Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


«Asosiy vositalar» tushunchasini talqinlari



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə4/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
to\'plam tayyor

«Asosiy vositalar» tushunchasini talqinlari

Manbalar

«Asosiy vositalar» tushunchasining talqini

O‘zbekiston Respublikasi 5-son BHMS «Asosiy vositalar».

Asosiy vositalar deb, ishlab chiqarish va no ishlab chiqarish sohasida foydalanadigan, shuningdek uzoq muddatli ijaraga beriladigan va uzoq muddat davomida (bir yildan ortiq) xizmat qiladigan vositalarga aytiladi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi

Asosiy vositalar — korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan moddiy aktivlar.

MHXS 16 « Asosiy vositalar »

Asosiy vositalar-tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish yoki etkazib berish jarayonida, lizing yoki ma’muriy maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan va bir necha muddatga foydalanishga mo‘ljallangan moddiy boyliklar

https://uz.wikipedia.org/

Asosiy vositalar – ishlab chiqarishning moddiy sharoitlarini ta’minlaydigan vositalar (mehnat qurollari, bino, inshoot, qurilma va boshqalar).

Asosiy vositalarning iqtisodiy mohiyati to‘g‘risida ko‘plab fikrlar mavjud, ammo ularning barchasi asosiy vositalarni uzoq vaqt davomida asl ko‘rinishini saqlab, ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor ishlatiladigan mehnat vositasi sifatida aniqlashga qaratiladi [2]. Ishlab chiqarish jarayoni va tashqi muhit ta’siri ostida asosiy vositalarning eskirishi va boshlang‘ich tannarxning butun foydali xizmat muddati davomida amortizasiya natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga o‘tkazilishi kuzatiladi.
Milliy buxgalteriya standartlariga muvofiq tuzilgan kompaniyalarning moliyaviy hisobotlarini xalqaro hisobotlarga tarjimasi xorijiy investorlarga uning moliyaviy-iqtisodiy holati to‘g‘risida yeng qulay ma’lumotlarni taqdim yetadi. Bu korxonani rivojlantirish uchun qo‘shimcha mablag‘ olishda muhim rol o‘ynaydi.
MHXS asosiy vositalarning mohiyatini aniqlash uchun yagona talablarni belgilaydi, ularning tasnifini beradi va buxgalteriya hisobida asosiy vositalarni sotib olish va sotish bilan bog‘liq xo‘jalik operasiyalarini aniqlashda uslubiy yondashuvlarni taklif yetadi.
MHXS foydalanish iqtisodiy foyda keltirmasligi mumkin bo‘lgan, ammo boshqa ob’yektlardan foydalanishdan foyda olish uchun zarur bo‘lgan asosiy vositalar sifatida tan olish imkoniyati mavjud [4]. Xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash uchun asosiy vositalar sotib olinsa, bu holat mumkin [5].
Bu kabi asosiy vositalarni sotib olish mavjud bo‘lgan qandaydir asosiy vosita ob’yektidan olinadigan kelgusi iqtisodiy nafni bevosita oshirmasada, tadbirkorlik sub’yekti boshqa aktivlaridan kelgusida iqtisodiy naf olishi uchun zarur bo‘lishi mumkin. Bunday asosiy vositalar ob’yektlari aktiv sifatida tan olinadi, chunki ular yordamida tadbirkorlik sub’yekti tomonidan ular bilan bog‘liq bo‘lgan aktivlardan kelgusida olinadigan iqtisodiy naf bunday ob’yektlar sotib olinmaganida olinadigan nafdan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi [1]. Masalan, kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxona xavfli kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va saqlash bilan bog‘liq ekologik talablarga rioya etish maqsadida yangi kimyoviy moddalar bilan ishlash texnologiyalarini jalb etishi mumkin; tegishli yangi texnologiyalar aktiv sifatida tan olinadi, chunki ularsiz tadbirkorlik sub’yekti kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqara va sota olmaydi.
Ayrim kompaniyalar asosiy vositalari tarkibida ijtimoiy ob’yektlar mavjud. Masalan, uy joylar, bog‘cha va shu kabilar, xodimlarni pulsiz ko‘rinishda rag‘batlantirishni ifodalaydi va natijada, xodimlarga pullik xarajatlarni kamayishiga sabab bo‘ladi [3].
Tan olish mezonlariga ko‘ra, kompaniya asosiy vosita ob’yektining balans qiymatiga ob’yektning kundalik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarini kiritmaydi. Bunday xarajatlar kelib chiqish paytida foyda yoki zarar tarkibida tan olinadi. Kundalik xizmat ko‘rsatish xarajatlari asosan mehnat haqi va materiallardan tashkil topadi, xamda o‘z ichiga mayda ehtiyot qismlar qiymatini xam olishi mumkin. Bu kabi xarajatlarning maqsadi ko‘pincha asosiy vositalar ob’yektiga «joriy xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash» sifatida izohlanadi.
Ayrim asosiy vositalar ob’yektlarining qismlari muntazam ravishda almashtirilishi talab etilishi mumkin. Masalan, pechning futerovkasi ma’lum ishlash soatlari o‘tganidan so‘ng almashtirilishi kerak bo‘lishi mumkin, samolyotlardagi o‘rindiqlar va oshxona kabi asbob-uskunalar samolyotning foydali xizmat muddati davomida bir necha marta almashtirilishi mumkin.
Asosiy vositalarning ob’yektlari binoning ichki devorlarini almashtirish kabi almashtirishlarni kamroq takrorlash yoki takrorlanmaydigan qilib almashtirish maqsadida sotib olinishi mumkin. Tan olish mezonlariga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yekti asosiy vositaning balans qiymatida uning bir qismini almashtirish bo‘yicha xarajatlarni ushbu xarajatlar amalga oshirilgan paytda tan olishi kerak, agar bunda xarajatlar tan olish mezonlariga mos kelsa [6].
Zamonaviy sharoitda korxonaning bozorda muvaffaqiyatli ishlashi uchun korxona rahbariyati, shuningdek tashqi foydalanuvchilar tashkilotning mol-mulki va majburiyatlari holati to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lishlari zarur. Korxonaning iqtisodiy holatini ob’yektiv aks ettiradigan ma’lumotlarni tashkilotning buxgalteriya ma’lumotlaridan olish mumkin. Korxonaning buxgalteriya hisobini o‘rnatish va yuritish sohasidagi huquqlari kengayishi munosabati bilan buxgalteriya xizmatlari asosiy vositalar, kapital va moliyaviy investisiyalar va boshqalarni hisobga olishni maqbul tashkil yetish muammosiga duch kelmoqda.
Asosiy vositalar hisobini takomillashtirish bo‘yicha yuqoridagi barcha tavsiyalar korxonaning buxgalteriya ishlarini yaxshilaydi, operasion va texnik hisobni tashkil qiladi, korxonada asosiy vositalarning ishlash imkoniyatlarini oshiradi, shuningdek ijobiy xorijiy tajribaga yo‘naltirilgan buxgalteriya hisobini tashkil yetish tizimiga yaqinlashishga imkon beradi.



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə