Министерство высшего и среднего специального образования республики узбекистан



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə4/6
tarix26.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#112950
1   2   3   4   5   6
XVKM kurs ishi UK

KURS ISHI HIMOYASI


Tayyor bo‘lgan kurs ishi kafedrada ro‘yxatdan o‘tkaziladi (himoya muddatidan kamida ikki hafta oldin) va ilmiy rahbarga yetkaziladi. Ilmiy rahbarga yetkazilgunga qadar kafedra ish yurituvchisi tomonidan kurs ishi plagiatga tekshiriladi.


Kurs ishi kafedradan ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng bir hafta muddatda ilmiy rahbar tomonidan taqriz taqdim etiladi.
Taqdim etilgan kurs ishini taqriz qilayotganda ilmiy rahbar:

  • talaba tomonidan tanlangan mavzuning yoritilish darajasiga;

  • mavzuga oid ilmiy va amaliy materiallardan foydalanganligiga;

  • amalga oshirilgan tadqiqot natijalariga asoslanib aniq xulosalar shakllantirishiga;

  • kurs ishining savodli va chiroyli rasmiylashtirilishiga;

  • taqdim etilgan kurs ishining belgilangan talabalarga mos kelishiga alohida e’tibor qaratishi lozim.

Ilmiy rahbar taqrizi bilan tanishib chiqib talaba unda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi va himoyaga tayyorgarlik ko‘radi.
Quyidagi holatlarda kurs ishi qoniqarsiz deb topilishi va qayta ishlashga qaytarilishi mumkin:

  1. Kurs ishi rejasining ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlangan va kafedraga taqdim etilgan nusxa bilan mos kelmasligi hollarida;

  2. Kurs ishida keltirilgan ma’lumotlarning manbasi keltirilmagan bo‘lsa;

  3. Kurs ishi belgilangan talablar bo‘yicha rasmiylashtirilmagan bo‘lsa (sahifalar raqamlanmgan, adabiyotlar ro‘yxati tartib bilan keltirilmagan va bsohqalar).

Taqrizchi (ilmiy rahbar) ishning afzalliklari va kamchiliklarini aytib o‘tadi va zarur hollarda uni tuzatishni ko‘rsatadi. Taqriz himoya qilish uchun ruxsat berilishi yoki yo‘qligi xulosasi bilan yakunlanadi.
Talaba tomonidan taqrizchi (ilmiy rahbar) tomonidan taqrizda ko‘rsatilgan xatolar, tuzatish va qo‘shimchalarni kurs ishini himoya qilish sanasidan oldin ularni bartaraf etgan bo‘lishi shart.
Ilmiy rahbar tomonidan ijobiy xulosaga ega bo‘lgan va imzolangan kurs ishi kafedrada tashkil etilgan komissiya huzurida himoya qilinadi. Har bir talabaga kurs ishi himoyasi uchun 10-15 daqiqa beriladi (10 daqiqaga talaba chiqishiga va 5 daqiqa savollarga javob berish uchun).
Talaba kurs ishini komissiya huzurida kurs ishi mavzusining qisqacha mazmunini, mavzu doirasidagi bir yoki ikkita muammoni, mazkur muammoning rivojlangan davlatlarda hal etilishi yo‘llari va undan O‘zbekistonda qo‘llashning ijobiy taraflari va shuningdek, salbiy oqibatlarini yoritib berishi kerak, shu bilan birga komissiya a’zolarini qiziqtirgan mavzu doirasidagi savollarga izohlar bilan aniq javob berishi kerak.
Kurs ishi himoyasi ochiq holda o‘tkaziladi, talaba nutq madaniyati, o‘zini tuta olishi, o‘rganilgan mavzuni bilish darajasi, dunyoqarashiga alohida e’tibor qaratiladi. Himoya tugaganidan har bir ishni baholab qaror qabul qilinadi va talabalarga natijalar e’lon qilinadi. Belgilangan muddatda himoyaga ruxsat etilmagan yoki sababsiz kelmagan talabalarga komissiya a’zolari qayta topshirish muddati bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə