Mavzu. Qo‘qon xonligi: hududi, davlat



Yüklə 42,8 Kb.
səhifə1/8
tarix13.10.2023
ölçüsü42,8 Kb.
#127519
  1   2   3   4   5   6   7   8
Qo‘qon xonligi hududi, davlat tizimi, ma‘muriy tuzilishi, markaziy va mahalliy boshqaruv tartiblari


  1. mavzu. Qo‘qon xonligi: hududi, davlat tizimi, ma’muriy tuzilishi, markaziy va mahalliy boshqaruv tartiblari.



Reja

  1. Qo‘qon xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi.

  2. Qo‘qon xonligining xududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi

  3. Qo‘qon xonligida davlat tizimi. Mansablar va unvonlar.



Tayanch so‘z va iboralar. Farg‘ona vodiysi, Qo‘qon, ming urug‘i, otaliq, beklarbegi ,biy, devonbegi, parvonachi, dodxoh, oftobachi, sarkor, qushbegi

  1. asrning boshlarida Farg‘ona vodiysida shakllangan yangi davlat – Qo‘qon xonligiga mahalliy aholi vakillari bo‘lgan ming urug‘i asos soldi. CHunonchi, XVII asrning oxiri – XVIII asr boshlarida ashtarxoniylarning siyosiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tushkunlik, Farg‘ona vodiysi iqtisodiy mustaqilligining o‘sishi hamda 1704 yilda CHodak xo‘jalarining isyon ko‘tarib,

Farg‘onaning bir qismini egallashi bunga shart-sharoit yaratib berdi. Ammo, Farg‘onaning shimoli va shimoli – g‘arbidagi Koson, Asht, CHodak hududlari xo‘jalar qo‘l ostida bo‘lsa – da, ular mustaqil davlatga asos sola olmadilar.
SHohruhbiyning o‘g‘li va vorisi Muhammad Abdurahimbiy (1721-1733 yy.) taxtga o‘tirganidan so‘ng minglar tasarrufidagi erlar yana kengaya boshladi. Abdurahimbiy 1724 yilda Andijonni, 1725 yilda Xo‘jandni, 1726 yilda O‘ratepani bosib olib, xonlik hududlariga qo‘shib oldi. U qisqa muddat bo‘lsa-da Buxoroga qarashli Samarqand va Kattaqo‘rg‘onni egallab, SHahrisabzga ham tahdid solgan. Abdurahimbiy Qo‘qon (Xo‘qand) qishlog‘i o‘rni va atrofida yangi shaharga (dastlab Qal’ai Rahimbiy deb nomlangan, keyin esa Qo‘qon) asos soladi va bu shahar xonlikning poytaxtiga aylanadi.
1733-1750 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Abdulkarimbiy ibn SHohruhbiy asosiy etiborini mudofaa ishlariga qaratdi. U xonlikning poytaxti Qo‘qonda Isfara, Qatag‘on, Marg‘ilon, Haydarbek nomli darvozalar qurdirib, shahar atrofini mustahkam devor bilan o‘ratib oldi. SHu bilan birga u 1741-1745 yillardagi qalmoqlar (jung‘orlar) ning Farg‘onaga qilgan hujumlariga zarba berdi. Abdulkarimbiy qalmoqlarga qarshi kurashda qirg‘iz-qipchoqlar va O‘ratepa hokimi Fozilbiy yuz yordamiga tayandi hamda xonlik mustaqilligini saqlab qoldi.
Abdulkarimbiy 1750 yilda vafot etganidan so‘ng xonlik taxtiga uning o‘g‘li Abdurahmon o‘tirdi. Ammo, u taxtga to‘qqiz oy o‘tirib, so‘ng Marg‘ilonga hokim etib jo‘natildi hamda taxtga Abdurahimbiyning ikkinchi o‘g‘li Erdonabiy o‘tirdi. 1753 yilda qalmoqlarning tazyiqi va talabi bilan ularning qo‘lida garov sifatida o‘shalab turilgan Bobobek xonlik taxtiga ko‘tarildi. Lekin, oradan bir yil ham o‘tmay O‘ratepa yurishi vaqtida Bobobek Beshariqda o‘ldirildi hamda Erdonabiy (1755-1769 yy.) qayta Qo‘qon taxtini egalladi. Xitoylik geograflarning ma’lumotlariga ko‘ra, uning hukmronligi davrida, 1759-1760 yillarda Farg‘ona to‘rtta mulk: Andijon, Namangan, Marg‘ilon va Qo‘qonga bo‘lingan bo‘lib, ular ichida Qo‘qon etakchilik qilgan. Erdonabiydan so‘ng taxtga SHohruhbiyning uchinchi o‘g‘li SHodibekning farzandi Sulaymonbek o‘tiradi. Uning taxni egallashida urug‘ oqsoqollarining ko‘magi katta bo‘lgan bo‘lsada u atigi 6 oy hukmdorlik qildi.
1770 yilda Qo‘qon taxtiga Abdurahmonbiyning o‘g‘li Norbo‘tabiy (1770-1801 yy.) o‘tiradi. Norbutabiy Markaziy hikimiyatni mustahkamlashda, bo‘ysunmas hokimlar qarshiligini bostirishda nisbatan muvaffaqiyat qozonadi. U CHust va Namangandagi g‘alayonlarni bostirganidan so‘ng, bu shaharlarga o‘z odamlarini hokim etib tayinlaydi. Norbutabiy bir qancha urinishlardan so‘ng Andijon, O‘sh, Xo‘jand va yaqin atrofdagi qo‘shni hududlarni bosib oladi. U 1799 yilda Toshkentni ham bosib olishga harakat qildi, ammo, uning yuborgan qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi.
Norbutabiydan so‘ng uning o‘g‘li Olimxon (1801-1810 yy.) taxtga o‘tirib, Qo‘qon xonligining siyosiy qudratini mustahkamlash, mamlakat hududlarini kengaytirishga alohida e’tibor berdi. Natijada Qo‘qon xonligining siyosiy mavqei oshib bordi. Olimxon davriga kelib Qo‘qon xonligidagi davlat boshqaruvi oldingi davlatlar boshqaruv tizimidan deyarli farq qilmas edi. Uning davrida Qo‘qon davlati kuchayib borishi bilan davlatning siyosiy maqomi ham o‘zgaradi. Agar
Qo‘qonning dastlabki hukmdorlari “biy” va “bek” unvoni bilan mamlakatni idora qilgan bo‘lsalar, Olimxon davridan boshlab (1805 yil) hukmdorlar rasman “xon” deb yuritila boshlandi.
O‘z davrida Olimxon harbiy yurishlar qilib o‘ziga yangi viloyatlarni , jumladan Ohangaron vohasi, Toshkent, CHimkent, Turkistonni bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. Qisqa muddat O‘ratepani ham egalladi, Jizzax va Zominga yurishlar qildi. Harbiy islohatlar o‘tkazib, markazlashgan va kuchli davlat tuzish uchun harakat qilayotgan Olimxonning siyosatidan norozi bo‘lgan ayrim zodagonlar guruhi unga qarshi fitna tayyorlay boshladilar. Olimxon o‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ukasi Rustambekni, bir nechta sarkardalarni, din peshvolarini o‘ldirtirib yuboradi. Manbalarning ma’lumot berishicha, bu voqealardan so‘ng kuchayib ketgan fitnachilarga Olimxonning ukasi Umarbek boshchilik qilgan. Natijada, 1810 yilda Olimxon Toshkentdan Qo‘qonga qaytayotganda, Oltiqush mavzesida o‘g‘li SHohruhbek bilan birga Qambar Mirza tomonidan otib o‘ldiriladi.
Manbalarga ko‘ra, Umarxon (1810-1822 yy.) hukmdorligi davrida yirik er egalari, harbiy sarkardalar va ruhoniylarning mavqei yanada oshadi. U davlat boshqaruvi ishlarida izchil tartib, qonun – qoidalar o‘rnatdi va diniy ishlarni tartibga soldi. Natijada, 1818 yilda Umarxon ruhoniylarnng roziligi bilan “amir al- muslimin” unvonini olib ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatga ega bo‘ladi.
Muhammad Hakimxon ma’lumotlariga ko‘ra, Umarxon davrida Amir Temur va Sulton Husayn Boyqaro zamoniga taqlidan unvon va lavozimlar joriy etilib, ularga hokimiyatga yaqin shaxslar tayinlanadi. SHuningdek, Olimxon zulmidan qochib ketgan ayrim amaldorlar Umarxon xizmatiga qaytib kelib, lavozimlarni egallaydilar.
Manbalarning guvohlik berishiga qaraganda, Qo‘qon xonligining O‘rta Osiyo mintaqasidagi siyosiy jarayonlar va o‘zaro munosabatlarga faol aralashuvi ham Umarxon davridan boshlanadi. O‘z darvida Umarxonning elchilari Xiva, Xitoy va Turkiya davlatlariga jo‘natilganligi ma’lum.
1822 yilda Umarxon kasallanib vafot etganidan so‘ng taxtga uning o‘g‘li Muhammadalixon (Madalixon) (1822-1842 yy.) o‘tiradi. Uning hukmronligi davrida Qo‘qon honligining hududi yanada kengayib, qirg‘izlarning ba’zi tumanlari xonlikka qo‘shib olinadi hamda Ko‘lob, Hisor, Badaxshon, Darvoz, Maschoh kabi viloyatlar Muhammadalixon hukmronligini tan oladilar.
Manbalarga ko‘ra, Muhammadalixon hukmronligining dastlabki yillari yaxshi va odilona kechgan. U 1826-1831 yillar davomida Qashg‘arga yurishlar qilib, bu erdagi musulmonlarni xitoyliklar zulmidan ozod qildi hamda 70 ming uyg‘ur musulmonlarini Andijon viloyatiga ko‘chirib keltirdi. Natijada din peshvorlari Muhammadalixonga “G‘oziy” (“din homiysi”, “din yo‘lida kurashuvchi”) unvonini berdilar.
1840 yilda Muhammadalixonning bosh maslahatchisi, davlatni boshqaruv ishlarida katta tajribaga ega bo‘lgan Haqquli mingboshining tuhmatga uchrab xon tomonidan qatl etilishi shusiz ham qaltis bo‘lib turgan vaziyatni yanada keskinlashtirib yubordi. Undan tashqari xon davlat ishlariga loqayd bo‘lib, asosiy vaqtini haramida o‘tkaza boshladi. Natijada davlatni boshqaruv ishlarida
suiste’molliklardan umumiy noroziliklar boshlanib, xonni ag‘darish uchun fitna tayyorlana boshladi.
Lekin o‘z kuchlari bilan fitnani amalga oshirishga ko‘zi etmagan bir guruh Qo‘qon amaldorlari boshqa xon saylash maqsadida Buxoro amiri Nasrulloga noma yozib, undan yordam so‘rashdi. Qo‘qon yurishi uchun bahona topolmay turgan Amir Nasrullo bu taklifni tezda qabul qilib, 1842 yil aprelda Qo‘qonni bosib oldi. Qo‘qondan oilasi bilan Namangan tomonga qochgan Muhammadalixon tutib keltirilib, oilasining bir qismi bilan qatl ettirildi.
Amir Nasrullo Qo‘qon xonligining Buxoroga qo‘shib olinganligini e’lon qilib, Qo‘qonda o‘z noibi Ibrohim dodhoh Mang‘itni qoldiradi. Ammo, Ibroxim dodhohning Qo‘qon halqiga o‘tkazgan jabr-zulmi, soliqlarning haddan tashqari oshib ketishi natijasida aholi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Buxoro hukmronligidan ozod qilish uchun qipchoqlarni yordamga taklif etadilar. Qipchoqlar Muhammadalixonning qarindoshi SHerali boshchiligida Qo‘qonga kelib, buxoroliklarni tor-mor etdilar hamda SHeralixon (1842-1845 yy.) taxtni egalladi. Qipchoqlar esa shu vaqtdan boshlab uzoq vaqt xonlikda etakchi mavqega ega bo‘ldilar.
Qo‘qonda bo‘lgan voqealardan xabar topgan amir Nasrullo 1842 yilning kuzida yana Qo‘qonga yurish qildi, ammo bu safar unga omad kulib boqmadi. Muhammadalixon davrida yuzboshi bo‘lgan Musulmonquli qipchoq Nasrulloning ishonchiga kirib Qo‘qonga keladi va qo‘qonliklarni taslim bo‘lishga ko‘ndirish o‘rniga bir tan - bir jon bo‘lib amir Nasrulloga qarshi kurashga chorlaydi. Uning maslahatiga ko‘ra Qo‘qonda himoya vositalari kuchaytirildi. Bir oydan ziyodroq Qo‘qonni qamal qilgan amir Nasrullo o‘ziga qarshi suiqasd uyushtirilayotligi hamda xivaliklar chegaraga joylashgan Buxoro qishloqlariga hujum qilayotganligi haqidagi xabarni olib Buxoroga qaytishga majbur bo‘ldi.
Buxoroliklarning ketishi bilan Qo‘qon xonligida bir muddat tinchlik va osoyishtalik hukm surdi. SHeralixon keksa odam bo‘lib oqko‘ngil va muloyim inson edi. Uning davrida barcha davlat lavozimlarini qipchoqlar egallab, davlat boshqaruvini o‘z qo‘llariga oldilar. Ammo, 1845 yilda Buxoroda bo‘lgan Olimxonning o‘g‘li Murodxon (Qo‘qonda 11 kun xon bo‘lgan) amir Nasrulloning yordami bilan Qo‘qonga kelib SHeralixonni qatl etadi va taxtni egallaydi. Bu paytda Namanganda bo‘lgan mingboshi Musulmonquli bu voqeadan xabardor bo‘lgach SHeralixonning besh o‘g‘lidan biri Xudoyorxonni olib Qo‘qonga keladi hamda uni xonlik taxtiga o‘tqazadi (1845-1853, 1863, 1865-1875 yy.). 16 yoshga kirgan Xudoyorxonning yoshligidan foydalangan Musulmonquli mamlakatni deyarli o‘zi boshqardi. Xudoyorxonning birinchi xonligi davrida ikkita kuch – o‘troq aholi va ko‘chmanchi turkiy qabilalar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash xonlikning asosiy muammosiga aylandi.
Umuman olgan, XIX asrning o‘rtalariga kelib Qo‘qon xonligidagi siyosiy jarayonlar hamda ichki ahvol yanada og‘irlashgan edi. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, buning sababi birinchidan, o‘troq aholi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi bo‘lgan qipchoqlar hokimiyatni tan olmaganlar. Xonlik hududlaridagi ba’zi viloyat hukmdorlari Musulmonqo‘lga qarshi chiqdilar. Ikkinchidan, hokimiyatda yuqori mavqeni egallash hamda xonga ta’sir o‘tkazish uchun qipchoqlar orasida ham
o‘zaro kurashlar borardi. Bu kurashlarda qipchoqlarning qulon urug‘idan bo‘lgan Musulmonquli ham faol ishtirok etgan. Uchinchi sabab esa, qipchoqlarning o‘troq aholiga nisbatan yuritgan siyosati edi. Qipchoqlar o‘troq aholiga nisbatan bepisandlik nazari bilan qarab, boshqa elat va etnik guruhlarni kamsitganlar. To‘rtinchidan esa, tashqi omil – Rossiya imperiyasining asta-sekinlik bilan xonlik hududlariga bostirib kirishi siyosiy jarayonlarning yanada keskinlashuviga sabab bo‘lgan edi.
1852 yilga kelib, Musulmonquli va qipchoqlarga qarshi kurash uchun o‘troq mulkdorlar va toshkentlik zodagonlar Xudoyorxon atrofida birlashdilar. Bu kuchlar yordamida Xudoyorxon Musulmonqulini 1853 yilda qatl etib, uning tarafdorlarini yo‘q qilgani bilan taxt uchun kurashlarga barham bera olmadi. Bunday vaziyatda xonlikning ichki ahvoli og‘irlashib, u faol tashqi siyosatdan ham ancha orqada qoldi. 1858 yilda SHeralixonning ikkinchi xotinidan bo‘lgan o‘g‘li Mallaxon Xudoyorxonni taxtdan ag‘darib, o‘zini xon deb e’lon qildi. Mallaxon va Aliquli qirg‘iz boshchiligida yangidan tiklangan ko‘chmanchilar guruhi uzoq hukm surmadi. Aynan shu guruh a’zolari Mallaxonga qarshi til biriktirib, 1863 yil 25 fevralda uni o‘ldirdilar. Taxtga esa Xudoyorxonning akasi Sarimsoqbekning o‘g‘li SHohmurod o‘tqazildi. Lekin, qo‘shin boshliqlari va saroydagi ko‘pchilik amaldorlar unga qarshi fitna uyushtirib, Xudoyorxonga yana taxtga o‘tirishni taklif etib, odam yuboradilar.
Bu payda Mallaxon o‘limini eshitgan Xudoyorxon Amir Muzaffarning ruxsati bilan Buxorodan Jizzaxga kelgan edi. Turkiston hokimi Qanoatshoh yordamida qo‘shin yig‘ib, 1863 yilning mart oyida Jizzaxdan Toshkentga kelgan Xudoyorxon Qo‘qonga qarshi yurish uchun Toshkent qo‘shini bilan Xo‘jandga keladi. Bu orada amir Muzaffar ham Buxoro lashkari bilan Xo‘jandga keladi. Xudoyorxon Qo‘qonga hujum qilishni rejalashtirayotga paytda, ya’ni, 1863 yilning 5 mayida shahar aholisi unga shimoliy darvozalarni ochib berdilar. Natijada Qo‘qonda qirg‘in boshlanib, SHohmurodxon o‘z tarafdorlari bilan Marg‘ilonga qochdi. Xudoyorxon ikkinchi marta (1863 y.) taxtni qo‘lga kiritdi.
Ammo, xonlikdagi qirg‘iz-qipchoqlar Koson va CHust atroflarida qo‘zg‘olon ko‘tardilar va To‘raqo‘rg‘onga hujum qildilar. Ular, hatto Toshkent atroflaridagi qabila boshliqlariga noma yuborib madad berishni so‘radilar. Oqibatda Toshkent atrofida qozoqlar qo‘zg‘olon ko‘tarib, Toshkentni qamal qildilar. Xudoyorxon tomonidan yuborilgan qo‘shinlar bu isyonlarni bostirishga muvaffaq bo‘ldilar. Ammo, mag‘lubiyatga uchragan qirg‘iz-qipchoq boshliqlari taxt uchun kurashni davom ettirdilar. Xususan, SHodmonxo‘ja, Said Mahmudxonto‘ra, Aliqulilar Sulton Saidxon boshchiligida Marg‘ilon tomondan kelib Andijonni bosib oldilar va uning atroflaridagi Baliqchi, Quva, Asaka, SHahrixon, O‘sh, Poytug‘ mavzelarini talon-taroj qildilar. 1863 yil 26 aprelda Sulton Saidxonning qo‘shini Mingtutga kelib, Qo‘qonni qamal qildi. Amir Muzaffarning Xudoyorxonga yordami tufayli qirg‘iz-qipchoq lashkari Asaka tomonga ketib, Qo‘rag‘ulcha darasida himoyaga o‘tdi. Qattiq kurashlardan so‘ng 1863 yilning 24 iyulida Sulton Saidxon Qo‘qon taxtini (1863-1865 yy.) egalladi. Xudoyorxon esa yana Buxoroga qochdi.
Xonlikdagi ichki nizolar tashqi dushmanlarga nihoyatda qo‘l kelgan edi. Bunday vaziyatdan unumli foydalangan chor Rossiyasi qo‘shinlari 1864 yilda
Turkiston va CHimkentni bosib oldi. 1865 yil bahorida ular Toshkentga yaqinlashib, Niyozbek qal’asini egalladilar. Uzoq qamaldan so‘ng 17 iyunda Toshkent egallandi.
Qo‘qondagi sarosimaliklardan foydalangan Xudoyorxon 1865 yilning yozida amir qo‘shinlari yordamida so‘ngi marta Qo‘qon taxtini qo‘lga kiritdi. SHundan so‘ng u amirning talablariga boshqa itoat etmay qo‘ydi. Xudoyorxon 1867 yil yanvar oyida Rossiya bilan savdo bitimini, 1868 yil 13 fevralda Qo‘qon va Rossiya shartnomasini imzoladi. Xudoyorxon 1868-1873 yillar oralig‘ida Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilash maqsadida Toshkentga ko‘plab sovg‘a- salomlar yubordi. SHuningdek, Rossiya savdogarlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berdi. Natijada Qo‘qon xonligi amalda Rossiyaning vassaliga aylanib qoldi.
Xonlik hududida hukm surgan nisbiy osoyishtalik 1873 yilgacha davom etgan bo‘lsa ham, hukmdor, uning yaqinlari va mahalliy hokimlarning jabr-zulmi hamda qirg‘iz-qipqoqlarning qayta bosh ko‘tarishi natijasida bu erlarda o‘zaro nizolar, xalq chiqishlari boshlandi. Hususan, 1873 yilda Po‘latxon (asli ismi Mulla Ishoq Hasan o‘g‘li) qirg‘izlar tomonidan xon qilib ko‘tarilib, u boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Saroydagi nufuzli amaldorlardan biri Abdurahmon oftobachi Xudoyorxonni taxtdan ag‘darish va uning o‘g‘li Sayid Nasriddinbekni xon taxtiga o‘tqazish maqsadida Po‘latxon bilan til biriktirdi va O‘rdada isyon ko‘tardi. Sayid Nasriddinbek Abdurahmon oftobachi ko‘magida xon deb (1875-1876yy.) e’lon qilindi. Xudoyorxon Nasriddinbek foydasiga taxtdan voz kechib, avval, Xo‘jandga, undan Toshkentga qochdi.

Yüklə 42,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə