1. Begona o’tlar haqida tushuncha. Begona o’tlarning zarari


Sudralib (yer bag’irrlab) o’suvchilar



Yüklə 125,95 Kb.
səhifə11/13
tarix22.03.2024
ölçüsü125,95 Kb.
#182448
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1404293005 52503

Sudralib (yer bag’irrlab) o’suvchilar. Bu guruhga kiruvchi o’sim-liklarning poyasi yer yuzasida yotib o’sadi. Palakdagi bo’g’imlaridan ildiz chiqarish xususiyatiga ega.
O’rmalovchi ayiqtovon - Ranunculuc repens L. Кo’p yillik ildizpoyali o’t. Ildizpoyasi juda kalta, undan popuksimon ildizchalar chiqadi. Bo’yi 15-70 sm. Poyasi yer bag’irlab yoki yerdan bir oz ko’tarilib o’sadi. Barglari bandli, 1-2 marta 3 bo’lak qismlarga bo’lingan. Gullari oltin-sariq rangli. Aprel-iyun oylarida gullab urug’laydi. Urug’idan va ildiz otadigan poyasidan ko’payadi. Ariq va soy bo’ylarida, botqoqli yerlarda, sholipoyalarda, tomorqalarda, o’tloqlarda o’sadi. Ayiqtovon hayvonlar uchun zaharli.
7.Tekinxo’r yovvoyi o’simliklar. Tekinxo’r yovvoyi o’simliklarning yashil barglari va ildizlari bo’lmaydi. Ular yashil bargli o’simliklar tanasidagi suv va oziq moddalarni maxsus so’rg’ichlari yordamida o’zlashtirish hisobiga yashaydi. Tekinxo’r yovvoyi o’simliklar poya parazitlari va ildiz parazitlariga bo’linadi.
Poya parazitlari. Bu guruhga chirmovuqdoshlar oilasiga mansub zar-pechaklarning barcha turi kiradi. Ular ingichka poyali va yo’g’on poyali-larga bo’linadi.
Ingichka poyali zarpechaklar. Ingichka poyali chirmovuq, zarpechak, sariq chirmovuq-Cuscuta L. approximata Babing. Bir yillik o’t. Poyasi sariq yoki zarg’aldoq-sariq, ingichka, ipsimon, chirmasha-digan, so’rg’ichlari bilan yopishib yashaydi. To’pguli sharsimon tugun-cha shaklda bo’ladi. Gullarining rangi oq. Mevasi ikki uyali, to’rt urug’li sharsimon ko’sakcha. Urug’i sharsimon, tuxumsimon-burchakli, sarg’ish yoki malla rang. Aprel-iyunda ko’karib chiqadi. Iyun-avgustda gullaydi. Iyul-oktyabrda urug’ tugadi. Bitta o’simligi 3000 tagacha urug’ qiladi. Urug’lar unuvchanligi tuproqda 12-15 yilgacha saqlanadi.
Sebarga zarpechagi, mayda urug’li zarpechak-Cuscuta epithymum Mur. Poyasi qizil, juda ingichka, ipsimon. To’pguli sharsimon tuguncha shaklida. Mevasi ko’sak. Iyun-sentyabrda gullab urug’ tugadi. Bitta o’simligi 2500 tagacha urug’ qiladi. Urug’larning unib chiqishi uchun optimal harorat +18…+240C hisoblanadi. Beda va sebarganing asosiy begona o’ti hisoblanadi. Кo’pgina poliz va sabzavot ekinlarida parazitlik qiladi.
Dala chirmovug’i-C.camperstris Juncker. Poyasi ipsimon, shoxlan-gan, sariq yoki to’q sariq. Gulkosasi yarim sharsimon, yaltiroq. Gulto-jisi qo’ng’iroqsimon, tugunchasi va ko’sakchasi yassi sharsimon. Iyul-sentyabr oylarida gullab urug’ beradi. Hamma joyda tarqalgan, sabza-vot, poliz ekinlari, kanop va boshqa o’simliklarda parazitlik qiladi.
Janub chirmovug’i-C. australis R. Br. Bir yillik o’t, poyasi nozik, ipsimon, sariq. Gulkosasi teskari konussimon. Gultojisi kosasiga nisba-tan 2 marta uzun, och sariq. Tuguncha va ko’sakchasi yassi sharsimon. Iyun-avgust oylarida gullab urug’laydi. Asosan, sabzavot va poliz ekinlari va ba’zi yovvoyi o’simliklarda parazitlik qiladi.
Leman chirmovug’i, devchirmovuq, devpechak-C. Jehmannianna Bge. Bir yillik o’t. Poyasi yo’g’onlashgan, chizimchasimon qizg’ish yoki sarg’ish rangda. Boshoqsimon to’pguli 8 sm gacha. Tugunchasi va ko’sakchasi tuxumsimon, 5-6 mm, 3-4 urug’li. Iyun-sentyabr oylarida gullab urug’laydi. Ariq, kanal va daryo bo’ylarida, bog’ va tokzorlarda begona o’t sifatida uchrab, parazit holda o’sadi. Daraxt va butalarga chirmashib, parazitlik qiladi.

Yüklə 125,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə