15-mavzu. Okean faunasini zoogeografik rayonlashtirish xususiyatlari Reja Tropik – Atlantik zoogeografik hududi


Tropik – Indo – Patsifik zoogeografik hududi



Yüklə 22,35 Kb.
səhifə2/6
tarix05.10.2023
ölçüsü22,35 Kb.
#125537
1   2   3   4   5   6
MAVZU 15. Okeanlar faunasini zoogeografik raonlashtirish xususiyatlari

Tropik – Indo – Patsifik zoogeografik hududi


Mazkur zoogeografik hudud dunyo okeanidagi barcha zoogeografik hududlar ichida eng yirigi sanaladi. U asosan 400 shimoliy kenglik, 400 janubiy kenglikda joylashgan. Shunday qilib hudud akvatoriyasi butun Hind okeani, Janubiy – Sharqiy Osiyo va Avstraliya oralig‘idagi dengizlar hamda Tinch okeanining tropik suvliklarini o‘z ichiga oladi.
Hayvonlarning yashash sharoitlari bu yerda ko‘proq Tropik – Atlantik hududiga o‘xshab ketadi. Ammo bu yerda qirg‘oq zonasining umumiy maydoni juda katta. Ayniqsa bunday maydonlar Janubiy – Sharqiy Osiyo va Avstraliya oralig‘ida, Hind okeanida, Melaneziyada va Tuamotu arxipelagida ko‘p.
Bu hududda akula va skatlar ko‘p. Uchuvchi baliqlarning 40 taga yaqin turlari endemiklar sanaladi. Bu yerda bir necha turdagi tunoq baliqlari, arra – baliq, yelkanli baliqlar va uzunligi 5 metr, og‘irligi 700 kg ga yetadigan marlin baliqlari uchraydi. Ayniqsa marjon riflari biotsenozlarida marjon baliqlari, turli tip va sinflarga mansub umurtqasizlar faunasi yaxshi rivojlangan.
Sudralib yuruvchilardan dengiz toshbaqalari bilan birga hududda dengiz ilonlari uchraydi. Ulardan kurak dumli ilonlar avlodi va yassi dumlilar avlodining ayrim turlari endemiklar sanaladi.
Qushlardan fregatlar va faetoflar xarakterlidir. Amerika qirg‘oqlarida Antarktidadan kelib qolgan turlar – pingvinlar (galakagos pingvini - endemik) uchraydi. Albatroslarning alohida turlari (qora yelkali albatros) uchraydi. Ingichka tumshuqli bo‘ron qushi uchib o‘tishda uchraydi.
Peru qirg‘oqlaridagi Chinchu orollarida baliqxo‘r qushlarning yirik uya quruvchi koloniyalari uchraydi. Bu yerda saqoqush, qoravoy va olushalarning millionlab vakillari uya quradi.
Sut emizuvchilardan sirenlar turkumidan – dyuganlar (Hind okeani, Zond arxipelagi dengizlari, shimoliy Avstraliya) endemiklar sanaladi. Ko‘payitsh mavsumida kashalotlar odatdagi turlardan hisoblanadi. Hudud akvatoriyasida bir necha turdagi old delfinlar va kulrang delfin doimiy yashaydi. Kosatka ham mazkur hududga xos turlardan sanaladi.
Tropik – Indo – Patsifik hududida deyarli butunlay kurak oyoqlilar uchramaydi. Faqat Janubiy Amerikaning janubiy – g‘arbiy qirg‘oqlarida janub dengiz fillarining yotoqlari uchratiladi.

Yüklə 22,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə