Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘G‘risida



Yüklə 216,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix08.02.2023
ölçüsü216,66 Kb.
#100496
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
09.04.2019 PQ-4273-son



09.11.2021, 19:17
PQ-4273-сон 09.04.2019. Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-4277342
1/19
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA’MINLASH HAMDA
MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO‘SHIMCHA CHORA-
TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mamlakatda statistika axborotidan foydalanish samaradorligini oshirish, davlat statistika
hisobotini ishonchli ravishda yuritishni shakllantirish yuzasidan izchillik bilan choralar ko‘rilmoqda.
Internetdagi yig‘ma ma’lumotlarning milliy sahifasi Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlarini
tarqatishning kengaytirilgan umumiy tizimi bilan uyg‘unlashtirildi.
Shu bilan birga, axborotlarning umumfoydalanish uchun ochiqlik holati, ochiq
ma’lumotlarning oshkoralik va sifat darajasi, ularni fuqarolarga va jahon hamjamiyatga
yetkazishning amaldagi mexanizmlari qabul qilingan xalqaro talablarga to‘liq javob bermaydi va
natijada mamlakatimizning statistika salohiyati indeksidagi o‘rni pastligicha qolmoqda.
Mamlakatimiz nufuzi va investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlashga qaratilgan, davlat
boshqaruvining ochiqligi hamda shaffofligini ta’minlash borasidagi islohotlarni yanada
chuqurlashtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish
yili”da amalga oshirishga oid 
Davlat dasturidagi 
vazifalarni bajarishni ta’minlash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida
jismoniy va yuridik shaxslarning mashinada o‘qiladigan formatdagi axborotdan ko‘p karra, erkin va
bepul foydalanish imkonini beruvchi O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali
(keyingi o‘rinlarda — Portal) faoliyat yuritmoqda.
2. Belgilansinki:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat statistika
qo‘mitasi) davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini (keyingi
o‘rinlarda — Ro‘yxat) shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning Portalda o‘z
vaqtida aks ettirilishi bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) Portalni texnik qo‘llab-quvvatlash va ta’minlash hamda uzluksiz
ishlab turishi uchun javobgar hisoblanadi;
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-
sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
v) Portaldagi axborotlar:
faqat davlat organlari va tashkilotlarining respublika darajasidagi yuqori turuvchi tuzilmalari,
shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari tomonidan e’lon qilinadi;
o‘zbek, rus va ingliz tillarida, shu jumladan mashinada o‘qiladigan va boshqa formatlarda e’lon
qilinadi;
davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy saytlarida e’lon qilinadigan axborot bilan aynan bir
xil va o‘zaro bog‘langan bo‘lishi lozim;
g) davlat organlari va tashkilotlarida axborotni tayyorlash va Portalda joylashtirish vazifasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol
investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-
5635-son 
Farmoniga
muvofiq tashkil qilingan, xalqaro reytinglar bilan ishlash va “Elektron
hukumat” tizimini joriy etish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar zimmasiga
yuklanadi.
3. Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlarining
belgilangan umumiy soni doirasida davlat organlari va tashkilotlarining Portalda Ro‘yxatni


09.11.2021, 19:17
PQ-4273-сон 09.04.2019. Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-4277342
2/19
shakllantirish, yuritish va yangilash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish bilan bog‘liq ishlar uchun
mas’ul bo‘linma tashkil etilsin.
Davlat statistika qo‘mitasi bir oy muddatda bo‘linmaning yuqori malakali kadrlar bilan
to‘ldirilishini ta’minlasin.
4. Davlat statistika qo‘mitasiga Portalni rivojlantirish faoliyatini amalga oshirish doirasida
quyidagi huquqlar berilsin:
ma’lumotlar va ularning manbalaridan, shu jumladan ma’lumotlarni shakllantirish sohasida
huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi ichki va boshqa hujjatlar hamda ulardan foydalanish;
Portalni rivojlantirish, shuningdek, e’lon qilinadigan ma’lumotlarga taalluqli masalalar
bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlaridan beg‘araz asosda maslahat yordami olish;
ushbu qarorni bajarish doirasida ekspertlar, konsultantlar va tashkilotlarni (shu jumladan,
xorijiy) shartnoma asosida jalb etish;
Portalni takomillashtirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar
sohasidagi faoliyatini baholash uchun xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlarning
mablag‘larini, shu jumladan grantlari (texnik ko‘magi)ni jalb etish.
5. Belgilansinki, 2019-yil 1-apreldan:
Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif
setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif
koeffitsiyenti 1,3 baravarga oshirgan holda qo‘llaniladi;
davlat statistika organlari xodimlariga ko‘p yillik xizmatlari uchun har oylik ustamalar quyidagi
miqdorlarda to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshlariga
nisbatan koeffitsiyentlarda): 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha
— 0,3; 15 yildan 20 yilgacha — 0,4; 20 yildan 25 yilgacha — 0,5; 25 yildan ortiq — 0,6. Ko‘p yillik
xizmatlari uchun mukofot puli olish huquqini beradigan ish staji O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi bilan kelishilgan holda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga
muvofiq hisoblanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
6. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalini takomillashtirish bo‘yicha chora-
tadbirlar kompleksi 
1-ilovaga
muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida joylashtirish uchun ochiq ma’lumotlar
to‘plamlari ro‘yxatini tuzishda ustuvor xalqaro ma’lumotlar bazalarini o‘rganib chiqish uchun mas’ul
vazirlik va idoralar ro‘yxati 
2-ilovaga 
muvofiq;
“Ochiq ma’lumotlar global indeksi” va “Ochiq ma’lumotlar barometri” talablariga muvofiq
ma’lumotlarning ochiqlik holatini o‘rganish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq
ma’lumotlar portalida tegishli indikatorlarni joylashtirish uchun mas’ul vazirlik va idoralar ro‘yxati 
3-
ilovaga 
muvofiq;
Alohida tarkibiy indikatorlar bo‘yicha Statistika salohiyati indeksida mamlakatning o‘rnini
yaxshilashga oid “Yo‘l xaritasi” 
4-ilovaga 
muvofiq;

Yüklə 216,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə