1-bob. Avtomobil sanoati va transport 1-§. Avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi



Yüklə 207,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix30.12.2023
ölçüsü207,89 Kb.
#167569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-7-35

Lui Renault 
(1877-1944) Renault firmasining asoschisi; 

André Citroen
 (1878-1935) Citroen kompaniyasining asoschisi; 

Ettore Bugatti 
(1881-1947) Bugatti firmasining asoschisi; 

Kiichiro Toyoda
 (1894-1954) Toyota firmasi asoschisi; 

Enzo Ferrari 
(1898-1988) Ferrari kompaniyasining asoschisi; 

Ferruccio Lamborghini
(1916-1993) Lamborghini kompaniyasining 
asoschisi. 
 
1.2-§. O’zbekistonda avtomobilsozlikning rivojlanish bosqichlari 
O’zbekiston avtoransporti 2021 yilda 100 yoshga to’ldi. 
O‘zbekiston aholisi avtomobilni birinchi marta 1902 yili Namangan shahar 
ko‘chalarida ko‘rdi. U Andreev savdo-sanoat o‘rtoqchiligining ishonchli vakili 
Baklanovga tegishli edi. 
1906 yil dekabrida Farg‘ona-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha doimiy avtobus 
harakati ochiladi. U vaqt bo‘yicha jami yarim soat davom etardi. Chipta juda 
qimmat bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik qiziqish va ko‘ngil ochish uchun 
avtobusdan foydalanar edi. 
1910 yili Toshkentda birinchi sakkizta kam o‘rinli xorijiy rusumli va bir 
dona 40 o‘rinli ―Bents-Gaggenau‖ nemis firmasida chiqarilgan avtobuslar paydo 
bo‘ldi. 
1918 yil 31 martda ―Respublika avtomobil xo‘jaligini qayta tashkil etish va 
markazlashtirish haqida‖ dekret qabul qilindi. Bu xujjat bilan mavjud avtomobil 
saroyini saqlash va uni ishlatish tartibi belgilab berildi. 


12 
Turkistonda 
avtotransportni 
paydo 
bo’lishining 
boshlanishini 
haqiqatdan 1921 yil deyish mumkin,
chunki xuddi shu yili Turkiston Avtonom 
Sovet Sotsialistik Respublikasi Xalq xo‘jaligini Markaziy Kengashi (XXMK) 
qoshidagi Mehnat va Mudofaa Kengashining (MMK) buyrug‘i bilan avtomobil 
transportiga rahbarlik qilish uchun markaziy avtosektsiya tuzilgan. 
Uning ixtiyorida xorijiy rusumli 40 ta yengil va 15 ta yuk avtomobili 
bo‘lgan. Toshkentda avtomobil ustaxonalari jihozlandi va ish o‘ttiz dona eski 
avtomobillarni ehtiyot qismga ajratishdan boshlandi. 
Avtotransport moddiy bazasining kichikligiga qaramasdan, rejali va 
sistemali boshqaruvni shakllantirish va eng asosiysi yangi transport vositalari bilan 
to‘ldirish, ularni xisoblash, ekspluatatsiya qilishning asosiy va yangi tamoyillarini 
qo‘llash, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta‘mirlashni tashkil 
etish talab etilar edi. 
1921 yil oktyabrda joylardagi transportni bosh boshqarmasi (JTBB) tashkil 
etildi. U avtomobil, aravada tashish, tramvay aloqasi, temir yo‘l stantsiyasida 
ortish-tushirish operatsiyalariga rahbarlik qildi. Uning vazifasiga avtomobil va 
tramvaylarni ekspluatatsiya qilish, ta‘mirlash va saqlash kirar edi. Joylardagi 
transport bosh boshqarmasi ixtiyoriga TASSR avtomobil sektsiyasi ham o‘tadi. 
 
1.4-расм. ―Бенц-Гаггенау‖ немис фирмасида чиқарилган автобус.
 


13 
Narkomprod avtobazasi, Samarqanddagi ikki avtootryad va Poltaratskda (xozirgi 
Ashxabad) bitta - JTBBning butun texnik salohiyati edi. 
Respublikada 
Turkiston 
okrug 
xududidagi 
transportni 
boshqarish 
boshqarmasi tashkil etildi. 1922 yili Turkiston avtomobil saroyi chet eldan sotib 
olingan mashinalar bilan to‘ldirildi va soni 59 dona engil avtomobil va 21 dona 
yuk avtomobiliga etdi. 1924 yili O‘zbekiston har xil xorijiy rusumli 320 dona 
avtomobil saroyiga ega edi, ulardan 223 tasi yuk avtomobillari edi. O‘sha 
vaqtlarda ular tomonidan 145 ming tonna yuk tashilgan edi. 
Mukammal bo‘lmagan avtomobillardan katta samara kutish o‘rinli emas edi. 
Parkdan foydalanish koeffitsienti 0,47 dan oshmas, yo‘ldan foydalanish-0,51, yuk 
ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish-0,73 edi. Kundalik o‘rtacha yurgan yo‘l 80 
kmni, texnik tezlik -8...9 km

soatni tashkil etardi. 1924 yili tuzilgan Toshkentdagi 
birinchi avtobazaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ayrim olganda shunday edi. 
1924 yildan joylardagi avtotransport yangi tashkil etilgan O‘rta Osiyo okrug 
boshqarmasi qaramog‘iga o‘tdi. Xorijiy rusumli avtomobillarni joriy ta‘miri bilan 
1924 yil ochilgan «Uzavtopromtorg» ning Toshkent ustaxonasi shug‘ullana 
boshladi. Mamlakatda avtomobil sanoati rivojlanishi bilan ushbu va boshqa 
ustaxonalar mamlakatimizda chiqarilgan mashina rusumlariga xizmat ko‘rsatishga 
o‘tishdi. 
1925 yili birinchi AMO-F15 (polutorki) avtomobili chiqarildi. 1932 y. shu 
avtomobillarni Gorkiy shahrida ishlab chiqarish boshlandi. 1932 y. Moskvada 
AMO-F15 (yuk ko‘tarish qobiliyati 2,5 t) avtomobilini chiqarishdi, 1934 yili esa 
mashhur ZIS-5 (uch tonnalik) rusumini va ZIS-6 uch o‘qli yuk avtomobilini 
chiqarishga o‘tildi. 
Shu paytlardayoq yo‘ldagi va qurilmadagi sinovlarga (MVTU, professorlar 
Brilling, Chudakov izlanishlari) va poygalarga katta e‘tibor berildi. (1933 y. 
mashhur qoraqum poygasi). 
Bu avtomobillar uchun ta‘mirlash mehnat hajmi juda yuqori bo‘lgan. 
Masalan, har bir ta‘mirga kirgandan keyin karter tagligi ochilib, tayanch va shatun 


14 
podshipniklari qotirilar, agar lozim bo‘lsa almashtirilar edi. ATK sharoitida babbit 
vkladishini qo‘yish va boshqa katta mehnat xajmli ishlar bajarilar edi. 
Avtomobilsozlik –bizninig mustaqil davlatimizda yaratilgan eng yosh 
tarmoqdir. Davlatimizda tasavvur etish qiyin bo‘lgan juda qisqa muddat ichida, 
noyob jixozlanagan avtomobil ishlab chiqarish korxonasi tashkil etildi va u jadal 
rivojlanmoqda. Respublikamiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab, birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan avtomobil sanoati rivojiga katta 
e‘tibor qaratildi. Jumladan, 1992 yil iyun oyida Janubiy Koreya tashrifi chog‘ida 
―DAEWOO‖ zavodi bilan tanishib, hamkorlikda Andijon viloyati Asaka shahrida 
avtomobil zavodini qurish to‘g‘risida Memorandum imzolandi va shu tariqa 
―UzDAEWOO‖ zavodiga asos solindi. 1996 yil 19 iyulda zavod ishga tushishi 
bilan O‘zbekiston dunyodagi o‘z avtomobiliga ega bo‘lgan 28- davlatga aylandi. 
―UzDAEWOO‖ bu Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil ishlab 
chiqaruvchi zavod hisoblanadi. Zavod jahon standartlari talablariga javob beruvchi 
o‘ta zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan bo‘lib, o‘sha vaqtda umumiy 
hisobda yiliga 200 ming dona avtomobil (o‘rta sinfli ―NEXIA‖ avtomobillari - 100 
ming dona, ―TICO‖ avtomobillari - 50 ming dona, ―DAMAS‖ avtomobillari – 50 
ming dona) ishlab chiqarish quvvatiga ega edi. Bu avtomobillarga ehtiyot qism va 
materiallarning o‘zimizda mahalliylashtirish dasturiga asosan ishlab chiqarish joriy 
qilinmoqda. Tinimsiz izlanishlar natijasida ―TICO‖ avtomobili o‘rniga ―MATIZ‖, 
―SPARK‖, ―DAMAS‖ avtomobilining kuchaytirilgan varianti, ―NEXIA‖ 
avtomobili o‘rniga ―NEXIA-2‖, ―LACETTI‖ avtomobillari ishlab chiqarilib, 
Respublikamiz va chet mamalakatlarda avtoishqibozlar e‘tiborini tortmoqda. 
O‘zbekiston avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida GM 
korparatsiyasi bilan shartnoma tuzilib, zavod «GM-Uzbekiston» qo‘shma 
korxonasiga aylantirildi va quvvati yiliga 250 ming donaga oshirildi. 
Shu bilan bir qatorda 1999 yil Samarqand shahrida O‘zbekiston- Turkiya 
qo‘shma korxonasi ―Sam-Koch-avto‖ zavodidan ― OTOYO‘L‖ markali kichik 
rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib, 
ekspluatatsiya qilinmoqda. Keyinchalik bu zavod negizida O‘zbekiston-Yaponiya 


15 
qo‘shma korxonasi ―SamAvto‖ zavodi tashkil etilib, bu zavoddan ham ―ISUZI‖ 
markali kichik rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashgan yuk avtomobillari ishlab 
chiqarilib, ekspluatatsiya qilinmoqda. 
Shuningdek, Samarqandda yana bir O‘zbekiston–Germaniya qo‘shma 
korxonasi ―MAN‖ yuk avtomobillari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod o‘z 
ishini boshlab yubordi. Bundan tashqari Jizzax, Navoiy viloyatlarida ham 
avtomobil zavodlari ishga tushurish arafasida. 
Avtomobilning yuragi hisoblangan motor dunyoda sanoqli davlatlarda ishlab 
chiqariladi. Shu bois, ―GM-MOTOR‖ zavodi qurilishi bilan O‘zbekiston ham shu 
davlatlar qatoriga qo‘shildi. Zavodning hozirgi kundagi quvvati yiliga 225 ming 
dona motor ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. 
Mamalakatimizda avtomobil sanoatining rivojlanishiga juda katta e‘tibor 
qaratilmoqda, jumladan, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Vazirlar 
Mahkamasining 2011 yil 21 yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida olib borilayotgan 
islohotlar ko‘lamiga baho berib: «

Yüklə 207,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə