‘i 2.7 foizni, maxsulot aylanmasidan olinadigan soliq 0.8 foizni, suv resurslardan olinadigan soliq 0.7 foizni tashkil etgan. 2023 yilning yanvar oyida jami tushumlar 11 922.8 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Aksiz solig‘idan tushgan tushum 1088.3 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Aksiz solig‘ini davlat budjeti daromadlari tarkibidagi ulushi­ning pasayish tendensiyaga ega ekanligi shu bilan izohlanadiki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son «Bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarini o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan «O‘zDEUAvto» YOAJi (hozirgi « UzAutoMotors» YOAJi) ishlab chiqarayotgan avtomobillari, billurdan qilingan mahsulotlar, mebel, video va audioapparatura hamda kumushdan yasalgan pichoq va sanchqilarga hisoblangan aksiz soliqlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, iste’mol tovarlarining assortimentini ko‘paytirish va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish uchun korxonalarning o‘z ixtiyorlarida qoldiriladigan bo‘ldi.
Jismoniy shaxslar mehnatiga haq to‘lash, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga bepul yoki boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq bazasi soliq stavkalari mutlaq (qat’iy) summada belgilangan bo‘lsa, aksiz to‘lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) naturada ifodalangan hajmidan kelib chiqib, soliq stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan bo‘lsa, realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati, biroq ularning haqiqiy tannarxidan past bo‘lmagan qiymati asosida aniqlanadi.
Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq bazasi aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlarning qiymatini hamda qaytarish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallarning qiymatini o‘z ichiga oladi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlarga nisbatan qat’iy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat bo‘lgan aralash soliq stavkalari belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi, agar Soliq kodeksining 285-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan hamda realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq kodeksining 289-moddasida soliq stavkalari keltirilgan. Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan o‘lchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qat’iy belgilangan), shuningdek advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalarini o‘z ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi.
Amaldagi Soliq kodeksining 290-moddasiga ko‘ra, soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Import qilingan, aksiz to‘lanadigan, o‘ziga nisbatan aralash — advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar bo‘yicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qat’iy belgilangan stavka qo‘llanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam bo‘lishi mumkin emas.
Importchilar, shu jumladan aksiz tovarlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib keladigan jismoniy shaxslar buyurtmanomani Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy organlariga topshiradilar. Bu organlar taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshab, aksiz tovarlari uchun aksiz markalariga yig‘ma buyurtmanoma tuzadilar va belgilangan tartibda Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etadilar.



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə