Министерство высшего и среднего специального образования республики узбекистан



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə2/6
tarix26.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#112950
1   2   3   4   5   6
XVKM kurs ishi UK

KURS ISHINI BAJARISH


“Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun kurs ishini bajarish muddatlari va soatlari o‘quv rejada belgilanadi va kafedra tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy ko‘rsatma asosida kurs ishi tayyorlanadi.
Kurs ishini bajarish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. Mavzuni tanlash;

  2. Bibliografik izlanishni amalga oshirish va mavzuga aloqador ilmiy adabiyotlar ro‘yxatini tuzish;

  3. Mavzu doirasidagi ma’lumotlarni turkumlash va qayta ishlash;

  4. Mavjud ma’lumot va materillarga tayangan holda kurs ishi rejasini tuzish;

  5. Tuzilgan reja doirasidagi o‘z qarashlarini ilmiy rahbar (kafedra tomonidan tayinlanadi) bilan o‘rtoqlashish;

  6. Kurs ishining oxirgi variantini tayyorlash va tegishlicha rasmiylashtirish.

Kurs ishini bajarishda kurs ishi mavzusini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun kurs ishi mavzulari ixtisoslik fanlarining o‘quv dasturlari doirasida dolzarb mavzulardan tarkib topadi.
Kafedra tomonidan ixtisoslik fanlari bo‘yicha kurs ishi mavzulari xalqaro valyuta-kredit munosabatlarining rivojlanishi xususiyatlari, xususan globalashuv jarayonida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari taraqqiyoti, global moliyaviy- iqtisodiy inqiroz sharoitida xalqaro pul oqimlari doirasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqaro savdo va kapital oqimini tartibga solishning istiqbolli yo‘nalishlari bilan bog‘liq mavzular bilan boyitilib boriladi va talabalar e’tiboriga havola etiladi. “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha namunaviy kurs ishi mavzulari 1-ilovada keltirilgan.
Kurs ishi mavzusini tanlash yuzasidan talaba kafedra professor- o‘qituvchisidan maslahat olishi mumkin. Talaba mustaqil ravishda kurs ishi mavzulari ro‘yxatida aks etmagan, ammo xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini rivojlantirishda dolzarb ahamiyat kasb etuvchi mavzuni mustaqil ravishda taklif etishi va mazkur mavzu bo‘yicha kurs ishini bajarishi mumkin. Tanlagan mavzu
yuzasidan kurs ishi bo‘yicha mas’ul kafedra professor-o‘qituvchi bilan maslahatlashgan holda uni taqdim etishi kerak. Har bir talabaga alohida kurs ishi mavzusi biriktiriladi. Har bir talabaga kafedra tomonidan ilmiy rahbar biriktiriladi.
Talaba tanlagan mavzusi doirasida kurs ishini bajarish bo‘yicha materiallardan foydalangan holda kurs ishini bajarish yuzasidan ilmiy rahbar bilan birgalikda reja tuzadi. Talaba tuzilgan kurs ishi rejasi asosida ilmiy izlanishni mustaqil ravishda olib boradi. Bunda albatta, mavjud ilmiy adabiyotlar, amaldagi qonunchilik, rivojlangan davlatlar ilg‘or tajribasi bo‘yicha adabiyotlarni keltirilishi maqsadga muvofiq.
Shuningdek, kurs ishida talaba tizimli va davriy nashrlarga ham murojaat qilishi kerak. Bunda, keltirilayotgan nazariy ma’lumotlar statistik ko‘rsatkichlar bilan boyitilishiga xizmat qiladi.
Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari rivojlantirishga oid statistik ma’lumotlar xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlari www.worldbank.org – (Jahon banki rasmiy veb sahifasi), www.wto.org – Xalqaro savdo tashkiloti rasmiy veb sahifasi, www.imf.org – Xalqaro valyuta fondi rasmiy veb sahifasi, www.adb.org – Osiyo taraqqiyot banki rasmiy veb sahifasi, www.isdb.org – Islom taraqqiyot banki rasmiy veb sahifasi va boshqa shu kabi tashkilotlar rasmiy veb sahifasi ma’lumotlaridan olinishi mumkin. Shu bilan birga, O‘zbekiston iqtisodiyotiga oid ma’lumotlarni www.mf.uz - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy veb sahifasi, www.cbu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy veb sahifasi, www.stat.uz - O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi rasmiy veb sahifasi, davriy jurnallar va nashrlardan olishi maqsadga muvofiq. Talaba tomonidan rasmiy veb sahifalardan ma’lumotlarni olish sanasi ko‘rsatilishi zarur.
Kurs ishi tarkibi:

  • titul varag‘i;

  • mundarija;

  • kirish

  • asosiy qism (1 ta reja)

  • xulosa va takliflar

  • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Kurs ishi titul varag‘ini 2-ilovada va mundarijasini 3-ilovada rasmiylashtirish tartibi keltirilgan.
Aytaylik, talaba “O‘zbekistonning Jahon banki bilan iqtisodiy aloqalarining rivojlanish tendensiyalari va taraqqiyot istiqbollari” mavzusini tanlagan bo‘lsa, uning rejasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
REJA:
Kirish
1. O‘zbekistonning Jahon banki bilan iqtisodiy aloqalarining rivojlanish tendensiyalari va loyihalar samaradorldigini oshirish yo‘llari.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish kurs ishining boshlang‘ich qismi sifatida 2-3 varaqdan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Kirish qismida kurs ishi mavzusining nazariy qismi va uning dolzarbligi yoritadi, jahondagi va milliy iqtisodiyotdagi hozirgi kundagi mavzuga oid masalalarga e’tibor qaratadi.
Mavzuning dolzarbligini yoritish har qanday ilmiy izlanishga qo‘yiladigan majburiy talab hisoblanadi. Mavzu dolzarbligining yoritilishiga qarab muallif tanlangan mavzuning mazmun va mohiyatini qanchalik tushunishi, uning ilmiy dunyoqarashini va profeessional tayyorgarlik darajasini baholash mumkin.
Mavzuning dolzarbligi qisqa, lo‘nda va barchaga tushunarli terminlar yordamida yoritilishi maqsadga muvofiqdir. Mavzuning dolzarbligi va uning asoslanishida tanlangan mavzu doirasida o‘z yechimini kutayotgan muammolar keltirilishi bilan boshlanadi. Ba’zida, mavzuning dolzarbligi va zarurligini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa iqtisodchi olimlarning fikrlariga va dav’atlariga, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning davriy nashrlardagi istiqbolli yo‘nalishlari, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va qonunda keltirilgan moddalar orqali asoslanishi hamda havolalar keltirilishi mumkin.
Demak, biz yuqoridagi keltirilgan namunaviy mavzuimiz bo‘yicha kirish
qismida O‘zbekistonning Jahon banki bilan iqtisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yishning zarurati, muzokarolar jarayoni va erishilgan natijalar, aloqalarning rivojlanish tendensiyalari va taraqqiyot istiqbollari, strategiyalarini qisqacha keltirishimiz mumkin.
Kurs ishining asosiy qismida talaba mavzuga oid amaliy ma’lumotlar va xorijiy tajribalarni qiyosiy tahlil etiladi, mavjud holatni baholaydi. Kurs ishining asosiy qismi 12-15 bet atrofida yoritilishi lozim. Kurs ishining asosiy qismi 1 ta rejadan tashkil topadi va amaliy xarakterga ega bo‘ladi.
Asosiy qismda ilmiy adabiyotlar, davriy nashrlar o‘rganilgan holda amaliy ma’lumotlar va xorijiy tajribalar qiyosiy tahlil etiladi. Shuningdek, odatda mavzuni rivojlantirish yoki takomillashtirish yo‘nalishlari aks ettiriladi. Bizning misolimizda O‘zbekistonning Jahon banki bilan iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va loyihalar samaradorldigini oshirish yo‘llari qiyosiy tahlil etiladi va O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishda istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr-mulohazalar jamlanadi.
O‘rganilgan mavzuga oid muammolar bo‘yicha 3 betlik xulosa va takliflar shakllantiriladi.
Kurs ishining yakunida uni bajarish jarayonida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə