15-mavzu. Okean faunasini zoogeografik rayonlashtirish xususiyatlari Reja Tropik – Atlantik zoogeografik hududi



Yüklə 22,35 Kb.
səhifə3/6
tarix05.10.2023
ölçüsü22,35 Kb.
#125537
1   2   3   4   5   6
MAVZU 15. Okeanlar faunasini zoogeografik raonlashtirish xususiyatlari

Antarktika zoogeografik hududi


Bu hudud Antarktika materigini hamma tomondan qamrab oladi. U shimolga tomon 600 shimoliy kenglikkacha cho‘ziladi. 400 va 600 janubiy kengliklarda Antarktika va tropik hududlar oralig‘idagi o‘tkinchi akvatoriyada joylashgan. Bu joyda ko‘pchilik Antarktikaning tipik hayvonlari va ba’zi tropik hayvonlar uchraydi.
Antarktika hududida Arktikaga qaraganda ham suvning yuza qatlamida past harorat hukmronlik qiladi. Bu yerda doimiy muzliklar uchraydi, qishda esa suv yuzasi to‘liq muz bilan qoplanadi. Qish oylarida quyosh nurlari ko‘rinmaydi. Sovuq va iliq suvlarning qo‘shilishi zonalalarida suvning doimiy vertikal aralashuvi yuz beradi. Bunday hodisa suvning yuza qatlamlarida nisbatan qulay haroratining shakllanishiga, uning kislorod bilan boyishiga olib keladi. Xuddi shunga o‘xshash holat Yerning quruqlik qismidagi turli yashash muhitlarining o‘zaro chegaralarida ham yaqqol namoyon bo‘ladi (suv - quruqlik, tuproq – atmosfera va boshq.). dunyo okeanida yuqorida qayd etilgan chegara zonalarda yoz oylarida boy fito va zooplankton rivojlanadi. Fito va zooplankton bu zonada ko‘pchilik okean hayvonlari uchun yaxshi oziq bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababdan Arktikaning chegara rayonlarida kitsimonlarning ko‘p turlari yashaydi.
Antarktika zoogeografik hududi uchun kitsimonlardan mo‘ylovli kitlarning janub va pakana kit turlari endemik sanaladi. Xuddi shunday kurakoyoqlilardan ham ko‘pchilik turlar endemiklar hisoblanishadi. Jumladan, quloqli tyulenlardan sivuch va janubiy dengiz mushugi, haqiqiy tlenlardan esa – dengiz leopardi endemiklardandir. Dengiz leopardi asosan pingvinlar bilan oziqlanadi. Xuddi shunday Ueddella tyuleni, Rossa tyuleni va ko‘p sonda uchrovchi, nisbatan mayda krabxo‘r tyulen ham shular jumlasidandir. Mazkur hudud uchun odatdagi turlardan yana biri nisbatan yirik tyulen – Janubiy dengiz filidir. Uning uzunligi 5,5 metr, massasi 2,5 tonnagacha.
Qushladan endemiklarga quyidagilarni kiritish mumkin: imperator pingvini, qirol pingvini, Adeli pingvini, yirik bo‘ron qushi, kap kaptari va boshqalar. Kap kaptari kamdan – kam hollarda tropik suvlarga o‘tib turadi. Subantarktikada bir necha turdagi albatroslar uchraydi. Dengiz sudralib yuruvchilari Antarktikaning o‘zida va o‘tkinchi suvlarda uchramaydi.
Baliqlar va umurtqasizlarning tur tarkibi bu yerda kam. Ammo ular katta biomassada subantarktika suvlarida uchrashadi. Jumladan, seldsimonlardan anchous, bir necha turdagi qisqichbaqasimonlar (antarktika krili va boshqalar).
Tinch va Atlantika okeani hamda subantarktikaning boreal suvlarida juda yaqin yoki bir turga mansub hayvonlar uchraydi. Mazkur turlar tropikaning yirik hududida uchramaydi.
Bularga trigla, sardina, kilka va boshqa baliqlarni, kurak oyoqlilarning o‘zaro yaqin turlarini (shimol va janub dengiz mushuklari, shimol va janub dengiz fillari) va ba’zi bir kit turlarini kiritish mumkin. Bunday hodisa – bipolyarlik deb yuritiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, ehtimol muz davrida tropik suvliklar boreal suvlardan nam harorati bo‘yicha ham farq qilgan. Natijada ko‘pgina dengiz hayvonlari turlari shimoliy kengliklardan janubiy kenglikkacha tarqalgan va Dunyo okeanida yirik maydonni egallagan. Keyinchalik suv yuzasining ilib borishi tropik rayonlarda sovuq suv hayvonlarini nobud bo‘lishiga olib kelgan va ular ikkala Yer sharining boreal akvatoriyalaridagina saqlanib qolgan.
Antarktika hayvonot dunyosining yashash muhiti inson faoliyatidan kam ta’sirlangan. Ayni vaqtda Antarktida va uning qirg‘oq suvlari xalqaro qo‘riqxona maqomiga ega.

Yüklə 22,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə