1. Anatomiya, fiziologiya va patologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi



Yüklə 29,41 Kb.
səhifə1/2
tarix28.09.2023
ölçüsü29,41 Kb.
#124504
  1   2
Anatomiya


REJA:
1. Anatomiya, fiziologiya va patologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi.
2. Odam anatomiyasi fiziologiyasi.
3. Odam anatomiyasi patalogiyasi.

Anatomiya, fiziologiya va patologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi Anatomiya fani boshqa fanlar qatori juda uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Odam tanasining tuzilishi haqidagi birinchi aniq ma’lumotlar ulug‘ grek olimi, tibbiyot ilmining otasi Buqrot (Gippokrat) (eramizdan oldingi 460–377-yillar) asarlarida uchraydi. U organizmning asosini to‘rt xil suyuqlik: qon, shilliq, o‘t va qora o‘t hosil qiladi degan ta’limotni yarat gan. Bu suyuqliklar miqdorining o‘zgarishi turli kasalliklarni keltirib chiqaradi deydi. Uning yozib qoldirgan 72 ta asaridan 2000 yil mobaynida tibbiyotda foydalanilgan. Shu bilan birga, u nervlarni paylardan ajrata olmagan, arteriyalarda havo oqadi degan noto‘g‘ri fikrda bo‘lgan. Arastu (Aristotel) (eramizdan oldingi 384–322-yillarda yashagan). U Gippokratning qon tomirlar bosh miyadan boshlanib tanaga tarqaladi, degan noto‘g‘ri fikrini rad etib, qon tomirlar yurak dan boshlanishini isbotlagan, shuningdek, paylarni nervlardan, suyakni tog‘aydan ajratgan va aortani birinchi marta aniqlagan. Ammo Aristotel nervlarning ichi bo‘shliq dan iborat bo‘lib, bosh miyada hosil bo‘ladigan ruh shu nervlar orqali organizmga tarqaladi, degan noto‘g‘ri fikrda bo‘lgan. Gerofil (eramizdan 304 yil oldin tug‘ilgan). Ptolomey II ning saroy tabibi bo‘lgan. Bemorlarni nima sababdan o‘lganligini bilish uchun murdalarni kesib o‘rgangan. Shu usulda Gerofil bosh miya va uning pardalarini, vena bo‘shliqlarini, bosh miya nervlarini va ularni bosh miyadan chiqishini o‘rgangan. O‘n ikki barmoq ichakka birinchi bo‘lib nom bergan, shuningdek, arteriyalar-ni venalardan ajrat gan. Ko‘z olmasi pardalarini va shishasimon tanani, ingichka ichak limfa tomirlarini o‘rgangan. O‘zidan oldingi va o‘zi to‘plagan ma’lumotlar asosida «Anatomiya haqida» kitobni yozgan. Erazistrat (eramizdan 300–250-yillar oldin yashagan). Tomirlar tizimi: yurak qopqoqlari, aorta, kavak venalar, yirik arteriya va venalarni o‘rganib, qon tomir anastomozlari haqidagi ilmga asos solgan. Erazistrat harakatlantiruvchi va sezuvchi nervlarni ajratgan, shuningdek, mushaklar qisqarishini o‘rganib, harakat nazariyasini yarat gan. Klavdiy Galen (130–201) anatomiya, fiziologiya va boshqa ko‘p gina fanlarni mukammal o‘rgangan olim.


U o‘n ikki juft bosh miya nerv laridan 7 tasining tuzilishini, mushaklardagi biriktiruvchi to‘qima va nerv larni, ba’zi bir a’zolar qon tomirlarini, suyak va boylam larni, bosh va orqa miyani o‘rgangan. Galen hayvonlar yuragini va qon tomirlarini o‘rganib, arteriyalarda havo emas, balki qon oqishini birinchi bo‘lib ko‘rsat gan. Galen davrida murdani yorish mumkin bo‘lmagani uchun, u anatomiyani hayvonlarda o‘rgangan. Shuning uchun uning ba’zi ma’lumotlari xatolardan holi emas. O‘rta asrlar (V–XI)da O‘rta Osiyodan ham bir qancha mashhur olim lar yetishib chiqdi. Ana shundaylardan biri har taraflama yetuk olim Abu Ali ibn Sinodir (980–1037). Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan bu olim falsafa, matematika, astronomiya, kimyo, adabiyot, musiqashunoslik va tibbiyot bilimidan xabardor bo‘lgan. U Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlabki bilimni Buxoroda olgan va 17 yoshidanoq ko‘p fanlarni mukammal egallagan. Abu Ali ibn Sino Xorazm va Eronda saroy tabibi bo‘lib xizmat qilgan. Tibbiyot sohasidagi buyuk xizmatlari, kashfiyotlari uni butun dunyoga mashhur qilgan. Ibn Sino 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin uning 242 tasi bizgacha yetib kelgan. Shulardan 43 tasi tabobatga oiddir. Ibn Sinoning tabobatga oid eng yirik shoh asari «Tib qonunlari» 1012–1023-yillarda yozilgan. U o‘zining buyuk va o‘lmas asarida tibbiyot sohasidagi barcha ma’lumotlarni to‘plab qolmasdan, o‘z kuzatishlari, tekshirishlari va tu shunchalari bilan asarni boyitgan. Kitob besh jilddan iborat bo‘lib, birinchi jildi anato miya va fiziologiyaga bag‘ishlangan. Kitob turli tillarda 40 marta qayta nashr etildi va dunyodagi barcha mamlakatlarda 600 yildan ziyod roq vaqt ichida tibbiyot bilim yurtlarida asosiy o‘quv qo‘llanma bo‘lib xizmat qilib keldi. Ibn Sino birinchi bo‘lib odam organizmini o‘rganishda uning konstitutsiyasi ga alohida e’tibor berdi. «Tib qonunlari»da ichki kasalliklar, xururgiya, farmakologiya, gigiyena va tibbiyotning barcha sohalari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Bu shoh asarni rus tiliga birinchi bo‘lib anatomiya tarixchisi akademik V.N. Ternovskiy taj rima qilgan. «Tib qonunlari» birinchi marta o‘zbek tilida 1954–56-yillarda Toshkentda chop etilgan.
Leonardo da Vinchi (1452–1519) Uyg‘onish davrining buyuk ar bobi, italiyalik olim, musavvir, matematik, muhandis va faylasuf. Odam portretini to‘g‘ri va aniq chizish maqsadida 30 dan ortiq murdani yorib o‘rgandi va a’zolar rasmini chizib chiqdi. O‘zining rasm larida u odamning turli a’zolarini (dumg‘aza, umurtqa pog‘onasi egriliklari, ko‘p mu shaklar, ichki a’zolar, yurak qopqoqlari, bosh va orqa miya, miya qorinchalari, ko‘z va boshqalarni) tuzilishini aniq ko‘rsatib bergan. U dunyoda birinchi bo‘lib, mushaklarning ishlash dinamikasini o‘rgandi. Shu bilan plastik anatomiyaga asos soldi. Andrey Vezaliy (1514–1564) ilmiy anatomiyaning asoschisi hisoblanadi. U murdalarni yorib, kuzatishlari asosida «Odam tanasining tuzilishi haqida yetti kitob»ini yozadi. A.Vezaliy Galenning xatolarini ko‘rsatib bergan. Uning shogirdlari XVI–XVII asrlar davomida odam a’zolarining tuzilishini to‘g‘ri yoritib berdilar. Ingliz vrachi, anatomi va fiziologi Uilyam Garvey (1578–1657) hayvonlarda tajriba o‘tkazib qon aylanishini o‘rgangan. Garvey o‘z izlanishlari natijalarini to‘plab 1628-yilda e’lon qilgan «Hayvonlarda yurak va qon harakatlari haqida anatomik izlanishlar» nomli ilmiy asarida katta va kichik qon aylanish doirasini tarixda ilk bor isbotlab bergan. Garvey qon arteriyadan venalarga ko‘zga ko‘rinmas mayda tomirlar orqali o‘tadi, deb taxmin qilgan bo‘lsa, Marchelo Malpigi (1628–1694) 1661-yilda arteriya bilan venalarni bir-biriga qo‘shib turadigan kapillyarlar borligini mikroskop ostida ko‘rib isbotladi. Ammo M.Malpigi qon arteriya kapillyarlaridan dastlab oraliq bo‘shliqqa, undan keyin vena kapillyarlariga o‘tadi, deb o‘ylaydi. Uning bu fikrini A.M.Shumlyanskiy (1748– 1795) buyrakni o‘rganish jarayonida inkor etib, arteriya va vena kapillyarlari bevosita bog‘langanligi va qon tomirlar tizimi yopiqligini ko‘rsatgan. Rossiya anatomiya maktabining asoschisi P.A.Zagorskiy (1764–1846) Sankt-Peterburg tibbiy-xirurgiya akademiyasi anatomiya kafedrasiga rah barlik qilgan. Uning 1802-yilda rus tilida yozgan birinchi anato miya darsligi «Vrachlik ilmini o‘qiyotganlarga odam gav dasining tuzilishini o‘rganish uchun qo‘llanma yoki qisqacha ana tomiya» besh marta nashr etilgan. Teodor Shvann (1810–1882) organizm tuzilishining hujayra nazariyasini yaratdi.
D.J. Zernov (1843–1917) Moskva universiteti professori, anatom. Miya ning pushtalari va egatlarini o‘rganib, qulay klassifikatsiya yaratdi. U dunyodagi turli millat vakillarining bosh miyasi tuzilishida farq yo‘qligini isbot etdi, shu xususda hukm surib kelgan idealistik ta’limotni rad etdi. Uning «Odam tasviriy anatomiyasidan qo‘llanma» asari 14 marta nashr etilgan. V.P. Vorobyov (1876–1937) Xarkov tibbiyot instituti profes - sori. Periferik nerv tizimini makro-mikroskopik o‘rganishga asos sol gan. 5 jildlik «Anatomiya atlasi«ni tuzgan. V.N. Tonkov (1872–1954) «Odam anatomiyasi» darsligi muallifi. G.F. Ivanov (1893–1955) anatomiyadan 2 jildli qo‘lanma mu al lifi. Zohidov Hakim Zohidovich (1912–1978) anatom olim va mohir pedagog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fan lari doktori, professor. O‘rta Osiyo Meditsina Pediatriya instituti odam anato miyasi kafedrasining birinchi mudiri (1972–1978- yillar). O‘zbek tilida yozilgan «Odam anatomiyasi» (1964) darsligi va «Ruscha-o‘zbekcha-lotincha anatomiya lug‘at»i mualliflaridan biri. Xudoyberdiyev Rahim Egamberdiyevich (1922–2003) – anatom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor. Toshkent Davlat birinchi tibbiyot instituti odam anatomiyasi kafedrasi mudiri (1960–1992). «Odam anatomiyasi» (1964) dars ligi muallif laridan biri. Darslik 3 marotaba qayta nashr etilgan. Ahmedov Nosir Komilovich (1922–2004) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Respublika mukofotining nishondori. Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot instituti odam anatomiyasi kafedrasi mudiri (1990–1998). 2 jildlik «Odam anatomiyasi» atlasi va ko‘pgina darsliklar muallifi. XIX asrda fiziologiya alohida fan bo‘ldi. Fiziologiyani rivojlanishida rus fiziologlari I.M. Sechenov (1829–1905), I.P. Pavlov (1849–1931), V.M. Bexterev (1857–1927) va boshqalarning hissasi kat ta. I.M. Seche novning 1862-yilda chop etilgan MNTda tormozla nish jarayonini ochgan «Bosh miya reflekslari» asari katta ahamiyatga ega. I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati, qon aylanish va ovqat hazm qilish fiziologiyasi haqidagi ta’limotlari fiziologiya sohasida katta yutuq hisob lanadi.

Possiyada patologik anatomiya asoschisi bo‘lib A.I. Polunin (1820–1888) hisoblansa, kliniko-anatomik yo‘ nalish asoschilari A.B. Ab ri kosov (1875–1955) va I.V. Davidovskiy lar (1887–1968) hisoblanadi. Bular bilan bir qatorda fiziologiya va patologiya fanlarini rivojla nishiga bir qator o‘zbek olimlari: A.I. Magrupov, K.A. Zuparov, N.X. Ab dullayev, M.S. Abdullaxodjayeva, U.Z. Qodirov, V.A. Alimov va boshqalar ma’lum hissa qo‘shganlar.


Anatomiya (grekcha soʻzdan olingan boʻlib, kesish, kesib ochish degan maʼnolarini bildiradi) biologiyaning boʻlimi boʻlib, odam tanasining qismlarini va joylashishini organadi. Anatomiya ikki asosiy boʻlimdan iborat boʻlib, UmumiyAnatomiya va Histologiyadan iborat. Umumiy anatomiyada koʻz bilan koʻrib boladigan qismlar oʻrganilinadi va gistologiyada mikroskop bilan koʻrish kerak boʻlgan qismlar oʻrganilinadi. Umumiy anatomiya yana bir qancha boʻlimlarga boʻlingan: hayvonanatomiyasi, oʻsimlikanatomiyasi va odamanatomiyasi.

Yüklə 29,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə