Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


Moliyaviy nazoratni iqtisodiy mohiyati funksiyalari



Yüklə 88 Kb.
səhifə2/2
tarix18.09.2023
ölçüsü88 Kb.
#122246
1   2
moliyaviy nazoratni iqtisodiy mohiyati

Moliyaviy nazoratni iqtisodiy mohiyati funksiyalari.

Moliyaning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan o’ziga xosligi uning iqtisodiy kategoriya sifatida nazorat funksiyasini bajarishi hisoblanadi. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning instrumenti hisoblanuvchi moliya taqsimlash jarayonini obyektiv aks ettirib beradi. Moliyaning nazorat funksiyasi markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini tashkil qilinishi va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha YAIMni taqsimlanish jarayonida paydo buladi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy nazorat ijtimoiy va xususiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy texnik taraqqiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishini ta’minlashga yo‘naltirilgandir. Moliyaviy nazorat ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini qamrab oladi. Chunki moliyaning taqsimlash obyekti YAIM hisoblanib YAIM umumity tarzda 2 qismdan tashkil topadi: Moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari. Moliyaviy nazorat jamiyat iqtisodiyotidagi iqtisodiy samaradorlikni rag’batlantirish, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini imkoniyat darajasida iqtisod qilishga yo‘naltirilgan.
Moliyaviy nazoratning muhim vazifalaridan biri moliyaviy masalalar bo‘yicha qonunchilikka rioya qilish, xo’jalik subyektlarining budjet tizimi, kredit tizimi, soliq tizimi hamda korxona va tashkilotlar bilan o’zaro hisob kitoblar va to’lovlar bo‘yicha o’zaro moliyaviy majburiyatlarga aniq rioya qilishni tekshirish hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat odatda 2 asosiy jihatlarda ko’rib o‘tiladi:
1) Barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishini nazorat qilish uchun tashkil qilingan maxsus nazorat organlarining faoliyati.
2)Moliyaviy operatsiyalarni maqsadga muvofiqligi va samaradorligini ta’minlash maqsadidagi makro va mikrodarajalarda moliyaviy boshqaruv va pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elementi sifatida.
Ikkala jihati ham o’zaro bog’liq bo’lib, ular o’zlarining amalga oshirish maqsadlari, usullari va nazorat subyektlari bilangina farqlanadilar. Agar birinchi jihatda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari qamrab olinsa ikkinchi holatda asosiy e’tibor moliyaviy nazoratning analitik tomonlariga qaratiladi.
Iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazorat 2 o’zaro amal qilvchi sohalarga bo’linadi: Davlat moliyaviy nazorati va nodavlat moliyaviy nazorati.
Davlat moliyaviy nazorati – Davlatning asosiy qonuniga asoslanuvchi davlat xokimiyati va boshqaruv organlari xuquqiy-iqtisodiy faoliyatining kompleks va maqsadli yo‘naltirilgan tizimidir.Moliyaviy nazoratni tashkil qilishdagi aniqlovchi rolni mamlakatnng konstitutsiyasi o’ynaydi. Moliyaviy nazoratning huquqiy reglamenti davlatlarning turlariga, uning ijtimoiy-siyosiy ko’rsatkichiga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga, mulk munosabatlariga bog’liqdir.
Davlat moliyaviy nazorati mamlakat miqyosida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni qiymat nisbatlarida taqsimlashni qamrab oladi. Davlat moliyaviy nazorati davlat pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan bog’liq davlat pul resurslari oqimlarini muvofiqlashtiradi. Davlat nazoratchilariga davlat sektorida amalga oshiriladigan taftish va tekshirish bilan birga agar xususiy va korporativ sektorda nazorat o’tkaziladigan obyekt umummilliy iqtisodiy manfaatlariga ega bo’lsa taftish va tekshirish huquqi beriladi.
Nodavlat moliyaviy nazorati ichki(ichki firma, korporativ) va tashki(auuditorlik) nazoratlariga bo’linadi.
Nazoratning davlat va nodavlat turlari o’tkazish usullariga ko’ra o’xshash bo’lishi bilan birgalikda oxirgi maqsadlari bo‘yicha bir biridan keskin far q qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi- davlat g’aznasi uchun pul resurslarini maksimal darajada tushishini nazorat qilish va davlat xarajatlarini minimal ravishda amalga oshirishni nazorat qilish ya’ni tejamkorlikka rioya qilish hisoblanadi. Nodavlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi esa- xo’jalik subyektlari tomonidan davlat hisobiga soliqlar va boshqa iqtisodiy agentlarga qilinadigan xarajatlarni minimallashtirish hisobiga qo’yilgan kapitallar hisobiga foyda normasini oshirish hisoblanadi.



1 Karimov.I.A. Bosh maqsadimiz – iqtisodiyotimizda olib borilayotgan islohotlarni va tarkibiy o’zgarishlarni keskin chuqurlashtirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikkka keng yo’l ochib berishdir: Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza-Toshkent “O’zbekiston”, 2016.-88b.

Yüklə 88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə