“Yosh mutaxassislar” ilmiy – amaliy jurnali 2023-yil 8-son



Yüklə 28,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü28,11 Kb.
#167571
  1   2
ishlab-chiqarishni-modernizatsiyalash



“YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 8-SON 
143 
“Data science technology and new innovation” mavzusidagi onlayn ilmiy konferensiyasi 
ISHLAB CHIQARISHNI MODERNIZATSIYALASH 
Baxromov Azizbek Alisher o‘g‘li 
Farg‘ona Politexnika Instituti tayanch doktoranti. 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8290458
 
 
Qabul qilindi: 28.08.2023 
Crossref DOI: 10.24412/cl-37059-2023-08-143-145 
UDK: 658.589 
Annotatsiya:
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni 
zamonaviy texnalogiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, 
tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora tadbirlarni o‘z 
ichiga oluvchi jarayon. 
Kalit so‘zlar:
samaradorlik, barqarorlik, texnalogiya, texnika, ishlab 
chiqarish. 
Аннотация:
Модернизация производства – это процесс, включающий 
в себя такие мероприятия, как оснащение производства современными 
технологиями, его моральное обновление, структурно-техническая и 
технологическая перестройка. 
Ключевые слова:
эффективность, стабильность, технология, техника, 
производство. 
KIRISH. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy 
texnalogiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan 
texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi 
jarayondir.
TADQIQOT OBYEKTI VA METODLARI. 
Korxonalarni texnik va texnologik yangilash – alohida ishlab chiqarish 
turlarini zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnalogiyalarni kiritish, 
ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyashtirish va avtomatlashtirish
eskirgan qurilma va uskunalarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish 
tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo‘li bilan, korxonaning texnik darajasini 
oshirish bo‘yicha chora – tadbirlar majmuasi.
Korxonani rekontruksiylash – korxonadagi texnologiya jarayonlarini 
takomillashtirish va yangi ishlab chiqarish vositalari bilan qayta jihozlash 
maqsadida zaruriy qurilish – montaj ishlarini bajarish orqali amalga oshiriladi. 


“YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 8-SON 
144 
“Data science technology and new innovation” mavzusidagi onlayn ilmiy konferensiyasi 
Korxonalarni modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishning xar bir 
obyekti bo‘yicha samaradorligi aniqlanadi. 
Samaradorlik – bu foydalilik natijalikdir. Samaradorlikni aniqlash uchun 
natijani shu natijaga erishishga sarflagan xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash 
kerak. Samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish 
uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir. 
Ishlab chiqarish – texnik vazifani hal etishning biror variyantining ijtimoiy 
iqtisodiy afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variyantlardan eng samaralisini 
tanlab olish maqsadida aniqlanadigan samaradorlik qiyosiy samaradorlik deb 
ataladi.
Qiyosiy samaradorlik ikki va undan ortiq variyantni taqqoslash va shu asosda 
bir variyantning boshqa variyantlardan ustunligi va optimalligini aniqlab beradi. 
Optimal variyantni tanlash hamda uni asoslash uchun qo‘shimcha kapital 
mablag‘larning qoplanish muddati yoki qiyosiy samaradorlik koeffisentini 
hisoblab chiqish va ular miqdorini normativ qiymati bilan taqqoslash kerak. Ish 
haqi yollanma xodim daromadining elementi, unga tegishli ish kuchiga bo‘lgan 
mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarish shaklidir. Shu bilan 
birga ish beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga to‘lanadigan haq ishlab 
chiqarish xarajatlarining elementlaridan biri hisoblanadi. Ish beruvchi mehnat 
resurslaridan ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida foydalanish uchun uni xarid 
qiladi.
Mehnat unumdorligi omilining o‘sishi hisobiga ishlovchilar sonining 
nisbatan ozod bo‘lishi (bazali davrida barcha ishchilarga nisbatan foizlarda). 
Ma’lumki, konchilik korxonalarida ish tartibi ikki xil bo‘lishi mumkin – uzlukli 
va uzluksiz ish rejimlari. Yillik uzluksiz ish tartibi, asosan, konlarni er osti usulida 
qazib oluvchi kichik, konchilik korxonalarida qo‘llaniladi. Bu rejimda korxona, 
uchastka va sexlar haftada 5 yoki 6 kun ishlaydi, 1 yoki 2 kun dam olish kuni 
bo‘ladi. 
Uzluksiz ish tartibi katta unumdorlikka ega bo‘lgan shaxta va karerlarda 
qo‘llaniladi. Bu rejimda yilning 360 yoki 356 kuni ish kuni bo‘lib, 5 kun yoki 9 
ta bayram kunlari ta’mirlash ishlariga ajratiladi. 

Yüklə 28,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə