1-mавзу. Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari, maqsadlari va vazifalari


Innovatsion menejmentning mohiyati va vazifalari



Yüklə 83,2 Kb.
səhifə2/4
tarix26.01.2023
ölçüsü83,2 Kb.
#99388
1   2   3   4
1-màâçó. Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari, maqsadl

1.2.Innovatsion menejmentning mohiyati va vazifalari
Innovatsion menejment – bu innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat, bu faoliyat bilan band bo’lgan tashkiliy tuzilmalar va ularning xodimlarini boshqarish tamoyillari, usullari va shakllarining majmuasidir. Menejmentning har qanday boshqa sohalari kabi, innovatsion menejment uchun ham quyidagilar xos: maqsadni qo’yish va strategiyani tanlash davraning to’rtta bosqichi:

  1. rejalashtirish;

  2. shartlarni belgilash va tashkli qilish;

  3. ijro etish;

  4. rahbarlik.

.

1.1. - rasm. Innovatsion menejmentning bosqichlari


Innovatsion menejmentning bosqichlari 1.1 chizmaida berilgan.
Davraning har bir bosqichida belgilangan vazifalar hal qilinadi. Birinchi – rejalashtirish bosqichida – strategiyani amalga oshirish rejasi tuziladi. Ikkinchisida – shartlar va tashkil qilish belgilanadi, ya’ni innovatsion davrning har xil pallalarini amalga oshirish uchun resurslarni belgilash, xodimlar oldiga vazifalarni qo’yish, ishni tashkil qilish ketadi. Ijro etish bosqichida tekshirishlar va ishlab chiqishlar bajariladi, reja amalga oshiriladi. Rahbarlik bosqichi nazorat va tahlilga tuzatish kiritish va tajriba to’plashni ko’zda tutadi
Bu yerda innovatsion loyihalar, innovatsion boshqaruv qarorlari, yangiliklarni qo’llashning samaradorligi baholanadi.
Innovatsion jarayon (IJ) davriy xarakterga ega. Innovatsion jarayonni ifodalovchi faoliyat inson mehnatini taqsimlanishi natijasida ajralib chiqqan, bir birlaridan farqlanuvchi alohida vazifaviy, tashkiliy birliklarga bo’linadi. Innovatsion jarayonning iqtisodiy va texnologik ta’siri faqat yangi mahsulotlar yoki texnologiyalarda qisman ro’yobga chiqadi.2
U ancha ko’proq yangi texnikani vujudga kelishining shart – sharoiti sifatida iqtisodiy va ilmiy – texnik salohiyatni ko’payishida namoyon bo’ladi, ya’ni innovatsion tizim va uning tarkibiy elementlarining texnologik darajasi oshadi, shuning bilan innovatsiyalarga moyillik ham oshadi.
Innovatsion jarayonni umumiy ko’rinishda quyidagi zanjir ko’rinishida yozish mumkin:
FT – AT – I – L – Q – O’- S ICH – M – Sot,
bu yerda:
FT va AT – fundamental va amaliy tadqiqotlar;
I – ishlama;
L – loyihalashtirish;
Q – qurilish;
O’ – o’zlashtirish;
SICH – sanoat ishlab chiqarish;
M – marketing;
Sot – sotish.
Bu zanjirni tahlil qilish uchun uning har xil elementlari o’rtasidagi teskari aloqa omillaridan abstraklashish (predmetlar va ular o’rtasidagi munosabatlarning bir qator xususiyatlaridan ularning muhim alomatlarini ajratish maqsadida hayolan chalg’imoq), FT – O’ davrasi uzunligini (u 10 yildan ko’proq davom etishi mumkin) va jaraynlardan har biri (FT – AT; L - Q)ning nisbiy mustaqilligini hisobga olish zarur. Ilmiy faoliyat tushunchasi bilan bog’liq fundamental (nazariy) tadqiqot, har qanday innovatsion jarayonning boshlang’ich bosqichi bo’ladi. Albatta, davraning har bir alohida elementi fundamental tadqiqot bilan bog’liq ilmiy faoliyat bilan to’ldirilgan. SHu narsa xarakterliki, FT dan SICH gacha yangi mu’lumotlarning miqdori kamayib boradi. Bunda tadqiqot faoliyati borgan sari ko’nikmalar, tajribalar va standartli usullar bilan almashib boradi.
Agar FT ning yakuniy natijasi haqida gap ketsa, unda faqat savol nazariyasi sohasidagi yangi, ajoyib, isbotlangan ma’lumotlar va axborotlarni olish va qayta ishlashga qaratilgan tadqiqot faoliyatini ajratish kerak. Nazariy tadqiqot bevosita aniq amaliy vazifalarni yechish bilan bog’lanmagan, ammo xuddi uning o’zi innovatsion jarayonning poydevoridir. SHuning bilan birga nazariy tadqiqotlarning zarurligi amaliyotning ehtiyojlari va predmet haqidagi oldingi bilimlarning sintezi bilan asoslanishi mumkin.
Fundamental tadqiqotlar, qoidaga ko’ra, amaliy tadqiqotlarda ro’yobga chiqadilar, ammo bu narsa darhol sodir bo’lmaydi. Faqat ba’zi bir tadqiqotlar AT – I – L va h.k. ro’yobga chiqadilar. Fundamental tadqiqotlar mavzularining taxminan 90 % salbiy natijaga ega bo’lishi mumkin. Ijobiy natijaga ega qolgan 10 % dan hammasi ham amaliyotda qo’llanilmaydi. Fundamental tadqiqotning maqsadi – jarayon (masala nazariyasi)ni anglash va rivojlantirishdir.
Amaliy tadqiqotlar (AT) butunlay boshqa maqsadga qaratilganliklarga egalar. Bu “bilimlarni moddiy holat” ga keltirish, ularni ishlab chiqarish jarayonida o’zgartirish, yangi mahsulot, texnologik chizmalar va h.k. topshirishdir.
Ishlamalar natijasida yangi mashinalar (uskunalar)ning konstruktsiyasi yaratiladi va jarayon loyihalashtirish (L), ko’rish, o’zlashtirish (O’) va sanoat ishlab chiqarishi (SICH) davrlariga o’tadi. M va Sot davrlari to’g’ridan – to’g’ri innovatsion jarayon natijalarini tijoratli sotish bilan bog’liqdir.



Yüklə 83,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə