1. Bir fazali sinusoidal o'zgaruvchan tok



Yüklə 56,63 Kb.
tarix21.08.2023
ölçüsü56,63 Kb.
#120782
Abdusamatov Sardorbek (1) (1)


QABUL QILDI_____________
FARG'ONA POLITEXNIKA INSITUTI 11-20 MKQ GURUHI TALABASI ABDUSAMATOV SARDORJONNING QURILISHDA ELEKTR TA'MINOTI FANIDAN TAYYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Bir fazali sinusoidal tok zanjirlari haqida ma'lumot .
Reja:
1. Bir fazali sinusoidal o'zgaruvchan tok
2.O'zgaruvchan tok
3. Sinusoidal elektr yurutuvchi tok hosil qilish .
4.O'zgaruvchan tok zanjirida aktiv qarshilik
Sinusoidal o‘zgaruvchan elektr yurituvchi kuch va toklar Elektr energiyasini bir turdan boshqa turga aylantirishning barcha fizikaviy jarayonlarini amalga oshirish hozirgi zamon elektrotexnikasi barcha sohalarining asosini tashkil etadi, ya’ni elektr yurituvchi kuch (EYK), kuchlanish, tok va elektromagnitli miqdorlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘zgaruvchan tok vaqt bo‘yicha, ma’lum qonun bo‘yicha o‘zgaradi, ya’ni tokning miqdori vaqtning funksiyasidir.
Bir fazali sinusoidal o'zgaruvchan tok zanjirlari .
Elektrotexnikada ishlatiladigan davriy toklarning chastotalari (takrorlanishlari) doirasi juda keng bo‘lib, gersning o‘ndan biridan tortib, to milliarddan bir ulushlarigacha bo‘lgan qiymatlarini tashkil etadi. Elektrotexnikada standart chastotalar 50 Hz dan 60 Hz gacha ishlatiladi. O‘zbekistonda 50 Hz chastota (tebranish) ishlatiladi. Тokning chastotasi quyidagiga teng:
F=
1
__,H z
T
Standart chastota f = 50 Hz bo‘lganda, T = 0,02 s bo‘ladi. Burchak takrorlanishi (chastotasi) quyidagicha aniqlanadi:
Elektr qurilmalari uchun asosiy chastota sifatida 50 Hz chastota qabul qilingan. Elektr mashinalar, transformatorlar, elektr lampa, priyomnik, televizor, sovitgich va boshqa iste’molchilar shu tebranishda ishlaydi.
O‘zgaruvchan tokning eng ko‘p tarqalgan manbalaridan biri mexanikaviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi sinxron generatordir. Generatorning qo‘zg‘almas qismini stator deyiladi. Harakatlanuvchi o‘zgarmas magnitli qismini rotor deb ataladi. Statorda chuqur ariqchalarga o‘rnatilgan o‘ramlar bo‘lib, ularning uchlaridan o‘tkazgichlar (simlar orqali) elektr toki iste’molchilarga uzatiladi. Generatorning magnitli rotori mexa- nikaviy kuch bilan aylantirilganda generatorning o‘ramlarida elektr hosil bo‘ladi.
O'garuvchan tok.
Texnikada o‘zgaruvchan tok ko‘p ishlatiladi, chunki o‘zgaruvchan tokni ishlab chiqarish va undan foydalanish qulay.
O‘zgaruvchan tokni deyarli isrofsiz transformatsiyalash, ya’ni undan uzoqqa elektr energiya uzatish uchun yuksak kuchlanishli va iste’molchi uchun past kuchlanishli elektr toki hosil qilish mumkin.
Vaqt o‘tishi bilan yo‘nalishi va kattaligi jihatidan o‘zgarib turuvchi davriy tok o‘zgaruvchan tok deb ataladi. Ular ichida eng oddiysi va qulayi sinusoidal toklardir.
Sinusoidal elektr yurituvchi kuch hosil qilish
Sinusoidal o‘zgaruvchan tokni quyidagi usulda hosil qilish mumkin.
Bir jinsli magnit maydonga berk o‘tkazgich joylashtirilgan deb faraz qilaylik. Berk o‘tkazgich 900ga berilganda uning
Kundalang kesim yuzini kesib utgan induktsiya oqimi nolga teng bo‘ladi. Magnit maydon kuchlanganligi N bilan o‘tkazgich yuziga utkazilgan n normal orasidagi burchak ( bo‘lganda induktsiya oqimi quyidagiga teng bo‘ladi:
Ф = Ф0 cosa
Berk o‘tkazgichning aylanishi bir tekis bulib, T davr ichida to‘la bir marta aylansin u holda
W= 2at / T = a t
bunda  = 2 / T o‘tkazgichning burchak tezligi, t - vaqt
Bu ifodani yuqoridagi formulaga qo‘ysak, quyidagi hosil bo‘ladi:
Ф = Ф 0 cos a t
ya’ni magnit induktsiya oqimi vaqt buyicha o‘zgaradi.
Berk o‘tkazgich aylanishida magnit maydon oqimining o‘zgarishi tufayli induktsiya elektr yurituvchi kuchi vujudga keladi:
e = - dФ / dt
Bu yerda F- o‘tkazgich yuzasiga tik yo‘nalgan magnit oqimi. Ifodadagi manfiy ishora E.YU.K. ning hosil qilgan kuchga nisbatan doimo qarama -qarshi yo‘nalganini ko‘rsatadi .
Oqimning o‘zgarishi dФ/ dt = - Ф0 wsin a t
Binobarin, e = Ф0 wt sinàt
Elektr yurituvchi kuchning oniy qiymati ye ni aniqlash uchun uning amplitudasi .Еm. ni fazoviy burchak sinusiga ko‘paytirish kerak.
Buni grafik ravishda tushintirish uchun tokning amplituda qiymatiga teng bulgan Oa chizigini chizib, uni soat strelkasi yo‘nalishiga teskari tomonga aylantirsak (aylantirishning bu yo‘nalishini musbat deb qabul qilingan), unda bu chiziqning uchi Em. radius bilan doira chizadi va biror t vaqt o‘tishi bilan bir chiziq  burchakka buriladi va Об vaziyatni egallaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ✍🏻
1. Avetisyan, D.A. Elektr tizimlari va qurilmalarini loyihalashni avtomatlashtirish [Matn]: darslik. qo'llanma /. - M .: Yuqori. shk., 20s.
2. Akimova, N.A. Elektr va elektromexanik uskunalarni o'rnatish, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash [Matn]: darslik. nafaqa /,; ed. ... - M .: Akademiya, 20-yillar.
E'tiboringiz uchun rahmat !
Yüklə 56,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə