1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/51
tarix25.05.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#87913
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
11-tarix-imtihon-javoblari-2022-yil

2.
 
Baroqxon madrasasi. 
Baroqxon madrasasi - Toshkentda qurilgan Madrasa (1531/32 

16-asr 2-yarmi). 
Hovli atrofida hujralar va ichki tarafida peshtoq boʻlib, madrasaning gʻarbiy qismi
birmuncha oldinga chiqqan. Poydevori toshdan, qalin devorlari turli hajmdagi pishiq 
gʻishtdan ishlangan. Baʼzi joylari sinchli. Baroqxon madrasasi oʻrnida dastlab 2
(katta va kichik) maqbara boʻlgan. Kichik maqbarada Baroqxon qabri bor. Uning
toʻrt
tomonidagi eshiklaridan uchtasi keyinroq berkitib tashlangan (qolgan eshikdan 
zina bilan tomga chiqilgan). 1904 y.da masjidga aylantirilgan katta maqbarada 


Toshkent hokimi Suyunchxoʻja qabri joylashgan. Baroqxon ikki maqbarani oʻz
ichiga olgan Madrasa qurdirgan. Madrasaning sharq tomonidagi ulkan peshtoqqa 
rang-
barang sirkor gʻishtchalardan namoyon terilgan. U handasiy va girih naqshlar
bilan hoshiyalangan. Peshtoqning yuqori qismi saqlanmagan. Asosiy peshtoqning 
orqa tomonida yana 
peshtoq va besh qirrali ravoq bor. Gʻarb tomondagi ichki
peshtoq koʻk gumbazning tarkibiy qismi boʻlgan. Baroqxon madrasasi ning toʻrt
burchagida 
choʻziq
xona (qorixona)lar 
boʻlgan.
Bino shakli va bezaklari 
oʻz
holicha 
qolgan. Uning 22 m li gumbazi 
koʻk
sirkor 
gʻishtchalar
bilan pardozlangan (gumbaz 
1868 y.gi zilzila paytida qulab tushgan). Gumbaz ostidagi 4,5 m li poygumbazga 
turli rangdagi sirkor gʻishtchalardan handasiy va girih naqshlar terib yaratilgan,
Qurʼon suralari bitilgan. Maqbara ichki qismidagi bezaklar keyinchalik koʻchib
tushgan. Ichki devorning tepa qismida ganchdan ishlangan naqshlar boʻlib, ularga
oltin suvi yugurtirilgan, pastki qismida olti burchakli sopollardan terilgan keng izora 
bor (ular yashil sirkor, zarhalli gʻishtchalar bilan ajratilgan). 20
-asr boshlaridagi 
taʼmir
vaqtida qad. bezaklarning 
qoldigʻi
koʻchirib
tashlanib, oq ganch bilan 
suvalgan. Baroqxo
n madrasasi naqshlarining goʻzalligi, qurilish uslubi jihatidan
Samarqandning eng yaxshi meʼmoriy yodgorliklari (15
-asr ikkinchi yarmidagi Oq 
saroy va Ishratxona)ga yaqinlashadi. 1946, 1949, 1951, 1967 y.larda taʼmir ishlari
olib borilgan. Baroqxon madrasasi da 
Oʻzbekiston
Musulmonlari idorasi joylashgan. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə