1. Biznesning tovar sifatidagi xususiyatlari nimalardan iborat


Korxona (biznes) qiymatini baholashga ta’sir etuvchi asosiy omillar qanaqa?



Yüklə 26,26 Kb.
səhifə4/5
tarix25.03.2023
ölçüsü26,26 Kb.
#103197
1   2   3   4   5
shaxa baholash ishi to\'liq

5. Korxona (biznes) qiymatini baholashga ta’sir etuvchi asosiy omillar qanaqa?
Biznes qiymatini baholash bu - uning kapitalini adolatli bozor qiymatini aniqlovchi ko’p bosqichli va murakkab analitik jarayon bo’lib u hisoblarning aniq tizimi va zarur mantiqiy jarayonlarni bajarilishiga asoslanadi.
Omil - bu voqelikni (jarayonni, oqibatni, natijani) keltirib chiqaruvchi, uning rivojini shakllantiruvchi sababdir. Odatda har qanday omil va voqelikni idrok qilish va o'lchash uchun ular miqdoriy va sifatiy ko'rsatkichlar bilan ifodalanadi.
Biznes qiymatini baholash omillari:
1.Vaqt omili
2.Xatar omili
3.Bozor konyukturasi
4.Nazorat darajasi
5.Cheklash
6.Korxonaning istiqboli
7.Likvidlilik
Vaqt va xatar biznes qiymatini baholashning asosiy omillari hisoblanadi. Vaqt omili bozor iqtisodiyotining barcha jarayonlariga, narxga, qiymatga, qarorlarni qabul qilishga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omil hisoblanadi. Samarasiz yo’qotilgan vaqt pulning yo’qotilganligini anglatadi. Bunga yo’l qo’ymaslikning yagona usuli-sarmoyani ishlashga majbur etish. Bunda daromad olish vaqti ham muhim, chunki olingan daromad yanada ko’proq daromad olish uchun ishlatilishi mumkin. Daromad olish vaqti oraliq vaqt, davrlar bilan o’lchanadi. Oraliq vaqt yoki davr bir kunga, bir haftaga, bir oyga, bir chorakka, yarim yilga yoki bir yilga teng bo’lishi mumkin. Uning o’tishi davomida pul to’lanishi yoki olinishi lozim bo’lgan vaqt baholash jarayonida birinchi darajali ahamiyatga ega.
Bozor iqtisodiyotining yana bir muhim belgisi bolib xatar hisoblanadi. Xatar deganda bozor konyukturasi, makroiqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq beqarorlik va noaniqlik tushuniladi, boshqacha aytganda, xatar - bu investitsiyalardan olinadigan daromadlar bashorat qilinayotgandan ko’p yoki kam bo’lishi mumkin. Baholash paytida shuni yodda tutish lozimki, xatarning turli xillari mavjud va bozor iqtisodiyoti sharoitida hech bir qo’yilma mutlaqo xatarsiz bo’lmaydi.
Bozor narxini belgilab beruvchi yana bir muhim omil mulkning likvidliligi bo’lib hisoblanadi. Bozor qiymat yo’qolishining kam xatari bilan tezda pulga aylanishi mumkin bo’lgan aktivlar uchun mukofotni nazarda tutadi. Likvidli korxonalar aksiyalarining qiymati odatda, nolikvid korxonalar aksiyalarining qiymatidan yuq Talab. Talab mazkur biznеs xususiy mulk egasiga qanday daromad kеltirishi, bu biznеsdan qachon va qanday xavf kеlib chiqishi, nazorat imkoniyatlari qandayligi va mazkur biznеsni qayta sotish bilan bog’liq bo’lgan masalalar kеltirib chiqaradi.
Yangi mulkdor ega boladigan nazorat darajasi korxonaning bozor qiymatiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Korxona yakka xususiy mulkka sotib olinishi yoki aksiyalarning nazorat paketi xarid qilinishi mumkin. Birinchi holatda narx ikkinchi holatdagiga qaraganda yuqori bo’ladi.
Va albatta, korxonaning bozor narxi korxonaning istiqboli qandayligiga bog’liq, ya’ni: u rivojlanadimi yoki samarasizlik tufayli yopiladimi. Korxonaning bozor narxini aniqlashda uning sarmoyasining faqat kelajakda u yoki bu shaklda daromad keltirishi mumkin bo’lgan bir qismi hisobga olinadi. Shuning uchun biznesni baholashda bozor konyukturasining tahlili katta ahamiyatga ega.

Yüklə 26,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə