1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta`rifi; Avtomatlashtrishning maqsadi


-Rasm. Rostlash ob`ektiga ta`sir qiluvchi o`zgaruvchilar



Yüklə 12,63 Kb.
səhifə3/3
tarix13.10.2023
ölçüsü12,63 Kb.
#127367
1   2   3
1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta`rifi; Avtomatlashtr-fayllar.org

1.1-Rasm. Rostlash ob`ektiga ta`sir qiluvchi o`zgaruvchilar
Shunday qilib, sanoatning eng muhim talablaridan biri – texnologik jarayonning turg’unlashgan rejimini saqlashdan iborat. Moddiy va energetik balansga rioya qiladigan mashina yoki apparat rostlanuvchi ob`yekt deyiladi.

Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishning vazifasi rostlagich yordamida rostlanuvchi ob`yektdagi kerak bo`l­gan texnologik sharoitni avtomatik ravishda saqlash, agar bu sharoit buzilsa, uni qayta tiklashdan iboratdir. Avtomatik rostlash vaqtida (rostlanuvchi ob`yektga rostlagichning ta`siri tufayli) rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati berilgan qiymatiga teng yoki shunga yaqin bo`ladi.

Avtomatik sistemalar bir-birlari bilan ma`lum ketma-ketlikda bog’langan bo`lib, har biri tegishli vazifani bajaruvchi alohida elementlardan iborat. Mustaqil funksiyani bajaruvchi avtomatik sistema tarkibining biror qismi avto­matika elementi deyiladi. Avtomatika elementlarini ularning funksional vazifasiga ko`ra tasniflash maqsadga muvofiqdir. Avtomatik sistema elementlarining tarkibiga kiruvchi funksional bog’lanishni ifodalovchi sxema esa funksional sxema deb ataladi. Bundan tashqari, shu avtomatik sistemani turli dinamik xususiyatlarga ega bo`lgan va bir – birlari bilan bog’langan sodda zvenolar shaklida tasvirlash ham mumkin. Bu holda avtomatik sistemaning sxemasi zvenolarning bog’lanishini aks ettiradi va sistemaning tuzilish sxemasi deyiladi (1.2 rasm).
Rostlanuvchan ob`yekt va avtomatik rostlagich birligi ARSni tashkil qilib, rostlash konturi nomli tutash zanjirni hosil qiladi. Bu zanjir ARSning tuzilish sxemasiga emas, balki funksional sxemasiga tegishli bo`ladi.
1.2.rasm ARSning struktura sxemasi.
Sinov savollari:
1.Avtomatlashtirishga ta`rif bering.
2. Avtomatlashtrishning maqsadi nimalardan iborat?
3.ARSning ta`rifi.
4.Avtomatik nazorat, rostlash va boshqarish tushunchalari.
5. Avtomatlashtirish qanday bosqichlardan iborat?
6. Rostlanuvchi, boshqaruvchi va g’alayonli o`zgaruvchilarga ta`rif
bering.

7.Texnologik jarayon parametrlari tushunchasiga ta`rif bering.


8. Avtomatik rostlagich nima?
9. Hozirgi qiymat, berilgan qiymat va xatoliq tushunchalari nima?
10. Turg’unlashgan va turg’unlashmagan rejimlar tushunchalari.
11. Qanday ob`yekt rostlanuvchi ob`yekt deyiladi?
12.Avtomatika elementi deganda nimani tushunasiz?

13. Sistemaning funksional va struktura sxemalari nima?


http://fayllar.org
Yüklə 12,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə