Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Bor imkoniyatlardan samarali foydalanish taxlili



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə15/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182
to\'plam tayyor

Bor imkoniyatlardan samarali foydalanish taxlili.
Umarov Orif Qodirovich
Tursunov Ozodbek Badalovich
FarDU sirtqi bo’lim o’qituvchilari
Oriboyev Axrorjon Rustamjon o’g’li
FarDU sirtqi bo’lim iqtisodiyot yo’nalishi
3-bosqich talabasi
“ O‘zbekiston raqamlarda” siatistik to‘plam ma’lumotlari(2021-yil)ga ko‘ra Respublikamizda 3064 ming tonna paxta yetishtirilgan. Paxta yetishtirish uchun 1062,3 ming gektar sug‘oriladigan yerlar band qilingan. Ma’llumki, sug‘oriladigan yerlrimiz 3658,4 ming gektarni tashkil etadi. Yoki, sug‘oriladigan yerlarning 29 foiz qismiga paxta ekilgan. Qolgan 81 foiz yerlar bog‘, poliz, sabzavot, ko‘chatchilik, don va boshqa ekinlar bilan band qilingan. Har bir gektar paxta maydonidan 29 sentner yoki 2900 kg. dan hosil olingan. Bu hosildorlik boshqa paxta yetishtiruvchi mamlakatlarning ko‘rsatkichlaridan sezilarli miqdorlarda kam. Xitoy Xalq Respublikasida o‘rtacha hosildorlik 50 sentnerni tashkil etadi. 5000kg. bilan 2900 kg. o‘rtasidagi farq katta.
Biz 1062,3 ming gektar maydondan o‘rtacha 40 , 45 , 50 sentnerdan hosil olganimizda aholi uchun qancha qo‘shimcha ish joylari tashkil qilgan bular edik? Oziq-ovqat mahsulotlari qanchaga ko‘paygan bo‘lar edi? Hammaga ma’lumki, bir tonna paxtadan – 300 kg. o‘simlik yog‘i, 350 kg. tola, 300 kg. kunjara(tirik vaznda 300 kg. mol go‘shti), 28 kg. chigit po‘choq, ko‘rpa paxta va spirt olinadi. Bunday hom ashyolar ko‘paysa ish o‘rinlari ham ko‘payadi. Oziq-ovqat xavfsizligi mustaxkamlanadi. Eksport xajmi ortib, import ulushi kamayadi.
Paxta yetishtirishning ilg‘or amaliy tajribasini ish ustida ko‘rsatib berish uchun XXRdan taklif qilingan mutaxassis(professor) bilan muloqotdan ma’lum bo‘ldiki, hosildorlikni kutilganidan 2 baravar past bo‘lishida yerlarni ham, suv ta’minotini ham ta’siri yo‘q ekan. Hamma kamchillik insonlarda ekan. Inson- fermer statusiga aniqlik kiritilmagan ish yurituvchi ekan. Asosan shu sababga ko‘ra, xitoyda sinovdan o‘tgan texnologiya bizda samara keltirmayapti ekan. To‘g‘ri, fermer xususiy mulkdor ham, davlat rejasi bo‘yicha ishlaydigan xodim ham emas. Iloji boricha ko‘proq foyda ko‘rib, uzoqroq vaqt shu vazifada turib, imkoniyatlardan foydalanib qolishni xoxlaydigan xizmatchi. Dala uvvotiga terak ekadi. Ishchi yollamaydi. Mardikorlardan foydalanadi. Daromaddan soliq olib qolib, o‘zining soliq agenti rolini bajarmaydi. Xodimga ijtimoiy soliq hisoblab, pensiya jamg‘armasiga o‘tkazmaydi. Mardikor bilan naturada hisob kitob qiladi. Bug‘doy, g‘o‘zapoya, bug‘doydan bo‘shagan yerdan foydalanish huquqini berib, ish haqi to‘laydi. Fermerga ham qo‘shimcha ishlar topshiriladi. Erta bahorda kamida 5 quti ipak qurti majburan beriladi. Uni qurtxonasi, pillakor xodimlari, yetarli tut barglari yo‘q. Dala uvvotlarida tut o‘rnida teraklar o‘sib turipdi. Mahalliy aholidan honadonlarda irak qurti boqib berishlarini so‘rab, har bir quti ipak qurti uchun alohida haq to‘laydi. Bu unga ortiqcha harajat. Shunda ham yutadi. Teraklar o‘sishda davom etadi. Davlat esa yutqazadi. Chunki, terak yerning hosildorligini keskin pasaytirib yuboradi. Terakni alohida yerda plantatsiya tarzida o‘stirilishi katta naf keltiradi. Ipak qurtini aholi boqmay qo‘yganiga sabablar bor. Tutlar hususiy emas. Pilla klasterlar tomonidan “harid narhi”da juda arzon sotib olinadi. Aslida bir kg. hom pilla 400-450 ming so‘mga tayyor bo‘ladi. Bir kg. ipak 1,8 million so‘mga tayyor bo‘ladi. Tutlar xususiy bo‘lsa va pillani xarid narhida sotib olinmasa, aholi bir yilda besh marta ipak qurti boqib, sanoatni ko‘p hom ashyolar bilan ta’minlaydi.
Fermerchilik o‘zini oqlamadi. Uni o‘rniga yangi ishlab chiqarish tuzilmalarini muddatli va shartli asoslarda tashkil qilish yechimlari ustida ishlashimiz kerak. Bunda, oziq ovqat va texnika ekinlari bo‘yicha yagona buyurtmachi davlat bo‘lishi shart. Buyurtmachi o‘z aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqib buyurtmalar beradi. Bajaruvchi kafolatli haridorga ega bo‘lganidan xursand bo‘lishini yo‘lga qo‘yish ham buyurtmachi – Davlat zimmasida bo‘lishi muhim. Savol tug‘iladi. Qanday qilib ishlab chiqaruvchini sotish narhidan qanoatlashtirish mumkin? Buyurtma qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining haqiqiy tannarxi, mintaqalar kesimida, tajriba-tayanch xo‘jaliklarda, halqaro buxgalteriya yuritish standartlari asosida aniqlab boriladi. Hisob va hisobotlar ochiq-oshkora bo‘ladi. Mintaqaviy tannarx ustiga tarmoq-soha bo‘yicha tasdiqlangan me’yordagi foydani qo‘shib tayyorlov(xarid) narhi belgilanadi. Masalan, bog‘dorchilik mahsulotlari tannarxi ustiga 20%, sabzavot va paxtaga 25% foyda belgilanishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi uchun tayyorlov narhida sotish majburiy bo‘lmasligi kerak. Davlat ro‘yhatidan o‘tgan qayta ishlovchidan ham chuqurroq qayta ishlab ko‘proq foyda olishga qodir ishlab chiqaruvchi paydo bo‘lsa ayni muddao. Ko‘proq foyda topib, davlatga umum belgilangan foyda solig‘ini to‘laydi.
Yer davlatniki. Sotilmaydi va sotib olinmaydi. Muddatli foydalanish huquqi bepul beriladi. Yer hosildorligi o‘rtachadan pasaygach, foydalanuvchi ogog‘lantiriladi. Navbatdagi ikki yil ichida ahvolni o‘nglamasa yerni davlat ihtiyoriga qaytarishga majbur bo‘ladi. Yer samarali foydalanilishi davlat nazoratida bo‘lishi shart. Davlat boshqaradi, taqsimlaydi, qayta taqsimlaydi va nazorat qiladi. Natijada, sanoat uchun yetarli hom ashyolar yetkazib beriladi. Ish o‘rnilari doimiy bo‘ladi. Ixtisoslashish va mehnat taqsimoti eksportga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Eksport va oziq-ovqat xavfsizligini nazarda tutib paxta, pilla, bug‘doy xajmining nazorati doimiy bo‘lishi muhim. Bu nazorat bir vaqtning o‘zida, doimiy ish o‘rnilarining ham nazoratidir. Navbatdagi savol, jarayonni tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Fermer o‘zlashtirishning xususiyligiga asoslangan tuzilma sifatida o‘zini oqlamadi. O‘sishga to‘siq bo‘ldi. Yerlardan esa, samarali foydalanishga majburmiz. Yerlarni talabgor oilalarga, 5 va undan ortiq gektardan bo‘lib berib, kichik ijrochi mehnat jamoalari tuzish mumkin. Xaridori tayin mahsulotlarni mo‘l yetishtirib, sarflagan mehnat va boshqa xarajatlari ustidan 20-25% kafolatli foyda olish ko‘pchilikni qiziqtira oladi. Kichik mehnat jamoasi imkon qadar ko‘proq hosil yetishtirishga intiladi. Ilg‘or texnologiyalarni diqqat bilan o‘rganadi. Yerning har qarichidan samara bilan foydalanishga xarakat qiladi. Nega fermer shunday qilmadi?. Fermerning yeri katta edi. O‘z kuchi bilan, oilasining kuchlari bilan ham buncha yerni samara bilan foydalana olmas edi. Oilachi? oila 5 gektar yerni o‘z kuchi bilan, zarurat bo‘lganida qarindoshlarini yordamga chaqirib bo‘lsada, namunali tasarruf eta oladi. Chunki, daromad va foyda o‘zinikiligini aniq biladi. Mehnati zoe ketmasligi davlat tomonidan kafolatlanayotganini biladi.
Infra tuzilmalar ishtiroki ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kerak. Yerni xaydab berish, chigit ekish, qator orasiga ishlov berish, paxtani mashinada terib berish, kimyoviy ishlov berish, tashish va boshqa tashqaridan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun litsenziya berishda, faoliyat ko‘rsatish muddatlari va muddatni cho‘zishning shartlari ko‘rsatilishi kerak. Xizmatlarda ham foydalilik darajasi 20% dan ortmasligi, tajriba-tayanch korxonalardagi narhlardan ortiq bo‘lmasligi nazorat ostida bo‘lishi muhim. Davlat nomidan nazoratni kim, qaysi tashkilot amalga oshiradi?. Albatta qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning quyi boshqarma va bo‘limlari nazorat va tashkilotchilikni amalga oshirishi kerak. Ruxsat-litsenziyalarni ham tuman bo‘limlari berib, o‘zlari nazoratni ham olib borishlariga to‘g‘ri keladi. Chunki ular ishlab chiqarishga eng yaqin boshqaruv idoralaridir. Tuman yo‘l qo‘ygan hato uchun uning yuqori tashkiloti javob beradi. Faqat shundagina nazorat real bo‘ladi.
Boshqaruv va doimiy nazorat to‘g‘ri ishlasa, 1 million gektar yerdan 5 million tonna paxta olib, kerakli miqdordagi doimiy ish o‘rnilarini, oziq ovqat xavfsizligini kafolatlay olamiz. Buning uchun qishloq xo‘jalik vazirligi 2024 yil oxirigacha tayyorgarlik ko‘rishi, 2025 yildan yangi tartib bo‘yicha ish boshlashi kerak bo‘ladi. PRezident qishloq xo‘jaligi vaziriga katta vakolat berishi, Hukumat esa uzluksiz qo‘llab quvvatlab turishiga zarurat bor. Yer davlatniki, biznes xususiy va kafolatli. Dalada hayot qaynaydi. Sanoat keskin rivojlanadi. Eksportbop mahsulotlar xajmi ortadi. Sanoat hom ashyoni qimmat narhda sotib olsa demak tayyor mahsulot narhi ham qimmat bo‘ladi. Sotuvchi ham, xaridor ham o‘zimiz. Muhimi ish yursin. Hamma o‘z ishidan manfaat olsin. O‘z ishini yaxshi ko‘rsin. Bor imkoniyatlardan samara bilan foydalansin. Rivojlanishdan hech kim chetda turmasin. Bunga erishish uchun manfaatlarni uyg‘unlashtiraylik.
Paxtakor oila 5 gektar yerdan ko‘pi bilan necha so‘m daromad oladi?. Paxtaning 1 tonnasi 10 mln. so‘mdan bo‘lganda 5 gektardan5 tonnadan olingan hosil uchun (5ga. x5 ton. x10 mln. so‘m) 250 mln. so‘m daromad, (250mln.so‘m : 100 x 25) 62,5 mln.so‘m foyda oladi. Bu daromadning hammasi emas. 5 gektar sug‘oriladigan yer atrofida kamida (5ga. x 30metr) 150 metr dala uvvoti ham bor. Dala uvvotiga past bo‘yli, foydalanish uchun qulay tut daraxtlarini 2 qator qilib, zich joylashuv usulida ekilsa, 300 tup ko‘chatlar sig‘adi. Tutlar birinchi yili yerga o‘rnashib olgach, 100-200 gramdan 2-3 marta barg beradi. Ikkinchi yildan 600-800 gramdan 5 marta barg beradi. Oltinchi yilga borgach har biri 5-6,5 kg.dan 5 marta barg beradi. Qurtxona plastik materialdan yasalib, ichiga 4 qavat so‘kchak o‘rnatilib, tut qator o‘rtasiga o‘rnatiladi. 300 tup tut bargi bilan 1,5 quti ipak qurtini 5 marta takror boqish imkoni bor. Bir quti ipak qurtidan 50 kg. pilla olinadi. (1,5 x 50 kg. x 5marta) Yil davomida 350 kg. pilla yoki (350kg. x 35%) 122,5 kg. toza, quruq, standart talablariga javob beradigan ipak olinadi. Ipak egasi bo‘lgan oila yil davomida doimiy band bo‘ladi. Pillani ipakka aylantirib olish juda oddiy jarayon. Qolaversa, tashqi xizmatlardan foydalanish ham mumkin. 122,5 kg. ipakdan 12 dona ipak gilam qo‘lda to‘qiladi. Bitta gilamni to‘qish uchun 8-10 oy vaqt sarflanadi. Ipak gilamning qo‘lda to‘qilgani 10 ming AQSh dolloridan kam bo‘lmaydi. Gilam tashqarida to‘qittirilsa(12dona x 30 mln.so‘m) 360 million so‘m haq to‘lanadi. (12 x 10) 120 ming dollorni so‘mga aylantirilsa(120000 x 11000) 1 milliard 320 mln. so‘mni tashkil etadi. Besh gektar yerdan olinadigan daromadga qaraganda, uning uvvotidan olinadigan daromad ko‘p. Dala uvvotidan foydalanish huquqiga erishish uchun dalaning o‘zida paxta yoki boshqa, buyurtma qilingan mahsulotni yetishtirib, 20 yoki 25 foiz foydaga qanoat qilish talab qilinadi. Oila, 5 yoki undan ko‘proq yerda 25 tonna paxta, yani 7,5 tonna o‘simlik yog‘i, 7,5 tonna go‘sht(kunjara), 8,75 tonna paxta tolasi va boshqa sanoat hom ashyolarini yetishtirib beradi. Oila boshlig‘i ishbilarmon bo‘lsa, 1,32 milliard so‘mdan bir necha baravar ko‘proq daromad ishlab topishni ham yo‘lga qo‘yishi mumkin. Buning uchun jarrohlik ipi ishlab chiqarish uchun litsenziya va halqaro sertifikat oladi. Bir bog‘lamchasi 10-12 gramlik jarrohlik ipini dunyo meditsinasiga taklif qiladi. Ipak ipni tikilgan joydan qayta sug‘irib olishga zarurat bo‘lmaydi. Ipak inson jismiga so‘rilib, o‘zlashib ketadi. Xayvon ichagidan tayyorlanadigan jarrohlik ipiga zarurat qolmaydi. Yuqumli kasalliklar orttirib olish havfi keskin kamayadi. Paxtakor-pillakor oila bilan hamkorlar ichida biolog-kosmetologlar-tadbirkorlar ham bo‘lsa, Yanada yaxshi. Pilla ipagidan ham ko‘p daromad ishlab olish imkoniyati bor. Qisqasi, pilla g‘umbagi inson terisini yoshartirib silliqlash xususiyatiga ega. Pilla g‘umbagi kosmetologiya sanoati uchun noyob hom ashyo. Ma’lumki, taxminan 3 kg. pilladan 1kg. ipak olinadi. Demak, qolgan 2 kg. pilla g‘umbagi, yangi tashkil etiladigan sanoatning bepul homashyosidir.
Qishloq xo‘jaligi mavsumiy tarmoq bo‘lmay qoladi. Tarmoqning boshqa sohalarida band bo‘lgan bog‘bon va ziroatkorlarni ham mavsumdan keyingi davrda, g‘uza va tut beradigan mahsulotlarni qayta ishlashda yordamga chaqiramiz. Endi, g‘o‘zapoya(mdf,...), tut novdasi(dsp), tut qovzog‘i(ipak qog‘oz), tut bargi(choy, shamollashga qarshi dori), tut mevasi(ko‘chat urug‘i, mayiz, sharbat), qurt qumalog‘i(oshqozon-ichak kasalliklari davosi), kabilarni qayta ishlash mavsumiy sohalarga aylanishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi, yashil biznes, yetakchi tarmoqdir. Unga quyosh energetikasi yaqin yordamchi bo‘lib shakillanayapti. Endi, dala chetidagi ixcham binolarda ham elektr energiyasi bo‘layapdi. Qishloq bilan shahar o‘rtasidagi farq kamayib, yer,suv bilan ishlash faxrga aylanib borayapdi. Ekologik toza tabiat quchog‘ida, o‘zing uchun mehnat qilib, daromad ishlab topib, yurtga nafing tegayotganidan faxrlanib yashash katta baxt. Ayniqsa, foydalanilmay kelayotgan imkoniyatlarni harakatga tushirish, ko‘p ish joylari yaratilishiga hissa qo‘shish insonga kuch qudrat beradi. Izlanishlarga undaydi.
Iqtisodiy samaradorlikni oshirishda, oddiy qarorlar muhim axamiyat kasb etadi. Masalan teraklar o‘rniga 2 qator zich tut qatorlar o‘stirish: yer osti zax suvlarini bug‘latadi; yer sho‘rlashishining oldini oladi; yer maydonidagi hosilni shamoldan to‘sadi; yer hosildorligini 2 baravargacha orttiradi. To‘g‘ri, terak ham kerak. Teraklarni alohida plantatsiyalarda va noekin joylarda o‘stirishga o‘tishimiz kerak.
Fermer ishlagan sharoitda mavjud imkoniyatlar foydalanilmay qolishidan tashqari, 150-200 gektar noto‘g‘ri foydalanayotgan yerlar keltiradigan daromad bir kishi-fermer tomonidan o‘zlashtiriladi. Kichik oilaviy biznes sharoitida esa, 5-7 gektardan olinadigan katta daromad bitta katta oila ixtiyorida qoladi. Oilalar daromadni taqsimlashmaydi. Birgalikda foydalanishadi. 150 gektar yerdan bir oila o‘rniga 30 ta oila katta daromad oladi. Ular davlatga ham katta daromad keltirishadi. Yer hosildorligi ortadi. Foydalanilmay turgan imkoniyatlar ishga tushiriladi. Ko‘p ish joylari tashkil topadi. Sanoat rivojlanadi. Eksport xajmi ortadi. Xitoyda sinovdan o‘tgan texnologiyalar O‘zbekistonda ham natija bera boshlaydi. Hamma o‘zi uchun mehnat qilib, davlatga katta daromad olib keladi. Byudjet ijtimoiy himoyani yuqori darajada ta’minlaydigan bo‘ladi. Davlat qishloq xo‘jaligining tashvishlarini, to‘liq vazirlik zimmasiga o‘tkazadi. Vazirlik ixtiyorida tajriba-sinov uchastkalari, tayanch xo‘jaliklar, ilmiy tekshirish institutlari bo‘ladi. Tarmoq davlat byudjetiga, boshqa barcha tarmoqlar birgalikda beradigan soliqlar summasidan ortiqroq daromad keltiradi. Eksport xajmidagi ulushi ham yuqori bo‘ladi. Buning uchun bor imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘tish kerak xolos. Qo‘shimcha mablag‘ g‘am sarflashga zarurat yo‘q.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə