Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet



Yüklə 88 Kb.
səhifə1/2
tarix18.09.2023
ölçüsü88 Kb.
#122246
  1   2
moliyaviy nazoratni iqtisodiy mohiyati


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET

______________________________” FANIDAN




MAVZU: Moliyaviy nazoratni iqtisodiy mohiyati

Bajardi: ________ guruh talabaasi _________________________________
Ilmiy rahbar: _______________________


Ro‘yxatga olindi №___________
___”____________2023 y. ________
(imzo)



Himoyaga tavsiya etildi (etilmadi)
___” ____________ 2023 y.

Ilmiy rahbar imzosi: ____________


Bahosi: _________
Komissiya a’zolari:
___________________ _________
___________________ _________
___________________ _________



TOSHKENT-2023
Moliyaviy nazoratni iqtisodiy mohiyati

Reja:

Kirish



  1. Moliyaviy nazoratni iqtisodiy mohiyati funksiyalari.

  2. Nazorat organlari faoliyatining tahlili.

  3. Hozirgi sharoitda moliyaviy nazoratni tahlil etishni yanada takomillashtirish masalalari.

Xulosa



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror o’sishini ta’minlashda asosiy rolni korxonalar o’ynaydi, chunki ularda yalpi ichki mahsulot yaratiladi. Shuning uchun ham korxonalarni moliyaviy holatiga alohida e’tibor berilmoqda. Bunda ularning moliyasini nazorat qilish muhim ahamiyatga egadir.
Korxonalar moliyasi – moliya tizimining ajralmas qismi bo’lib , uni nazorat
qilish va faoliyatini samarali tashkil etilganligini baholash hozirgi davrning eng
muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Chunki moliyaviy nazorat korxonalar
moliyasini boshqarishning muhim elementi bo’lib , ularning moliyaviy resurslardan
oqilona foydalanishini ta’minlab beradigan eng maqbul vositadir. Xo’jalik- moliyaviy holatini baholash va tahlil etish jarayonida korxonaning iqtisodiy
salohiyati namoyon bo’ladi. Bu jarayonning to’gri‘ olib borilishi natijasida xo‘jalik
yurituvchi sub’ektning faoliyati yaxshilanishi, resurslardan oqilona foydalanilishi,
raqobatbardoshlik oshirilishi va boshqa zaruriy xulosalar chiqarilishiga imkon
yaratadi.
Davlatimiz Prezidenti Islom Karimov “Jahon bozorlarida raqobat tobora
kuchayib borayotgan bugungi sharoitda iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini
tubdan oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni qo’llab -quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlarining eskport faoliyatidagi ishtirokini har tomonlama
rag‘batlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi”1 deb ta’kidlaydi. Shunday ekan yuqoridagi yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan ushbu ustuvor yo’nalishl;arni samarali amalga oshirilishini moliyaviy nazoratsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy va iqtisodiy muammolari atroflicha o’rganib chiqilib va ularning muqobil yechimlari, ularni bartaraf etish choralarini topishda moliyaviy nazoratning roli va hamiyatini yanada chuqurroq asoslab berilishi zarur. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning moliyaviy barqarorligini hamda ularning sog’lomligini ta’minlash, chet el korxonalariga raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, ularni samarali faoliyat olib borishlarini ta’minlab berishga doir qarorlar qabul qilish uchun samarali moliyaviy nazorat mexanizmini ishlab chiqish alohida ahamiyatga ega.
Amaliyotda korxonalar ustidan moliyaviy nazoratni kompleks tarzda olib borilishi uchun nazariy va huquqiy bazaning takomillashmagani, korxonalar tomonidan nazoratning mohiyati to’liq tushunib yetilmagani, nazoratni olib borish uslubiyotining cheklanganligi va chet el tajribalaridan to’g’ri foydalanish masalalarining ko’rib chiqilmagani moliyaviy nazoratni olib borishda bir qator salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Jumladan, nazoratning haddan tashqari cho’zilib ketishi, belgilangan ish grafigiga amal qilmaslik oqibatida o’tkazilayotgan nazorat korxonalar xo’jalik faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda . Shuningdek, xo’jalik sub’ekti tomonidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan axborotning oshkor etilmasligi nazoratning ishonchliligiga ta’sir ko’rsatmoqda.
Ushbu muammolarni bartaraf etish bo’yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.
Kurs ishining maqsadi O’zbekiston Respublikasida korxonalar moliyasining nazorat qilishni iqtisodiy mohiyati, usullari va ularni tashkil etish holatini o’rgangan holda mavjud muammolarni aniqlash hamda larni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
- moliyaviy nazoratning iqtisodiy mazmun va mohiyatini yoritib berish;
- moliyaviy nazoratning turlari, shakllari va usullarini o’rganish:
- korxonalarni davlat tomonidan soliq nazoratini amalga oshirishni tahlil
qilish;

  • faoliyatida audit nazoratining ahamiyatini asoslab berish;

-korxonalar moliyaviy nazorati bilan bog’liq muammolarni aniqlash va ularni yechish uchun nazariy va amaliy tavfsiyalar berishdan iborat.


Kurs ishining predmeti. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar moliyaviy nazoratining olib borilishida vujudga keltirilgan iqtisodiy munosabatlar tizimi ishning predmeti hisoblanadi.



  1. Yüklə 88 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə