1. Birinchi jahon urushi nechanchi yillar oralig'ida bo'lib o'tdi?



Yüklə 87 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü87 Kb.
#146878
1   2   3
10-sinf Jahon tarixi 9-11-mavzular testi yangi

10 mavzu
1. Urush tugashi bilan g’olib davlatlar xalqaro munosabatlarda yangi tartib o’rnatish, urushdan keyingi dunyoning qiyofasini belgilash uchun qaysi shaharga yig’ildilar?
A) Berlin B) London
C) Vashington D) Parij
2. Parij tinchlik konferensiyasi bo’lib o’tgan sanani belgilang.
A) 1921-yil 12-noyabrdan 1922-yil 6-fevralgacha
B) 1914-yil 28-iyuldan 1918-yil 11-noyabrgacha
C) 1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha
D) 1919-yil 28-iyundan 1921-yil 6-fevralgacha
3. Parij tinchlik konferensiyasi Parij yaqinidagi qaysi saroyda bo’lib o’tgan?
A) Livadiya B) Versal
C) Trianon D) Sen-Jermen
4. Qachon Germaniya bilan Versal tinchlik shartnomasi imzolanadi?
A) 1919-yil 28-iyun B) 1919-yil 10-sentabr
C) 1919-yil 27-oktabr D) 1920-yil 4-iyul
5. Versal tinchlik koferensiyasida nechta davlat vakillari ishtirok etdilar?
A) 25 ta B) 27 ta
C) 28 ta D) 23 ta
6. Millatlar Ligasi qachon tashkil qilindi?
A) 1918-yil B) 1917-yil
C) 1919-yil D) 1916-yil
7. Millatlar Ligasi haqida keltirilgan tog’ri hukmlarni belgilang.
1. Dastlab mag’lub davlatlar va Sovet Rossiyasi unga qabul qilinmadi.
2. Germaniya va Turkiyaning mustamlakalarini g’olib davlatlar tomonidan bo’lib olinishi, bularni qonuniylashtirish Millatlar Ligasi Ustaviga mandat tushunchasi kiritildi.
3. «abadiy tinchlik» vositasi deb e’lon qilingan Millatlar Ligasi g’olib davlatlar ning dunyoni o’zaro bo’lib olishiga qonuniy tus berdi,
ittifoqchilarning urushdagi g’alabasini mustahkamladi.
4. Jahonda tinchlik uchun kurash, xalqlar o’rtasida hamkorlik va xavfsizlik masalalari Millatlar Ligasining asosiy vazifalari qilib belgilandi.
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
8. Vashingtonda konferensiya nima maqsadda chaqiriladi?
A) G’olib Antanta bilan mag’lub To’rtlar ittifoqi o’rtasida imzolanadigan tinchlik shartnomasining matnini tuzish
B) Bo’lingan dunyoni qaytadan bo’lib olish
C) Uzoq Sharq va Tinch okeanidagi bahsli muammolarni hal qilish va dengizdagi qurollarni cheklash
D) Barcha javoblar to’g’ri
9. Vashington konferensiyasi boshlangan – “a” va tugagan – “b” yillarni to’g’ri tartibda joylang.
A) a- 1921-yil 12-noyabr; b- 1922- yil 6-fevral.
B) a- 1919-yil 18-yanvar; b- 1920- yil 21-yanvar.
C) a- 1914-yil 28-iyul; b- 1918-yil 11-noyabr.
D) a- 1919-yil 28-iyun; b- 1921-yil 6-fevral.
10. Vashington konferensiyasida qaysi davlatlar o'rtasida shartnoma imzolandi?
1. AQSH 2. Italiya 3. Germaniya 4. Buyuk Britaniya 5. Fransiya 6. Yaponiya
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 4, 5, 6
C) 2, 3, 4, 6 D) 2, 4, 5, 6
11. Qaysi yillarda imzolangan shartnomalar va jahondagi kuchlarning yangi nisbati xalqaro munosabatlarning Versal-Vashington
tizimi nomini oldi?
A) 1919 – 1923-yillar B) 1919 – 1921-yillar
C) 1920 – 1922-yillar D) 1918 – 1920-yillar
12. Birinchi jahon urushidan keyin liberal demokratiya mamlakatlarining yetakchisi qaysi davlat bo'lib qoldi?
A) Fransiya B) AQSH
C) Buyuk Britaniya D) Italiya
13. Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun qanday oqibatlarga olib kelgan javoblarni belgilang.
1. Birinchi jahon urushidagi g'alaba Buyuk Britaniya uchun juda qimmatga tushdi.
3. Urushdan oldin kreditor bo'lgan Buyuk Britaniya AQSHdan va o’z dominionlaridan qarzdor bo’lib qoldi.
4. Iqtisodiy o’sish sur’atlari juda past bo’lib, inqiroz va turg’unlik odatiy holga aylandi.
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 2 D) 1, 2, 3
14. Buyuk Britaniya qachon inqirozdan chiqa boshladi?
A) 1933-yil B) 1934-yil
C) 1935-yil D) 1937-yil
15. Qachon Buyuk Britaniyada konservatorlar yetakchisi Nevill Chemberlen keldi?
A) 1934-1940-yillar B) 1937-1939-yillar
C) 1935-1940-yillar D) 1937-1940-yillar
16. Qachon Myunxen kelishuv imzolandi?
A) 1938-yil B) 1937-yil
C) 1939-yil D) 1940-yil
17. XX asrning Buyuk Britaniya tarixida juda katta ro'l o'ynagan siyosatchi kim boshqargan?
A) Nevill Chemberlen B) Uinston Cherchill
C) Franklin Ruzvelt D) Charls Xyugo
18. Garchi Fransiya Birinchi jahon urushini g’olib davlat sifatida ya’kunlagan bo’lsada, urush harakatlari bo’lib o’tgan Fransiya hududining qancha qismidagi sanoat korxonalari vayron bo’ldi?
A) 1/2 B) 1/5 C) 1/4 D) 1/3
19. Urushgacha kreditor bo’lgan Fransiya urushdan keyin qaysi davlatdan qarzdor davlatga aylanadi?
A) AQSh B) Rossiya
C) Germaniya D) B. Britaniya
20. Versal shartnomasiga binoan, Fransiya qaysi viloyatlarni Germaniyadan qaytarib oldi?
A) Kyoln va Vorms B) Gdansk va Sudet, Saar ko'mir havzasi
C) Reyn va Vestfaliya D) Elzas va Lotaringiya, Saar ko'mir havzasi
21. Fransiyada sanoat ishlab chiqarishi nechanchi yilda ham inqirozdan oldingi darajasiga yetmadi?
A) 1933-yil B) 1930-yil
C) 1935-yil D) 1937-yil
22. Qachon Nyu York fond birjasida boshlangan inqiroz tufayli barqaror rivojlanish davri tugadi?
A) 1929-yil 24-oktyabr B) 1930-yil 24-oktyabr
C) 1929-yil 24-noyabr D) 1928-yil 24-oktyabr
23. Nechanchi boshiga kelib AQSH kapitalistik dunyoning tan olingan yetakchisiga, texnik taraqqiyotning yalovbardoriga aylandi. Iqtisodiy inqirozning butun qudrati ham shu yerda namoyon boʻldi.
A) 1930-yil B) 1928-yil
C) 1932-yil D) 1935-yil
24. AQSHda 1929-1932-yillari sanoat ishlab chiqarish hajmi qanchaga qisqardi(1), qancha kishi o'z ish joylaridan mahrum bo'ldi(2).
A) 40% (1), 12 mln (2) B) 50% (1), 13 mln (2)
C) 45% (1), 14 mln (2) D) 35% (1), 15 mln (2)
25. Qachon savlovlarda Amerika xalqiga yangi kurs va'da qilgan Franklin Ruzvelt g'olib chiqdi?
A) 1932-yil oktyabr B) 1932-yil noyabr
C) 1933-yil noyabr D) 1935-yil oktyabr
26. … AQSH va uning ortidan butun kapitalistik dunyo iqtisodiy inqirozdan chiqib oldi.
A) 1930-yillarning ikkinchi yarmida
B) 1930-yillarning birinchi yarmida
C) 1920-yillarning ikkinchi yarmida
D) 1920-yillarning birinchi yarmida
27. Qachon AQSH va Sovet Ittifoqi o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatiladi?
A) 1933-yilda B) 1934-yilda
C) 1936-yilda D) 1932-yilda
28. Nechanchi yillari AQSH neytralitet hamda urushayotgan davlatlarga qurol yetkazib berish va kredit ajratishni taqiqlash to'g'risida qonunlar qabul qilindi?
A) 1935-1937-yillar B) 1935-1936-yillar
C) 1934-1935-yillar D) 1937-1938-yillar
29. Ikkinchi jahon urushi boshlanguncha izolyatsionizmni qaysi davlat hukumatining ustuvor siyosati boʻlib qoldi?
A) AQSH D) Fransiya
C) Germaniya D) Buyuk Britaniya
30. … biron-bir davlatning xalqaro muammolarni hal qilishda ishtirok etishdan bosh tortish siyosati. Ko’pincha, AQSHning
ikkinchi jahon urushigacha bo’lgan siyosatiga nisbatan qo’llaniladi.
A) Internatsionalizm B) Izolatsionizm
C) Individualizm D) Neytralitet
31. Biror shaxsning vakolatini, muayyan narsaga huquqini tasdiqlovchi hujjat?
A) Mandat B) Konsesiya
C) Deklaratsiya D) Manifest

Yüklə 87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə