15-mavzu. Okean faunasini zoogeografik rayonlashtirish xususiyatlari Reja Tropik – Atlantik zoogeografik hududi


Dunyo okeani hayvonot dunyosining muhofazalanishi



Yüklə 22,35 Kb.
səhifə4/6
tarix05.10.2023
ölçüsü22,35 Kb.
#125537
1   2   3   4   5   6
MAVZU 15. Okeanlar faunasini zoogeografik raonlashtirish xususiyatlari

Dunyo okeani hayvonot dunyosining muhofazalanishi


Dunyo okeani va dengizlar hayvonot dunyosi hamda ularning yashash muhitlari ham Yerning quruqlik qismidagi kabi insonning turli faoliyatlaridan u yoki bu darajada ziyon ko‘rmoqda.
Ayniqsa keyingi yillarda aholining dengiz hayvonlariga salbiy ta’sirlarining turlari va ko‘lami kengayishi yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday ta’sirlar va ularning oqibatlarini o‘rganish ulkan maydonni egallagan okean va dengizlarning biomahsuldorligini saqlab qolish, boyitish, hayvonot va o‘simlik dunyosining bioxilma – xilligini muhofaza qilishning amaliy chora – tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda dengiz hayvonlarini ovlashda zamonaviy as – anjomlardan foydalanish, suv ostidan qazilma boyliklarni qazib olish, harbiy mashqlar, turli chiqitlarning havzalarga chiqarib tashlanishi va boshqalar dengiz va okeanlardagi hayot sharoitlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Dengizlarda yashovchi mo‘ynali hayvonlar soni XIX asr va XX asr boshida tubdan qisqardi. Ular orasida ayniqsa dengiz qunduzlari jiddiy talofat ko‘rgan. Hatto uni qirilib ketgan deb hisobladilar. Ammo 1920 yillarning oxirida u yana qayta tanildi. Hozirda ular xalqaro bitim asosida muhofaza qilinadi.
Suvning ifloslanishi (ayniqsa neft bilan) dengiz mushuklari uchun haqiqiy xavf tug‘diradi.
Muzyorar kemalarning to‘xtovsiz navigatsiyasi ham kurak oyoqli hayvonlarning yashash muhitlarini buzilishida asosiy omillardan biridir.
Dengizlar – sof tozalik ramzidir. 1954 yil birinchi xalqaro Konvensiya tuzilgan bo‘lib, u dengizlarning kemalardan chiqadigan neft bilan ifloslanishiga qarshi kurash maqsadida ishlab chiqilgan. 1959 yil AQSH ning Berkli shahrida o‘tkazilgan birinchi Xalqaro kongress ham ushbu masalaga qaratildi. Albatta o‘sha yillarda hali neft bilan ifloslanish va uning oqibatlari ko‘pchilikka tanish emas edi. Keyingi yillarda mazkur masalaga alohida e’tibor qaratilib kelmoqda. Ayniqsa neft tashuvchi yirik kemalarning halokati tufayli tez – tez sodir bo‘luvchi ekologik holatlar minglab dengiz hayvonlarining nobud bo‘lishiga olib kelishi endemikda sir emas.
Dengiz va okeanlarda ham o‘ziga xos o‘z – o‘zini tozalash tabiiy mexanizmi (parchalanish) mavjud. Ammo mazkur mexanizm juda ko‘p organik chiqindini parchalash, zararsizlantirish qobiliyatiga ega emas.
Dengiz uchun xo‘jalik va ishlab chiqarish korxonalari chiqindi suvlari, boshqalar xavf tug‘diradi. Ularning tarkibidagi turli moddalar dengiz organizmlarining ko‘plab nobud bo‘lishiga olib keladi.
Dengiz hayvonlarining organizmlari tekshirilganda ularda mis, qo‘rg‘oshin, rux va zaharli simob kabi elementlar topilgan. Mazkur moddalar oziqa zanjiri orqali inson organizmiga ham o‘tib qolishi mumkin. Bu esa juda xavfli.

Yüklə 22,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə