Mikroiqtisodiyot Bajardi: Tog’aymurotov Abror



Yüklə 6,1 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü6,1 Kb.
#164420
Mikroiqtisodiyot

Mikroiqtisodiyot

Bajardi: Tog’aymurotov Abror


Mavzu: Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish
Reja:
  • Raqobatlashgan mеhnat bozori.
  • Minimal ish haqi
  • Monopolistik mehnat bozori

1.Raqobatlashgan mеhnat bozori
Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, yer va boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va taklif iste′mol tovarlari bozori ta′sirida shakllanadi. Shuning uchun ham resurslarga bo`lgan talab hosila talab bo`lib, firmaning ishlab chiqarish hajmidan va uning xarajatlariga bog`liq. Ishchi kuchiga bo`lgan talabni alohida firma uchun qaraymiz. Bozor (tarmoq) talabini aniqlash uchun tarmoqqa qarashli firmalar talablari yig`ib chiqiladi.
Firma ishlab chiqarish omillaridan foydalanib mahsulot ishlab chiqaradi. Boshqaruvchi firmaga yana qo`shimcha qancha ishchi kuchini yollashni aniqlamoqchi. Buning uchun firma har bir qo`shimcha ishchi kuchini yollashdan qancha daromad olishni va ushbu birlik yollangan ishchi kuchidan foydalanish uchun qancha xarajat ketishini bilishi kerak bo`ladi. Qo`shimcha yollangan bitta ishchi kuchidan olinadigan qo`shimcha daromad mehnatning chekli daromadliligi deyiladi va u MRPL orqali belgilanadi.
Mehnatning chekli daromadliligi MRPL ning iqtisodiy ma′nosi shundan iboratki, ya′ni u qo`shimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanib qo`shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ( ) MPL , qo`shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotdan olinadigan qo`shimcha daromad MR ga ko`paytirish orqali aniqlanadi: MRPL  MPL MR (1), bu yerda MRPL - mehnatning chekli daromadliligi; MPL - mehnatning chekli mahsuloti; MR - chekli daromad.

Ushbu muhim bo`lgan (1) munosabat iste′mol bozori raqobatlashganmi yoki yo`qmi har qanday raqobatlashgan omillar bozori uchun o`rinlidir. Masalan, kapital bozori uchun: MRP MP MR, K K   bu yerda MRPK - kapitalning chekli daromadliligi; MPK - kapitalning 291 chekli mahsuloti; MR - chekli daromad. Yer bozori uchun: MRPt  MPt  MR.

Ushbu muhim bo`lgan (1) munosabat iste′mol bozori raqobatlashganmi yoki yo`qmi har qanday raqobatlashgan omillar bozori uchun o`rinlidir. Masalan, kapital bozori uchun: MRP MP MR, K K   bu yerda MRPK - kapitalning chekli daromadliligi; MPK - kapitalning 291 chekli mahsuloti; MR - chekli daromad. Yer bozori uchun: MRPt  MPt  MR.

Raqobatlashgan bozor sharoitida chekli daromad bozor narxiga teng, ya′ni MR  P bo`lgani uchun, chekli mehnat daromadliligi quyidagicha aniqlanadi: MRP MP P, L L   (2). Chekli daromadning kamayish qonuniga ko`ra, mehnatning chekli mahsuloti ish vaqti uzayishi bilan kamayib boradi. Demak, MRPL chizig`i narx o`zgarmasa ham pastga qarab yo`nalgan bo`ladi (17.1-rasm).

2.Minimal ish haqi


Minimal ish haqi davlat tomonidan qonun orqali o`rnatiladi. Ko`p hollarda minimal ish haqi muvozanat ish haqi darajasidan yuqori qilib o`rnatiladi. Bunday holda umumiy o`rtacha ish haqi oshadi, lekin ishchilarni ishga yollash soni qisqaradi. Minimal ish haqini o`rnatilishini va uni oshirilishini kasaba uyushmalari ham ko`pincha talab qilib chiqadilar.
Minimal ish haqi ko`proq malakasiz ishchilar va ish topa olmagan ishchilarga salbiy ta′sir ko`rsatadi. Nima uchun deganda, malakali ishchilarga talab har doim mavjud bo`ladi, shu sababli ular minimal ish haqining oshishidan yutadilar. Umuman, minimal ish haqining ortishi, ish bilan band bo`lgan aholining yuqoriroq daromad olishini ta`minlaydi. Minimal ish haqi oshganda, mehnatga haq to`lashning barcha stavkalari qaytadan ko`rib chiqiladi va oshiriladi (17.13-rasm).

3.Monopolistik mehnat bozori


Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat E nuqtada o`rnatiladi va Le ishchi ish bilan ta`minlanib, We ish haqi oladi. Mehnat bozorida kasaba uyushmasi monopol hokimiyatga ega bo`lganligi uchun, u band bo`lgan ishchilar sonini Le dan LM ga qisqartirib, ish haqini We dan WM ga oshirishi mumkin. Ishchilar oladigan al`ternativ foyda (iqtisodiy renta) ANMWM to`rtburchak yuziga teng.
Mehnat bozoridagi ikki tomonlama monopoliya. Bunday bozorda monopsonist firmaga ishchi kuchini taklif qiluvchi monopolist (kasaba uyushmasi) turadi.
Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat E nuqtada o`rnatilgan bo`lar edi. Bu nuqtada mehnatga bo`lgan talab DL va taklif S L chiziqlari kesishadi. Muvozanat holatda Le ishchi ish bilan band bo`lib, We ish haqi oladi. Lekin, monopsonist firma ish bilan band bo`lgan ishchilar sonini Le dan LM gacha qisqartirib, ish haqini We dan WM gacha qisqartirishga W WN WM We MRC L 0 L SL Le DL M R N LM E 0 E M LN 304 harakat qiladi. Kasaba uyushmalari (monopolist) ish kuchi taklifini qisqartirib, ( LN gacha), ish haqini WN gacha ko`tarishga harakat qiladi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 6,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə