Ўзбекистоннинг табиий географик районлаштирилиши


O`zbekistonning tekislik provinsiyachasi ustyurt okrugi



Yüklə 72,5 Kb.
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü72,5 Kb.
#157412
1   2   3
FUNKSIONAL RAYONLASHTIRISH VAZIFALARI

O`zbekistonning tekislik provinsiyachasi ustyurt okrugi

Ustyurt okrugi O`zbekistonning eng shimoli-g`arbiy qismida joylashib, shimolda va g`arbda Qozog`iston bilan, janubda Turkmaniston bilan, sharqda esa Quyi Amudaryo okrugi va Orol dengizn bilan chegaralanadi.


Ustyurt ariddenudao`ion plato xisoblanib, mutlok balandligi 100—200 m atrofida bo`lib, atrofi chinklar bilan o`ralgan. Chinklar atrofga ko`plab jarliklar bilan parchalangan, Sharqiy chinklari Orol dengizi qirg`oqlaridai 190 m baland.

Ustyurt platosi geologik tuzilishi jihatidan eshshaleozoy plitasining bir qismi xisoblanib, negizi paleozoy yotqiziqlaridan iborat bo`lib, ustini kalin 3—4,5 km mezozoy va kaynozoy davrining cho`kindi jinslari qoplab olgan. Bu jinslar asosan sarmat va neogon ohaktoshlari, mergellari, gillaridan iborat bo`lib, oralarida tuz qatlamlari ham uchraydi. Plato mezozoy erasida sodir bo`lgan kimmeriy burmalanishida vujudga kelgan deb faraz qilinadi. Atrofidagi chinklar esa tektonik jarayonlar (uzulmalar), Orolning abrazion faoliyati va qadimiy daryo eroziyasi natijasida hosil bo`lgan. Ustyurt okrugida kenglik bo`yicha yo`nalgan bir necha strukturadar mavjud. Platoning shimoliy qismida Shimoliy Ustyurt bukilmasi, uning janubida Kassarma ko`tarilmas; janubroqda Borsakelmas botig`i (bu yyerda negiznipg ugpp 3—4,5 km qalinlikda mezokaynozoy jinslari koplab olgan) joplashgan. Borsakelmas botig`ining janubida Markaziy Ugport (Qorabaur) ko`tarilmasi, uning janubida esa Asakaovdnp Ootngp joylashgan.


Ustyurt relefi uning tektonik xususiyatlariga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq bo`lib, balandliklar antiklinal burma taqalarga, botiqlar esa bukilgan cho`kmalarga to`g`ri ksladi. Shu sababli relefi jihatidan deyarli kenglik bo`yicha joshlashgan beshta mintaqaga — uchta botiqqa va ikkita balandlikka bo`linadi. Okrugning shimolida markazi sho`rxoklardan iborat kichik botiqlar joylashgan bo`lib, mutloq balandliklari atrofida. Bu kichik botiqlar janubga qarab asta-sekin ko`tarilib Kassarma balandligiga aylanadi. Bu yyerlarda kichik kepglik bo`ylab cho`zilgan pasaygan joylar bo`lib, ular karst — suffpzio`ion yo`l, bilan vujudga kelgan.
Kassarma balandligining janubida esa Borsakelmas botig`i joylashib, tubi sho`rxoklikdan iborat. Bu botikning tubining mutloq balandligi 65 m bo`lib, atrofiga balandlashib 130 m ga yyetadigan yassi tekislikka aylanadi. Bu yassi tekislikda sho`r yyerlar va karst voronkalari joylashgan.
Borsakelmas botig`i janubga qarab balandlashib borib, Qorabaur bal,andligiga tutashib ketadi. Qorabaur balandligini usti yassi bo`lib, eng yuqori joyi 286 m ga yyetadi. Qorabaur balandligining janubida esa dengiz satxidan — 27 m pastda turuvchi Asakaovdan botig`i joylashgan. Bu botiq sharqqa qarab davom etib, so`ngra Sariqamish botig`iga tutashib ketadi.
Ustyurt okrugi keskin kontinental iqlim xususiyatiga ega bo`lib, qishi quruq, sovuq, qor qoplami yupqa, yozi esa issik, kuruq bo`lib, uzoq davom etadi. Qishda Ustyurt okrugi Quyi Amudaryo singari shimoli-sharqiy shamollar ta`sirida bo`lib, harorat pasayib ketadi. May oyidan boshlab shimoli-sharqiy shamollar kuchsizlanib, shimoldan va shimoli-g`arbdan shamol esa boshlaydi hamda nam olib keladi. Sentabr oyidan boshlab yana shimoli-sharqiy shamollar esa boshlaydi va xaroratni asta-sekin pasayishiga sababchi bo`ladi.
Ustyurt okrugida yanvarning o`rtacha harorati—11—12°, iyulniki esa 27—28° atrofida o`zgaradi. Qishda ba`zan harorat pasayib, eng past harorat —37° ga, eng yuqori harorat +44°ga yyetadi.
Ustyurt okrugi ancha shimolda joylashganligi tufayli ba, xorgi oxirgi sovuq tushishning o`rtacha muddati may oyining o`rtalariga (14/U), kuzgi birinchi sovuq tushishining o`rtacha muddati esa oktabrning boshlariga (5/X) to`g`ri keladi. Binobarin, sovuq bo`lmaydigan kunlar jumhuriyat bo`yicha, eng kisqa bo`lib, 153 kunni tashkil etadi. Okrugda, shuningdek, kuzgi birinchp sovuq tushishdan oldingi effektiv haroratlarning yig`indisp ham eng kam bo`lib, 1895° ga yyetadi, xolos.
Ustyurt okrugida yillik yog`in mihdori 100—122 m bo`lib fasllar bo`yicha quyidagicha taqsimlangan: qishda 17%, bahorda 34% yozda 23%, kuzda 26%. Ko`rinib turibdiki, eng ko`p yog`in baxorga to`g`ri keladi. Lekin bu okrugda yog`inlar boshqa okruglarga nisbatan yozda ham (23%) ko`proq tushadi. Bunga asosiy sabab, okrutning nisbatan shimolda joylashib, g`arbdan va shimoli-g`arbdan esayotgan havo massalarining ta`siri ko`pligidir.
Ustyurt okrugida oqar suv yo`q. Lekin bahorgi namgarchilik vaqtida berk botiqdar, pastqamliklar suv bilai to`lib, yozda ular burlanib ketadi. Lekin okrugda yyer osti suvlari mavjud bo`lib, ular qum va Sarmat hamda paleogen yotqiziqlari orasida joylashgan. Ularning chuqurligi 20—50 m atrofida bo`lib, aksariyati sho`r. So`nggi davrlarda olib borilgan gidrogeologik tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha okrug hududida bo`r davr yot;hiziklari orasida oz miqdorda minerallashgan suvlar mavjudligi aniqlandi. Okrug xududida yyer osti suvlarining diyaamik miqdori sekundiga 1,2 kubometrni tashkil etadi.
Ustyurt okrugi relefining ko`p qismi tekis bo`lganligidan umumiy maydonining 90 foizi surqo`ng`ir tuproqlidir. Bu tuproq yupqa bo`lib (50—70 sm gacha) undagi chirindi miqdori juda kam (0,5—0,8%). Lekin tuproqda gips miqdori ko`p bo`lib, sho`r.lashgan (tuzlar miqdori 1,5%). Okrugdagi botiqlarda, xususan Borsakelmas botig`ida sho`rxoklar,, sho`rxok-botqoqlar mavjud, Asakaovdan botig`ida esa taqirli tuproq, taqir sho`rxok tuproqlar uchraydi. Borsakelmas botig`ining shimoliy qismlarida esa qum va qumli tuproqlar mavjud.
Ustyurt okrugida o`simliklar siyrak o`sib, asosan shuvoq va sho`ralardan iborat. Ustyurt gilli va gilli sharalli cho`l landshaftidan iborat bo`lib, ular orasida sho`rxoklar (botiqlarda) va qumlar (shimoldda) ham mavjud. Okrugda shuvoqlardan tashqari qirqbo`g`in, kovrak, qora saksovul, burgan, tetir, sarisazon, iloq kabilar ham o`sadi. Botiqlarda asosan bo`yi 3—4 metrga yyetuvchi qora saksovul, kovrak, sersazan o`sadi. Okrugning qolgan qismlarida bahorda efemer va efemeroid o`simliklari o`sib, kun isishi bilan ular qurib qoladi, so`ngra shuvaq, burgan, tetar (yertezak), shura kabilar o`z vegetao`iyasini davom ettiradi. Qumli yyerlarda saksovullar, ular orasida esa iloq o`sadi.
Ustyurt okrugining xayvonlari cho`lga xos bo`lib jayron, sayg`oq, bo`ri, tulki, yumronqoziq, qo`shoyoq, qumsichkon yashaydi. Okrugda qushlardan to`rg`ay, krra karg`a, xo`jasavdogar, kuzrun, suvli yyerlarda o`rdak, qirg`ovul kabilar uchraydi.
Ustyurt okrugida O`zbekiston «Qizil kitobi»ga kirgan va yo`qolish arafasida turgan hayvonlardan katta shomshapalak, qoplon (gepard), Ustyurt qo`yi, noyeb turlardan olako`zan, xind asalxo`ri, qoraquloq, jayron kabilar mavjud. Ustyurtda yo`qolish arafasida turgan Ustyurt qoplonini va Ustyurt quyini muhofaza ostiga oliga maqsadida qo`riqxona tashkil etish zarur. Sayg`oq keng tarqalgan. Ustyurt okrugida tabiiy boyliklardan neft va gaz konlari topildi. Bulardan tashqari yyer osti suvlari, chorva mollar uchun yyem xashak o`simliklari (tetir, burgun butasi, shuvoq, saksovul va boshqalar) ham mavjud.
L. N. Babushkin, N. A. Kogay Ustyurt okrugining iqlim va tuproq, o`simlik sharoitiga qarab Shimoliy Ustyurt, O`rta Ustyurt, Janubiy Ustyurt deb uchta tabiiy geografik rayonga bo`ladi.
I. Shimoliy Ustyurt tabiiy-geografik rayoni okrugning eng shimoliy, mutloq balandligi 150 m bo`lgan qismlarini o`z ichiga oladi.
Rayon, davomli sovuq (yanvarning o`rtacha harorati—9—11 ) kish, issiq (iyulning o`rtacha harorati 26—27°) yoz bilan tavsiflanadi. Bu rayonda vegetao`iyali qish kuzatilmaydi. +10° dan yuqory bo`lgan davrdagi haroratning yig`indisi 3660°. Ohaktosh va gips jinslari negizida vujudga kelgan qumoq qumli sur qo`ng`ir tuproqlarda burgan, bayalich, shuvoq kabi o`simliklar o`sadi. Shimoliy Ustyurt rayoni quyidagi landshaftlarga bo`linadi: Rayon hududining 90 foizini egallagan, uning shimoliy qismida joylashgan burganbayalich formao`iyasi mavjud bo`lgan qumoq va kumli surqo`ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti.
Burgan o`suvchi sho`rxok, surqo`ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti. Sarisazan o`suvchi sho`rxokli mezokaynazoy negizli berk (Jarinquduq botig`i) botiq landshafti. Burgan bilan qoplangan surqo`ng`ir tuproqli (Ustyurt ping sharqiy chinklari) chink landshafti. II. Markaziy Ustyurt tabiiy-geografik rayoni — okrugning markaziy qismidagi past mutloq balandligi 71 m (asosan Borsakelmas botig`ini) va undan badand (150 m gacha) bo`lgan joylarni o`z ichiga oladi.
Rayon iqlimiy xususiyatiga ko`ra Shimoliy Ustyurtdan kam farq qiladi. Asosiy tuprog`i surqo`ng`ir tuproq bo`lib, botiqlarida esa sho`rxoklar keng tarqalgan, binobarin, asosiy o`simligi sho`ra va burgandir. Rayon quyidagi landshaftlarga bo`dinadi: Rayoning eng g`arbiy kismida joylashgan burgan o`suvchi qumoq, surqo`ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti. Rayonning janubiy qismida o`rnashgan burgan bilan band bo`lgan sho`rlashgan surqo`ng`ir tuproqli neogen platolar land shafti. Borsa-kelmas botig`ining shimoli-g`arbida va g`arbida joylashgan burgan o`suvchi sho`rlashgan surqo`ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti. Borsa-kelmas botig`ining shimoliy qismidagi zol qumlik lardan iborat bo`lib, oq saksovul o`suvchi neogen platolar landshafti.
Borsa-kelmas botig`ining markaziy qismidagi sho`rxok va botoqlar landshafti.
III. Janubiy Ustyurt tabiiy-geografik rayoni okrugning janubiy hismida joylashgan. Qorabaur platosini, Asakaovdan botig`ini va uning janubidagi Qoplonqir platosining bir qismini hamda Sariqamish botig`ining shimoli-g`arbiy qismini o`z ichiga oladi.
Rayon iqlimiy sharoitiga ko`ra birinchi va ikkinchi rayonga nisbatan yumshoqroq qish (yanvarning o`rtacha harorati—6,0°), issiq (iyudning o`rtacha harorati 28,5°) va quruq yoz bilan tavsiflanadi. +10° dan yuqori bo`lgan kunlardagi haroratning yig`yndisi 4600°, vaholanki, bu ko`rsatkich birinchi rayonda 3660°, ikkinchi rayonda 3700° ni tashkil etadi. Rayonda quyidagi landshaft turlari mavjud. Rayonning shimolidagi burgan o`suvchi sho`rlashgan surqo`ng`ir tuproqli balandlik (Qorabaur balandligi) landshafti. SHo`rlashgan taqir tuproqli qora saksovul o`suvchi botiq (Asakaovdan botig`i) landshafti. Asakaovdan botig`ining janubidagi Qoplonqir platosining burgan o`suvchi sho`rtang sur qo`ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti. Asakaovdan botig`i bilan Sarikamish botig`i orasida joylashgan oq saksovul o`suvchi zol qumliklar landshafti. Sariqamish botig`ida joylashgan sarisazan o`suvchi sho`rxokli berk botiq landshafti.

Foydalanilgan adabiyotlar:






  1. Yüklə 72,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə