|
 Fransiya (рус. Фра́нция), rasman Fransiya Respublikasi
|
tarix | 16.06.2023 | ölçüsü | 13,05 Kb. | | #117547 |
| Fransiya
Fransiya (рус. Фра́нция), rasman Fransiya Respublikasi (frans. République française) — Gʻarbiy Yevropadagi rivojlangan davlat. Gʻarbda va shimolda Atlantika okeani hamda La-Mansh boʻgʻozi, janubda Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km². Aholisi 64,5 million (baʼzilar 66,5 million kishidan ortiq deydi) (2016). Rasmiy tili — fransuz. Pul birligi — yevro. Poytaxti — Parij shahri. Metropoliya administrativ jihatdan 22 region, 96 departamentga boʻlingan. Bundan tashqari Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti xududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va Sen-Pyer va Mikelon) bor.
Dostları ilə paylaş: |
|
|