1. Asosiy vositalar holati Asosiy vositalar harakati to`g`risidagi hisobotga oid dastlabki xujjatlar va ularni rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 84,34 Kb.
səhifə1/4
tarix20.06.2023
ölçüsü84,34 Kb.
#118065
  1   2   3   4
Asosiy vositalar harakati to


Asosiy vositalar harakati to`g`risidagi hisobotni tuzish.

Reja:
1.Asosiy vositalar holati
1.Asosiy vositalar harakati to`g`risidagi hisobotga oid dastlabki xujjatlar va ularni rasmiylashtirish tartibi.
2. Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotning me’yoriy asoslari.


KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar ta’lim sohasini ham keng qamrab olgan.Yil sayin oily ta’limga e’tibor eng asosiy masalaga ko’tarilmoqda.
Olib borilayotgan islohatlarni samarasini yanada oshirish maqsadida muhtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoyev tamonidan 2017 – 2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Ushbu Harakatlar strategiyasining 4.4 “ Ta`lim va fan sohasini rivojlantirish “ bo`limida qayd etilganidek “ mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash siyosatini izchil davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi ”.
Shuningdek Prezidentimizning PQ-3151-sonli “ Oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori talabalarning amaliyotlarini samarali tashkil etishga asos yaratdi .
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24- fevral kuni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga 2020- yildan boshlab davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashga o‘tish jadvalini har yili tasdiqlash va 1- iyunga qadar rasmiy veb-saytida e’lon qilishni ta’minlash topshirildi.
Moliya vazirligi MHXSni joriy etish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi. Buning uchun vazirlik tuzilmasida maxsus bo‘lim tashkil etiladi.
2020−2025- yillar davomida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitish, malaka oshirish, interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish, shuningdek, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekistonda dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish harajatlari respublika byudjeti hisobidan qoplanadi.
Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega bo‘ladi.

Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini asosiy vositalarsiz tasavvur qilish qiyin. Chunki ular mehnat unumdorligini oshirishning asosiy manbai, mahsulot sifatining talab darajasida bo’lishini ta’minlovchi omil hisoblanadi.


Ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatchilar o’rtasidagi kurashda asosiy vositalarning tarkibiy qismi hisoblangan zamonaviy texnika va texnologiyalarsiz muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Shu bilan birgalikda zamonaviy takomillashgan asosiy vositalarni amaliyotga qo’llash ilmiy texnika progressining eng so’nggi yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilinishini ta’minlaydi. Bu o’z navbatida ilm-fan yutuqlarini amaliyotga qo’llash va ular o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirishni ta’minlaydi.
Asosiy vositalar har bir sikldan so’ng ishlab chiqarish sohasini tark etmay, mehnat jarayonida o’z natura ashyoviy shaklini saqlab qolishi bilan tavsiflanadi. Ularning qiymati mahsulotga bir yo’la emas, balki qismlab o’tadi. Ammo shunday mehnat vositalari ham borki, ular o’z iqtisodiy mazmuniga ko’ra mehnat quroli hisoblanadi. Biroq asosiy vositalar tarkibiga kirmaydi, balki aylanma mablag’lar tarkibida hisobga olinadi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab ularni asosiy vositalarning aktiv va passiv qismlarga ajratiladi. Asosiy vositalarning aktiv qismiga mashina va uskunalar (kuch hamda ishchi mashina va uskunalar, o’lchov hamda to’g’rilash asboblari va qurilmalari, laboratoriya uskunalari, hisoblash texnikasi, boshqa mashina va uskunalar), shuningdek transport vositalari kiritiladi.
Asosiy vositalarning aktiv qismini aniqlashda ularning mahsulot hajmining o’sishiga, mehnat unumdorligining ortishiga bevosita ta’sir etishini ham e’tiborga olish lozim. Asosiy vositalarning passiv qismi ishlab chiqarish jarayoni uchun sharoit yaratuvchi ishlab chiqarishning infratuzilmasining binolari va inshootlarini o’z ichiga oladi.
Moliyaviy hisobotdan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonaning asosiy vositalarining tarkibi ularning ish holati va umumiy qiymati muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlar korxonaning moliyaviy hisobot tarkibiga kiritiladigan «Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot»da o’z aksini topadi. «Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot»ning asosiy vazifasi 1-sonli BHMA «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ning 86-bandida quyidagilar yozilgan: «Ushbu hisobot asosiy vositalarning harakati hamda ularning eskirishini hisoblash to’g’risida qo’shimcha axborot beradi. Shuningdek, unda ijaraga berilgan yoki olingan asosiy vositalar to’g’risida ham axborot beradi».
3-«Asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobot» asosida asosiy vositalarni yalpisiga emas, balki ularning turlari bo’yicha holatini, shuningdek, ta’minlangan va foydalanish samaradorligini mufassal tahlil qilish imkonini beradi. Hisobotning mazkur shaklida asosiy vositalarning har bir turi bo’yicha dastlabki qiymati, eskirishi va qoldiq qiymati, shuningdek ularning yil boshidagi qiymati, qancha kelib tushgani va chiqib ketganligi, yil oxiriga qoldig’i ko’rsatiladi. Hisobot oxirida ular ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga bo’lingan. Ma’lumot tariqasida asosiy vositalar turlari bo’yicha qaysi mablag’lar hisobiga olinganligi, qancha asosiy vositalar ijaraga olingan va berilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu hisobot ma’lumotlari asosida asosiy vositalar holatini ifodalovchi quyidagi ko’rsatkichlar aniqlanadi: eskirish, yaroqsizlik, yangilanish, chiqib ketish koeffitsiyentlari, asosiy vositalar tarkibi, ularning umumiy va asosiy vositalar turlari bo’yicha o’sish summasi kiritiladi.
Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari korxonaning asosiy vositalari bilan ta’minlanganligini mehnatning mexanizatsiyalashganlik darajasi, ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalashganlik darajasi kabi ko’rsatkichlarini hisoblashda ham foydalaniladi. Asosiy vositalarni foydalanish samaradorligining mezonlaridan ko’riladigan foyda (samara)dir. Buni tavsiflovchi ko’rsatkichlar qatoriga fondning rentabelligi; asbob-uskunalar unumdorligi kabi ko’rsatkichlar kiritiladi va ular ushbu hisobot ma’lumotlari asosida hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, (budjet muassasalari, sug‘urta tashkilotlari va banklardan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘rayuridik shaxs hisoblangan korxonalar, hamda huquqiy shaxs hisoblanmagan, lekin mustaqil balansga va bankda hisob-kitob schyotiga ega bo‘lgan korxona, birlashma va tashkilotlarning filiallari, vakolatxonalari va boshqa bo‘limlari ham choraklik va yillik moliyaviy hisobot topshiradilar. Chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil topgan korxonalar faqat yillik moliyaviy hisobot topshiradilar.
Choraklik va yillik moliyaviy hisobot shakllarining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.



Yillik moliyaviy hisobotlar quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:



Buxgalteriya balansi — 1- shakl



Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2- shakl



Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot — 3- shakl



Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot — 4- shakl



Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot — 5- shakl


Yüklə 84,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə