Министерство высшего и среднего специального образования республики узбекистан



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə1/6
tarix26.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#112950
  1   2   3   4   5   6
XVKM kurs ishi UK

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI




«XALQARO MOLIYA-KREDIT» KAFEDRASI


XALQARO VALYUTA-KREDIT MUNOSABATLARI”


bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun kurs ishlarini bajarish va rasmiylashtirish bo’yicha
USLUBIY KO‘RSATMA


Bilim sohasi:

400 000 – Biznes, boshqaruv va huquq

Ta’lim sohasi:

410 000 – Biznes va boshqaruv

Ta’lim yo‘nalishi:

60412100 – Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari



TOSHKENT 2022


2

KIRISH


So‘nggi yillarda mamlakatimizda jahon iqtisodiy jarayonlariga integratsiyalashuvini kuchaytirish va o‘zaro manfaatli xalqaro moliyaviy munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan islohotlar faol tarzda amalga oshirilmoqda.


Hozirda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda raqobatbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o‘rin egallash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq. Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi”1da 2022 yil va keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshirish zarur bo‘lgan dasturiy va maqsadli vazifalar belgilanib, maqsadlarning uchinchi yirik guruhi “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash”ga bag‘ishlangan.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonning xalqaro miqyosda moliyaviy munosabatlarda ishtirok etadigan mutaxassis kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari o‘z o‘quv dasturlari, o‘quvchilar hukmiga havola etiladigan ma’ruza matnlari, turli ko‘rgazmali qurollarda, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishini belgilash uchun xizmat qiluvchi mustaqil ishlar, kurs ishlari, ilmiy loyihalar mavzularini shakllantirish zarur.
Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon iqtisodiyotida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berishi bilan vujudga keldi. 50-yillarda jahon iqtisodiyotida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga soluvchi moliyaviy tashkilotlarni tashkil etish orqali ikkinchi jahon urushi oqibatlarini


1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 60-sonli farmoni
yumshatish va qayta tiklash bilan band bo‘ldi. 60-yillarda ishlab chiqarish va savdo sohasidagi mashg‘ul bo‘lgan firmalar tashqi bozorlar va tez o‘suvchan xalqaro savdo ta’sirida o‘z faoliyatini kengaytira boshladi. 70-yillarga kelganda turli mulk shaklidagi korxonalar biznesi ko‘pmillatlilik asosida tashkil etila boshladi.
Kurs ishi “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash shaklidan biri hisoblanadi. Kurs ishi o‘quv rejasiga muvofiq talabaning olgan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kurs ishi nazariy ma’lumotlar bilan birga amaliy materiallar asosida talabaning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishining dastlabki bosqichi bo‘lishi bilan birga ma’lum bir kursning yakunlovchi bosqichi sanaladi. Kurs ishi loyihasini bajarish “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni tayyorlashda mutaxassislik fanlarining zaruriy elementi hisoblanadi.
“Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kurs ishini bajarishning maqsadi:

  • talabalarda xalqaro valyuta-kredit munosbatlarining zarurligi, mohiyati va ahamiyatini chuqurroq o‘rgatish, xalqaro valyuta-kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari, ularning vakolatlarini o‘rganish va umumlashtirish, ilmiy va o‘quv adabiyotlarni tanqidiy o‘rganishni o‘rgatish;

  • talabalarda xalqaro valyuta-kredit munosabatlari ishtirokchilari faoliyatiga oid statistik ko‘rsatkichlarning tahlili yuzasidan ko‘nikma hosil qilish va mustaqil xulosa shakllantirish qobiliyatini rivojlantirish;

  • O‘zbekistonning xalqaro valyuta-kredit munosabatlaridagi ishtiroki, xalqaro va mintaqaviy valyuta-kredit tashkilotlari bilan aloqalarini joriy holatini o‘rganish orqali muammolarni aniqlash, ilg‘or xorij tajribasini o‘rgangan holda ushbu muammolarning yechimi yuzasidan asoslangan fikrlarni ilgari surish hamda xulosalar shakllantirishni o‘rgatish;

  • kurs ishi mavzusi doirasida to‘plangan ma’lumotlar, amaliy materiallar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini ketma-ketlikda rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarni hosil qilish.

    1. Yüklə 0,72 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə