1. Bankning tarkibiy tuzilishi, xizmatlarni tashkil qilish texnologiyasi, buxgal-teriya aparatini tashkil qilish, xujjatlar aylanishi va ichki nazorat tizimi


Banklarda kassa operatsiyalari hisobi va auditi



Yüklə 370,51 Kb.
səhifə7/12
tarix19.06.2023
ölçüsü370,51 Kb.
#117947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


5. Banklarda kassa operatsiyalari hisobi va auditi.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy funkciyalaridan biri pul emissiyasidir. Banknotalar va tangalar ko‘rinishidagi naqd pullar mamlakat hududidagi hisob kitoblarda cheklanmagan miqdorda qabul qilinuvchi yagona to‘lov vositasidir.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy funkciyalaridan biri pul emissiyasidir. Banknotalar va tangalar ko‘rinishidagi naqd pullar mamlakat hududidagi hisob kitoblarda cheklanmagan miqdorda qabul qilinuvchi yagona to‘lov vositasidir.
Pul yoki boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun kassa operatsiyalari bo‘limi tarkibida quyidagi kassalar tashkil etiladi:

  • Kirim kassasi;

  • chiqim kassasi;

  • kirim-chiqim kassasi;

  • maydalab berish kassasi;

  • qat’iy hisobda turadigan blankalarni berish kassasi;

  • kechki kassalar.

Yirik bank muassasalarida kassa operatsiyalari bo‘limini boyliklar bilan ishlashdan ozod etilgan xodim, ya’ni kassa operatsiyalari bo‘limining boshlig‘i boshqarishi lozim. U kassa apparati ishi ustidan nazorat o‘rnatadi va uning ishiga rahbarlik qiladi, hamda kassa ishini to‘g‘ri tashkil qilish, bank muassasasidagi barcha boyliklarning ishonchli va to‘liq saqlanish uchun rahbar bilan teng darajada javob beradi.
Kassa operatsiyalari bo‘limlarining boshliqlari egallab turgan lavozimlariga Markaziy bank va tijorat banklarning viloyat boshqarmalarida tayinlanadilar, tasdiqlanadilar va undan ozod etiladilar. Bo‘lim boshlig‘i yoki kassa mudiri lavozimida bank tizimida kamida 3 yil ishlagan shaxslar tayinlanadi.
Umuman, banklarda kassaning kirim va chiqim operatsiyalarini tashkil qilish uchun yangi hisobvaraqalar rejasining “Aktivlar” bo‘limida bir nechta hisobvaraqlar ochilgan. Hozirgi amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasida “Naqd pullar va kassa hujjatlari” nomli 10100 asosiy hisobvarag‘ida kassa operatsiyalarining hisobi olib boriladi. Bu asosiy hisobvaraq bo‘yicha bir nechta yordamchi hisobvaraq, ya’ni subschet ochilgan:
10101 - Aylanma kassadagi naqd pullar
10102 - Naqd pullar zaxirasi
10103 - Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar
10105 - Cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari
10107 - Bankomatlardagi naqd pullar
10109 - Yo‘ldagi pullar
10111 - Bank binosida joylashmagan operatsion kassalardagi naqd pullar
Yuqorida ko‘rsatilgan barcha hisobvaraqlar ham mazmun jihatidan aktivdir, ularda qoldiq va mablarlarning ko‘payishi debet tomonida, mablag‘larning kamayishi esa hisobvaraqning kredit tomonida aks ettiriladi.
Kirim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi.Endi kirim kassa operatsiyalarini bajarish tartibi haqida batafsil tanishib chiqamiz.Kirim kassa operatsiyalarini bajarishdagi asosiy hujjat - bu badalnoma, ya’ni pul topshirganlik haqidagi e’londir.Pul topshirishdan avval mijoz tomonidan ushbu badalnoma rasmiylashtiriladi.
Badalnomaning o‘zi 3 qismdan iborat:
1. Badalnomaning o‘zi.
2. Order.
3. Kvitansiya.
Hujjatning uchala qismida ham bir xil ko‘rsatkichlar to‘ldirilishi shart. Ya’ni hujjat rasmiylashtirilgan sana, mijoz korxona nomi, uning hisob-kitob ya’ni talab qilib olinadigan depozitlar hisobvaraqasi nomeri, operatsiya mazmuni, ya’ni nima maqsadda pul topshirilayotganligi, pul topshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi, pul summasi to‘liq ko‘rsatilishi va imzo qo‘yilishi kerak. Badalnomaning nomerini esa uni qabul qilayotgan mas’ul bank xodimi bankka kelib tushayotgan badalnomalarni qayd etish tartibida belgilaydi.Badalnomani qabul qilish bankda asosan nazoratchiga yuklatiladi. Ba’zi banklarda, ularning ichki tartibidan kelib chiqqan holda bu vazifa shu korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochi tomonidan yoki bosh buxgalter yordamchisi tomonidan bajariladi. Hujjatni qabul qilib olgan bank xodimi uni uchala qismining bir xil, to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirib chiqadi, agar operatsiya o‘tkazish mumkin deb topsa, hujjatning barcha qismlariga o‘z imzosini qo‘yib, ushbu hujjatni kassaning kirim jurnaliga qayd etadi. kunning oxirida kassaning kirim operatsiyalari bo‘yicha quyidagi bugalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. Ya’ni bu holda bank kassasi bilan birga pul topshirgan korxona hisobvarag‘ida ham topshirgan summada mablag‘ ortadi.
Debet 10101 – Bankning aylanma kassasidagi naqd pullar
Kredit 20200 – Mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Tijorat banklarining chiqim kassa operatsiyalari deganda bank kassalaridan naqd pulning berilishi bilan bog‘liq operatsiyalar tushuniladi. Korxona va tashkilotlarning o‘z ishchi xodimlari uchun ish haqi, pensiya, stipendiya, boshqa nafaqalar, mukofotlar, xizmat safari xarajatlari uchun naqd pul olishi mumkin.
Bank aylanma kassasidan mijozlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, xizmat safari xarajatlarini, nafaqa va yordam puli, moddiy yordam pullari, dividendlar hamda boshqa qonunchilikda ta’qiqlanmagan naqd pul to‘lovlarini quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chiqim qilinadi:
Debet 20200-“Mijozlarning depozit hisobvarag‘lari”
Kredit 10101-“Aylanma kassadagi naqd pullar”
Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma mijozga topshiriladi, shaxsiy hisobvaraq bankda alohida papkalarga tikiladi.

Mas‘ul ijrochi

Kassa

Mijoz

Nazoratchi



Yüklə 370,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə