Министерство высшего и среднего специального образования республики узбекистан


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə3/6
tarix26.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#112950
1   2   3   4   5   6
XVKM kurs ishi UK

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati – bu asosiy ma’lumotlar keltiriladigan kitob, jurnallar(nashr joyi, yili, nashriyot uyi, varaqlar soni va b.) ro‘yxati hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ilmiy izlanish jarayonida tayyorlanadigan ilmiy-tadqiqot ishining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1-2 betni tashkil etishi lozim. Ro‘yxatda foydalanilgan, havola qilingan, huquqiy-me’yoriy hujjatlar kurs ishining tarkibini tashkil etadigan bibliografik yozuv bo‘lib, quyidagi tartibda keltirilishi maqsadga muvofiq:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari;

  3. Kitoblar, monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar:

  4. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatlari;

  5. Jurnallardagi maqolalar va ilmiy anjuman materiallariga havolalar;

  6. Internet veb-sahifalari.

Kurs ishini tayyorlash o‘rniga muqobil shaklda talaba tomonidan ilmiy rahbari bilan birgalikda quyidagilarni nashr etish imkoni beriladi:

  • yuqori impakt faktorli jurnallarida 1 ta maqola;

  • mahalliy jurnallarda 1 ta maqola va 2 ta tezis.



    1. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISHGA DOIR UMUMIY


TALABLAR

Kurs ishini tayyorlashda talaba kafedra tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy ko‘rsatma asosida rasmiylashtirishi, tushunarli va ravon tilda bayon etishi kerak.


Kurs ishi elektron varianti bilan bosma ravishda A4 (210*297mm) formatda oq qog‘ozda taqdim etiladi.
Kurs ishini rasmiylashtirishda oq qog‘ozning yuqori va pastki qismlaridan 2,0 sm; chap tomonidan 3,0 sm; o‘ng tomonidan 1,5 sm joy qoldiriladi.
Kurs ishining qog‘ozini turli ko‘rinishlardagi ramkalar bilan ajratish, ko‘k siyohli ranglardan boshqa ranglardagi ruchkalar (qora, qizil, yashil va h.k) foydalanish mumkin emas.
Kurs ishining umumiy hajmi 15-20 varaqdan iborat bo‘lgan holda, qo‘yilgan vazifalar, savollar to‘liq yoritilishi kerak. Titul varag‘i belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi (2-ilovaga qarang).
Kurs ishida umumqabul qilingan qisqartirishlar foydalanishga ruxsat beriladi, bunda albatta, orfografik qoidalarga va huquqiy-me’yoriy hujjatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, b. – bet; y. – yil; yy. – yillar va b. Talaba tomonidan kurs ishini tayyorlashda boshqa ma’lum bo‘lmagan qisqartirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Zarur hollarda, agar talaba tomonidan mavzuning ko‘lamidan kelib chiqib qisqartirishlardan foydalanilgan bo‘lsa, albatta, mundarijadan so‘ng mazkur
qisqartmalarning kengaytmasini keltirish va uni izohlash zarur. Bunda jadval ko‘rinishida keltirgan holda. Chap tarafiga qisqartma, o‘ng tarafiga uning izohi keltirilishi kerak.
Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati raqamlanmaydi.
Bo‘limlar sarlavhalari, kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bir- biriga simmetrik tarzda bo‘lishi kerak.
Zarur hollarda ilovalar alohida A4 formatdagi qog‘ozda keltiriladi. Kurs ishining asosiy qismida albatta ilovada havola keltirilishi kerak.
Kurs ishida keltirilgan raqamli materiallar jadval ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Jadval keltirilgan so‘zlarni birxillashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi. Jadval ko‘rinishida keltirilgan so‘zlar yirik axborot majmui hisoblanib, ularni yorita bilish, tizimli ravishda guruhlash, ma’lumotlarni kodlashtirish va umumlashtirish talabadan yuqori mahorat va bilim talab etadi. Ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida keltirish, uni izohlay olish iqtisodchi mutaxassisning yuqori malaka sohibi ekanligidan dalolat beradi.
Har bir keltirilgan jadval, chizma va diagrammalar tegishlicha rasmiylashtiriladi, masalan, 1-jadval, 2-jadval, 1-rasm va h.k.
Kurs ishida jadval shunday joylashtirilishi kerakki, talaba uni qiynalmasdan o‘qiy olishi, istisno hollarda boshqacha ko‘rinishda keltirilgan jadvallarni soat strelkasi bo‘ylab burgan holda o‘qiy olish imkoniyati bo‘lgan jadvallarga o‘zgartirish ruxsat etiladi.
Kurs ishida keltirilgan barcha jadvallar, rasm va ilovalarga havola, ya’ni manbasi ko‘rsatilishi kerak.
Kurs ishini yanada qiziqarli va keltirilayotgan ma’lumotlar, amaliy-tahliliy materiallarning xilma xilligini ta’minlash, o‘quvchining e’tiborini orttirish maqsadida mavzuga oid chizma, rasm va diagrammalarni keltirish mumkin.
Kurs ishining yakuniy bosqichi uning himoyasi hisoblanadi.
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə