Uzatmalar qutilari konstruksiyasi Reja



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə1/11
tarix19.12.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#150970
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Uzatmalar qutilari konstruksiyasi


Uzatmalar qutilari konstruksiyasi


Reja:



  1. Avtomobil va traktorlar uzatma qutilari va variatorlar.

  2. Uzatma qutisi, tarqatish qutilarining turlari

  3. Uzatmalar qutilarini boshqarish mexanizmlari

  4. Uzatmalarning uzatish sonini aniqlash va tanlash

  5. Pog‘anali va pog‘anasiz uzatmalar qutisi



Uzatmalar qutisining vazifasi va ishlash prinsipi. Uzatmalar qutisi avtomobilni o‘rnidan jildirishda va uni tezlatishda dvigateldan yetaklovchi g‘ildiraklarga uzatilayotgan aylantiruvchi momentni keng diapazonda o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Bulardan tashqari, uzatmalar qutisi avtomobilni orqaga yurishini ta'minlaydi hamda avtomobil to‘xtab turganda yoki harakatlanayotgan chog‘ida dvigatelni (salt ishlayotgan paytida) yetaklovchi g‘ildiraklardan ancha vaqtga uzib qo‘yishga imkon beradi.
Zamonaviy avtomobillarda ko‘pincha tishli shesternalari bo‘lgan pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi ishlatiladi. Oldinga yurish uzatmalarining miqdori, odatda orqaga yurish uzatmasini hisobga olmaganda to‘rt yoki beshta bo‘ladi.
Beshinchi uzatmaning uzatish soni ko‘p hollarda 1,0 dan kichik qilib tayyorlanadi va "tezlatuvchi" yoki "tejamkor" bo‘ladi, chunki avtomobilning yuqori tezligiga yaqinlashgan tezliklarda dvigatel aylanishlar chastotasini pasaytirishga va birmuncha yonilg‘i tejashga imkon beradi.
Mexanik qutilarda uzatmalarni ahnashlab ulash boshqa shestemalar bilan navbatma-navbat ilashadigan shesternalarni surish yoki sinxronizatorlar yordamida shestemalarni valga blokirovka qilish bilan amalga oshiriladi. Sinxronizatorlar, ulanadigan shesternalarning aylanishlar chastotasini tenglashtiradi va ulardan birini yetaklanuvchi valga blokirovka qiladi. Shestemalar yoki sinxronizatorlar surilishini boshqarishni haydovchi ilashma ajratilgan paytda amalga oshiradi. Oldinga yurish uzatmalarining soniga qarab uzatmalar qutisi uch, to‘rt va hokazo pog‘onali bo‘ladi.
Uzatmalar qutisining ishlash prinsipini uch pog‘onali uzatmalar qutisi chizmasida (10-rasm) ko‘rib chiqish mumkin. Qutining asosiy detallari quti korpusiga o‘rnatilgan yetaklovchi val (1), yetaklanuvchi val (5) va oraliq valdir (6). Birlamchi (yetaklovchi) valga, oraliq valga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan Z'3 shesterna bilan doimiy ilashishda bo‘ladigan Z3 shesterna qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan. Oraliq valning boshqa Z'2 ,Z'1,va Z'o.yu. shesternalari ham qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan. Yetaklanuvchi valga 5 Z'2 shesterna bilan doimiy ilashishda bo‘lgan Z2 shesterna erkin aylanadigan qilib o‘rnatilgan.
Shesterna Z, va sinxronizator (2) val (5) bilan shlitsalar orqali biriktirilgan, shuning uchun ular val bo‘ylab strelkalar bilan ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda surilish imkoniyatiga ega. Zo shesterna orqaga yurish uzatmasi ulanganda, yetaklanuvchi valning aylanish yo‘nalishini teskari tomonga o‘zgarishini ta'minlaydi.



Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə